Gazsimon moddalarning, yonish va portlash xususiyatlari




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/124
Sana06.10.2024
Hajmi3,02 Mb.
#273717
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   124
Bog'liq
5b27936d71643

 
2. Gazsimon moddalarning, yonish va portlash xususiyatlari.
YOnuvchi gazlar va bug’larning yong’inga hamda portlashga xavfliligi ularning 
alangalanish chegaralari, yonish harorati va alanganing me`yoriy tarqalish tezligi bilan 
belgilanadi. Gazlarning havo bilan aralashib yonishi, aralashma hosil bo`lgandagina 
vujudga keladi. SHuning uchun ham aralashmalarning alangalanish chegaralari quyi 
va yuqori chegaralar sifatida belgilanadi. 
-Bunda quyi chegara deb, gazning minimal miqdor
 
alanga
 
hosil qilgan holati 
tushuniladi, mana shu chegara korxonalarning yong’inga va portlashga xavflilik 
darajasini belgilovchi omil hisoblanadi. Havoning gaz bilan aralashmasi yonish uchun 
etarli miqdorda yig’ilgan bo`lsa, u ma`lum haroratgacha qizdirilganda alangalanib 
ketadi, mana shu harorat yonish harorati deyiladi. Bu harorat yonuvchi aralashma 
holati va boshqa omillar ta`sirida juda katta diapozonni tashkil qiladi ( 450 - 2000


). 
Ko`pgina gaz aralashmalarining yonish tezligi o`sha aralashmalarning miqdoriga va 
gazlarning xususiyatiga bog’liq bo`ladi. Gazlarning yonish tezligi asosan 0,3-0,8 m/s, 
vodorod bilan atsetilen gazlarining yonish tezligi 2,76 m/s va 1,56 m/s dan iborat. 
Alanganing me`yoriy tarqalish tezligi gazlardagi fizik - kimyoviy xususiyat bo`lib, 
ma`lum o`zgarmas miqdor sifatida belgilanadi. CHunki bu tezlikning nihoyatda ortib 
ketishi, portlashni belgilovchi omil hisob-lanadi. 
-YOnishning tez kechishi portlash deyilib, yonish qancha qisqa muddatda amalga 
oshsa, portlash kuchi shuncha katta bo`ladi. 
Havodagi yonuvchi bug’ va gazlarning miqdori umumiy to`yingan holatdagi 
miqdordan ko`p bo`lishi mumkin emas, shuning uchun bu moddaning yonish 
chegarasini faqat harorat bilan belgilash mumkin va bu miqdor yonuvchi modda 
alangalanishining yuqori chegarasi deb yuritiladi. 
Ammo suyuqlik va gazlarning havo muhitidagi zichligi, to`yinish nuqtasidan past 
bo`lgan hollarda ham ma`lum haroratda, alangalanish hodisasi ro`y berishi mumkin. 
SHuning uchun ham xar xil yonuvchi moddalar uchun zichlikning alangalanish 
chegarasi, yonuvchi modda minimal miqdorda bo`lgan holat uchun ham alangalanish 
harorati aniqlanadi va bu miqdor modda alangalanishi-ning quyi chegarasi deb 
yuritiladi. 
Gazlar va suyuqlik bug’larining havo bilan aralashmasi porlash xususiyatiga ega. 
Portlash ma`lum sharoit bo`lganda amalga oshadi. YA`ni portlash ro`y berishi uchun 
aralashmadagi yonuvchi gaz yoki bug’ning miqdori aniq foizni tashkil qilib, porlash 
faqat berk bino yoki idishda yuz beradi. 

Download 3,02 Mb.
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   124




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Gazsimon moddalarning, yonish va portlash xususiyatlari

Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish