Rangli signallar tizimi va xavfsizlik belgilari




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/124
Sana06.10.2024
Hajmi3,02 Mb.
#273717
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   124
Bog'liq
5b27936d71643

 
3. Rangli signallar tizimi va xavfsizlik belgilari. 
Korxonalarda sodir bo`lishi mumkin bo`ladigan xavfli vaziyatlarda ogohlantirish 
vositasi sifatida signal tizimlari mavjud bo`lib, qo`llanilishiga ko`ra amaliy, 


141 
ogohlantiruvchi va belgilovchi turlarga bo`linadi. Bundan tashqari signal tizimlari 
tovushli va ko`rinadigan bo`lishi mumkin. 
A) Tovushli signal tizimiga sirena, qo`ng’iroq, gudok va boshqalar kiradi. Tovush 
yordamida beriladigan signal, korxona muhitida bo`lishi mumkin bo`lgan har qanday 
tovush va shovqinlardan farqli ravishda iloji borcha quyi chastotadagi (2000 Gts 
gacha) tovushdan tashkil topgan bo`lishi va korxonaning har bir hududida yaqqol 
eshitilishini ta`minlashi kerak. 
B) Ko`rinadigan turlariga xar xil yorug’lik tarqatuvchi vositalar yordamida qizil, sariq,
yashil, ko`k va boshqa ranglar yordamida xavf darajalarini belgilash va ularga kerakli 
bo`lgan harakatlar bilan javob berish tartibi belgilangan. 
- Qizil rang - umuman taqiqlovchi rang bo`lib, agar u biror – bir avtomatlashtirilgan 
vositaga o`rnatilgan bo`lsa, qizil lampa yonishi odam aralashishi kerak bo`lgan holat 
paydo bo`lganini ko`rsatadi, yoki bo`lmasa bajarilayotgan jarayon to`xtab qolganidan 
dalolat beradi. 
- Sariq rang – ogohlantiruvchi hisoblanadi. Bunda, mashina va qurilmalarning avtomat 
rejimiga o`tishini yoki ba`zi bir chegara nuqtaga yaqinlashib qolganini ko`rsatuvchi, 
qurilishda esa xavfli mintaqalarni to`suvchi vositalarda va zararli moddalar solingan 
idishlarni belgilashda qo`llaniladi. 
- YAshil rang – xabar beruvchi hisoblanadi. Uni ruxsat etiladigan, masalan, mashina 
jihozlarning ishga tayyorligini bildiradigan, xavfli vaziyatlardan chiqish yo`llarini 
belgilovchi lampalar sifatida qo`llash mumkin. 
- Ko`k rang – ko`rsatma, yong’in xavfsizligi belgilari, axborot. 
YOrug’lik signali keng tarqalgan vositalar qatoriga kirsa ham, uning asosiy kamchiligi 
signal berilayotgan tomondan qarama-qarshi tomonga qarab turgan odam bu 
vositalarni ko`rmay qolishi mumkin. SHuning uchun ham yorug’lik signallari doimiy 
kuzatib turuvchi operator bo`lgan vaqtda yaxshi natija beradi. 
Ogohlantiruvchi signal vositalari biron-bir xavfli vaziyat vujudga kelishini ogoh etadi. 
Bunday signallar har xil plakatlar, ogohlantiruvchi yozuvlar, har xil datchiklarga 
asoslangan signal tizimlari, mashinalarning ishlash holatini ko`rsatuvchi moslamalar 
(masalan, qizib ketishi, moylash tizimlarida moy borligini ko`rsatuvchi moslamalar) 
shular jumlasiga kiradi. Bular uchun maxsus ranglardagi moslamalardan (ranglari 
GOST 15548-70) foydalaniladi. 

Download 3,02 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   124




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Rangli signallar tizimi va xavfsizlik belgilari

Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish