115
-muskullar keskin qisqarishi natijasida odam toq ta`siridan chiqib ketadi va hushini
yo`qotmaydi (0,6 – 1,5mA).
-muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo`qotadi,
ammo yurak va
nafas olish faoliyati ishlab turadi (10 – 15mA).
-odam hushini yo`qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to`xtab qoladi (25 –
50mA).
-klinik o`lim holati, bunda insonda hech qanday hayot alomati ko`rinmay qoladi
(100mA).
Klinik o`lim - bu hayot bilan o`lim oralig’i bo`lib, inson ma`lum vaqtgacha ichki
imkoniyatlar
hisobiga yashab, bu holat 5-8 daqiqa davom etadi va tashqi yordam
bulmasa, miya qobig’idagi hujayralar parchalanib biologik o`lim holatiga o`tadi.