• Tabiiy changlar
  • Sun`iy changlar
  • Texnika xavfsizligi




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet98/124
    Sana06.10.2024
    Hajmi3,02 Mb.
    #273717
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   124
    Bog'liq
    5b27936d71643

    tabiiy va sun`iy 


    133 
    changlarga
     
    bo`lib o`rganiladi. Ma`lumki, changlangan havo muhiti insoniyatni qadim 
    zamonlardan beri ta`qib qilib kelgan.
    Tabiiy changlar
     
    sirasiga tabiatda inson ta`sirisiz hosil buladigan changlar kiritiladi. 
    Bunday changlarga shamol va qattiq buronlar ta`sirida tuproqning erroziyalangan 
    qatlamlarining uchishi, o`simlik va hayvonot olamida paydo buladigan changlar, 
    vulqonlar otilishi, kosmosdan er atmosferasi ta`siriga tushib qolgan meteoritlar, 
    kosmik jismlarning yonib ketishidan hosil buladigan changlar va boshqa hollarda hosil 
    buladigan changlarni kiritish mumkin. 
    Tabiiy changlarning atmosfera muhitidagi miqdori tabiiy sharoitga, havoning holatiga, 
    yilning fasllariga va aniqlanayotgan joyning qaysi mintaqada joylashganligiga bog’liq. 
    Masalan, atmosferadagi chang miqdori shimoliy hududlarga nisbatan janubiy 
    hududlarda, o`rmon mintaqalariga qaraganda cho`l mintaqalarida, shuningdek qish 
    oylariga nisbatan yoz oylarida ko`proq bulishi ma`lum. Aniqlanishicha, har bir 
    kubometr havo tarkibida katta shaharlar hududlarida 6000 atrofida (ba`zi bir 
    manbalarda avtomobil vositalaridan ajralgan tutunlarni ham kiritib 30000) har xil 
    kattalikdagi chang zarralari bulishi aniqlangan. Dalalar va bog’larda bu miqdor o`n 
    marta kamayadi, tog’li hududlarda esa undan ham kamroq chang zarralari buladi. 
    Sun`iy changlar
    : sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita yoki 
    bilvosita ta`siri natijasida hosil buladi. Masalan, mashinasozlik sanoatida cho`yan 
    ishlab chiqaruvchi domna va marten pechlarida va hamda tosh tsexlarida, issiqlik 
    elektrostantsiyalarida yoqilgan ko`mirning ma`lum qismi kul va tutun sifatida 
    atmosferaga chiqarib yuboriladi. Qurilish
     
    ishlarida er qazish, portlatish, tsement ishlab 
    chiqarish, shuningdek tog’lardan ma`danlarni qazib olish va boshqa juda ko`p ishlarda 
    ko`plab miqdorda chang ajraladiki, bu changlarni atrof-muhitga chiqarib yuborish 
    tabiatga haloqatli ta`sir ko`rsatishi mumkin. 
    Sanoatning ba`zi bir tarmoqlarida, masalan, kimyo sanoatida shunday havfli sanoat 
    changlari ajraladiki, ularni tozalamasdan chiqarib yuborish fojiali holatlarni vujudga 
    keltiradi. Kelib chiqishi buyicha organik, mineral va aralashma changlar mavjud. 
    CHangning zararli ta`sirining tavsifi asosan uning kimyoviy tarkibiga bog’liq. 

    Download 3,02 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   124




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish