• 19-ma`ruza erganomika elementlari va ish joyini tashkil etilishi. Reja.
  • Tayanch iboralar
  • Texnika xavfsizligi




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet101/124
    Sana06.10.2024
    Hajmi3,02 Mb.
    #273717
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   124
    Bog'liq
    5b27936d71643

     
    Nazorat savollari 
    1. Insonga zararli omillar qanday yo`l bilan ta`sir qiladi? 
    2. Ishlab chiqarishdagi zararli moddalar va ularning organizmga ta`sirini ayting. 
    3. Ishlab chiqarish changlari va ularni organizmga zararli ta`sirini ayting. 
    4. CHanglarni zararli ta`sirini kamaytirish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish 
    kerak? 


    137 
    19-ma`ruza erganomika elementlari va ish joyini tashkil etilishi. 
    Reja. 
    1. Ishlab chiqarishdagi xavfli chegaralar yoki mintaqalar. 
    2. Xavfsizlikni ta`minlovchi texnik vositalar. 
    3. Rangli signallar tizimi va xavfsizlik belgilari. 
    4. Xavfsizlikning muhofaza vositalari. 
    5. Ergonomika va ishni xavfsiz tashkillashtirish

    Tayanch iboralar 
    Elektr toki, zararlanish, issiqlik, elektomagnit, ionlashgan nurlar, shovqin, titrash, 
    ul’tratovush, zaharli gazlar, bug’lar, ergonomika, baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar.
     
     
    1. Ishlab chiqarishdagi xavfli chegaralar yoki mintaqalar. 
    Inson hayoti va sog’ligiga doimiy yoki vaqti-vaqti bilan xavf tug’diruvchi joy xavfli 
    chegara yoki mintaqa deb ataladi. Bu asosan mashina va jihozlarning ochiq holdagi 
    aylanadigan va harakatlanadigan qismlari, aylanadigan qirquvchi asboblar, zanjirli va 
    tishli uzatmalar, harakat-lanuvchi stanoklarning ishchi stollari, issiq yuzalar, zaharli 
    kimyoviy moddalar va pardozlashga ishlatiladigan kislota, ishqorlar va boshqa 
    o`yuvchi moddalar bilan ishlaydigan ish joylari, elektr tokidan foydalanishdagi ish 
    o`rinlari, yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirib yuradigan kranlar va 
    mashinalarning harakat chegarasi doirasidagi xavfli chegaralar yoki mintaqalar shular 
    jumlasiga kiradi. 
    Aylanuvchi qismlar bilan ishchilarning kiyimidan yoki sochidan ilintirib olishi 
    mumkin bo`lgan jihoz va uskunalar atroflari ayniqsa o`ta xavfli chegara hisoblanadi. 
    SHuningdek, jihoz va uskunalarda ishlaganda elektr tokidan zararlanish, issiqlik, 
    elektomagnit, ionlashgan nurlar, shovqin, titrash, ul’tratovush, zaharli gazlar va 
    bug’lar ta`siriga tushib qolish ham xavfli chegaralar yoki mintaqalar qatoriga kiradi. 
    Qurilma va uskunalarda ishlayotganda qirqimlarining uchib ketishi, ishlayotgan 
    asboblarning sinib har tomonga sachrab ketishi, detal yaxshi mahkamlanmaganligi 
    natijasida ishlov berish jarayonida otilib ketishi natijasida ishchilarni jarohat olishi 
    ham xavfli mintaqalar qatoriga kiritiladi. 
    Xavfli mintaqalar doimiy, harakatlanuvchan va vaqt-vaqti bilan paydo bo`ladigan 
    turlarga bo`linadi. 
    a) Doimiy xavfli mintaqalarga qayishli, zanjirli va tishli uzatmalar, dastgohlarning 
    qirqish qisimlari va harakatlanuvchi valiklari kiradi. 
    b) Harakatlanuvchan xavfli mintaqalarga esa prokat qilish stanlari, potok liniyalari, 
    konveyerlar, qirqish joyi o`zgarib turadigan agregat dastgohlari va boshqalar kiradi. 


    138 
    v) Vaqt-vaqti bilan paydo bo`ladigan xavfli mintaqalarga yuk ko`tarish kranlari, kran 
    balkalar, tal’ va tel’ferlar kiradi. CHunki bu qurilmalar ish joylarini doimiy o`zgartirib 
    turadi va qaerda ish bajarayotgan bo`lsa, shu erda xavfli mintaqa vujudga keladi. 
    Xavfli mintaqalardan saqlanish vositalari va aslahalari ikki guruhga bo`linadi. 
    1. Jamoa muhofaza aslahalari, ishchilarni ionlanuvchi nurlardan, elektromagnit, 
    magnit va elektr maydonlaridan, mexanik, kimyoviy biologik omillardan 
    muhofazalovchi vositalar kiradi. 
    2. SHaxsiy muhofaza aslahalari, maxsus terini, nafas olish organlarini, qo`lni, yuzni, 
    ko`zni, quloqni muhofaza qiluvchi vositalar va aslahalar kiradi. 


    139 
    6-rasm.
    Mashina, mexanizm va jihozlarning xavfli chegaralari (zona). 


    140 

    Download 3,02 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   124




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish