• 7-rasm. Radioaktiv izotoplardan foydalanilgan muhofaza qurilmasi 8-rasm
  •  Xavfsizlikning muhofaza vositalari




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet104/124
    Sana06.10.2024
    Hajmi3,02 Mb.
    #273717
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   124
    Bog'liq
    5b27936d71643

     
    4. Xavfsizlikning muhofaza vositalari.
    Ishlab chiqarishning hamma soha va tarmoqlarida mehnat xavfsizligini oshirish
    shikastlanish hamda zararlanishlarning oldini olish uchun maxsus texnik vositalari 
    qo`llaniladi va ularga quyidagilar kiradi. 
    1. Muhofazalovchi to`siq vositalari. 


    142 
    To`siq vositalari ishchilarning ishlab chiqarishning xavfli mintaqalariga tushib 
    qolishiga xalal beradigan qilib o`rnatiladi. 
    Asosan mashina va qurilmalarning aylanuvchi va harakatlanuvchi ta`sir doiralarida, 
    qirqish va ishlov berish joylarini, elektr toki urishi xavfi bo`lgan va har xil nurlanishlar 
    bo`lishi mumkin bo`lgan xonalar, shuningdek havo muhitiga zararli moddalar 
    chiqarayotgan joylar ham to`siq vositalari bilan ta`minlanadi. 
    Bundan tashqari qurilish tashkilotlarida, qurilish ishlari bajarilayotgan maydonlar 
    kranlar o`rnatilgan mintaqalar, ishchilarning baland joylardagi ish o`rinlari, to`siq 
    vositalari bilan ta`minlanishi shart. 
    Muhofaza to`siq vositalari GOST 23407-78 talab va qoidalari asosida tayyorlanadi. 
    7-rasm. 
    Radioaktiv izotoplardan foydalanilgan muhofaza qurilmasi 
    8-rasm
    . Fotoelektrik muhofaza qurilmasi 
    1 – nur tarqatuvchi manba; 2- magnit g’altagi; 3 – fotoelement; 4 – prujina;
    5 – mufta; 6 – dastak; 7 – rele; 8 – tok manbasi; 9 – g’altak; 10 – doimiy tok manbasi; 
    11 – temir tayoqcha; 12 - dasta 
    2. Saqlovchi muhofaza qurilmalari. 


    143 
    Asosan mashina va jihozlarda zo`riqish vujudga kelganda, ishchi hayoti va sog’ligiga 
    xavf tug’dirishi mumkin bo`lganda, to`xtatib qo`yishga xizmat qiladigan qurilmalardir. 
    Zo`riqish bilan ishlayotgan mashina qurilmalarning, elektr motori kuyib ketishidan va 
    qirquvchi vositani sinib ketishidan hamda ishchi hayotiga va faoliyatiga xavf 
    tug’diruvchi vaziyatdan saqlanish maqsadida muhofaza qurilmalaridan foydalaniladi. 
    Xuddi shunday vazifani bajaruvchi vosita sifatida bosim ostida ishlatiladigan 
    idishlarga o`rnatilgan saqlovchi klapanlar misol sifatida ko`rsatish mumkin. 
    Saqlovchi qurilmalar, xonadagi zaharli moddalarning miqdori ko`payganda 
    shamollatish qurilmasini avtomatik ravishda ishga tushiradi. Bunday qurilmalardan 
    tsexlardagi havo tarkibida portlashga va yong’inga xavfli bo`lgan moddalarning 
    me`yoriy miqdori ortib ketib, inson hayotiga xavf tug’dirganda ham qo`llaniladi. 
    3. Blokirovka qurilmalari. 
    Bu qurilmalarning asosiy vazifalari mashina va jihozlarning xavfli mintaqalariga 
    odamning tushib qolib, jarohat olishiga xalaqit beradigan qurilmalardir. 
    Bu qurilmalarning ishlash jarayoni birinchidan odam tanasi qismlarini xavfli ta`sir 
    doirasiga tushib qolmaslik uchun yo`liga g’ov bo`lish vazifasini bajarsa, ikkinchidan 
    agar odam shu mintaqada ish bajarishi zarur bo`lsa, unda shu hududdagi xavfli 
    vaziyatni vujudga keltiruvchi harakatlanuvchi yoki aylanuvchi qismlarni, to ishchi shu 
    xavfli mintaqadan chiqib ketgunga qadar to`xtatib turadi. 

    Download 3,02 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   124




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish