Tok ta`siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko`rsatish




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/124
Sana06.10.2024
Hajmi3,02 Mb.
#273717
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   124
Bog'liq
5b27936d71643

 
2. Tok ta`siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko`rsatish. 
Elektr toqi ta`siriga tushgan kishiga tibbiyot muassasasiga yuborgunga qadar 
ko`rsatiladigan yordam ikkiga bulinadi. 
1. Toq ta`siridan qutqarish - bu elektr qurilmasining o`sha qismiga kelayotgan toqni 
o`chirish, elektr simlarini sopi yog’ochli boltalar bilan kesish, kiyimi quruq bulsa tortib 
toq ta`siridan qutqarish, agar kuchlanish 1000 V dan ortiq bulsa, unda dielektrik 
qo`lqop va elektr izolyatsiyasi bulgan asboblardan foydalaniladi. 
2. Birinchi yordam ko`rsatish - uning holatiga qarab belgilanadi, agar toq ta`sirida 
hushini yo`qotgan, ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotgan bulsa, uni quruq va 
qulay joyga yotqizib, kamari va yoqasini bushatish va sof havo kelishini ta`minlash, 
nashatir spirti hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qo`llarini ishqalash yaxshi 
natija beradi. 
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati bulsa, ammo 
yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bulsa, unda bu kishiga sun`iy nafas oldirish zarur. 
Klinik o`lim holati yuz bergan taqdirda sun`iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni 
ustki tomondan massaj qilish kerak. 
Sun`iy nafas oldirish ”og’izdan og’izga” deb atalib, yordam ko`rsatuvchi o`pkasini 
havoga to`ldirib, jarohatlagan kishi og’zi orqali uning o`pkasiga bu havoni haydaydi. 
Bunda yordam ko`rsatayotgan kishi og’zi bilan, jarohatlangan kishining og’zini 
butunlay berkitishi va yuzi yoki panjalari yordamida uning burnini berkitish kerak. 
Bir minutda taxminan 10-12 marta puflashni, doqa dastro`mol va trubka orqali ham 
bajarish mumkin, sun`iy nafas oldirishni bemor o`ziga kelguncha davom ettiriladi. 
YUrakni tashqaridan massaj qilish jarohatlangan kishi organizmidagi qon aylanishni 
sun`iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi. 
Qorin bushlig’idan ko`krak qafasiga o`tgandan keyin 2 barmoq yuqoridan massaj 
qilinadigan joyni belgilab, qo`lni bir-biri ustiga to`g’ri burchak shaklida qo`yib, 
jarohatlangan kishining ko`krak qafasiga tana og’irligi bilan 15-25 kg miqdordagi 


116 
kuch bilan bosiladi. Bosish soniyada 1 marta keskin kuch bilan bulishi kerak. Bunda 
ko`krak qafasi ichkariga qarab 3-4 sm pasayishi kerak va bu yurak urishi ritmiga 
moslab davom ettiriladi. Har ikki marta puflagandan keyin 15 marta ko`krak qafasini 
bosish kerak. Jarohatlangan kishining yurak urishi, pul’sini tekshirib bilinadi. Buning 
uchun yuqoridagi vazifalarni 2-3 soniyaga to`xtatib, tomir urishi sinab ko`riladi. 

Download 3,02 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   124




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Tok ta`siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko`rsatish

Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish