|
Xavfsizlikni ta`minlovchi texnik vositalar Pdf ko'rish
|
bet | 102/124 | Sana | 06.10.2024 | Hajmi | 3,02 Mb. | | #273717 |
Bog'liq 5b27936d716432. Xavfsizlikni ta`minlovchi texnik vositalar.
Ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan mashina va jihozlarga qo`yiladigan asosiy
talablar, ularning ishchilar uchun pishiq va mustahkam hamda ishlatishning osonligi,
xavfsizlik ( GOST) mezonlari tizimlari bilan belgilanadi.
Korxonalarda mashina va jihozlar xavfsizligini ta`minlash uchun, loyihalash
jarayonida uning qanday ish bajarishini hisobga olgan holda, asosiy ish bajaruvchi
qismlarini mukammal joylashtirishning ixcham usullarini qo`llash, unga shakl berish
va muhofaza qilish qurilmalarini joylashtirishni birga olib borish zarur.
SHuni hisobga olish kerakki qurilmalarga o`rnatilgan muhofaza vositalari uning asosiy
qismi bilan uyg’unlashib, iloji borcha ko`proq mehnat xavfsizligini ta`minlashga
xizmat qilsin.
Masalan, qurilmalarga o`rnatilgan xavfsizlikni ta`minlash qopqoqlari, faqatgina xavfli
joylar to`sig’i bo`lib qolmasdan, shovqinni kamaytiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi,
charxning xavfsizligini ta`-minlovchi qurilma esa bir vaqtning o`zida shamol
yordamida charx qirindilarini chiqarib yuborishga mo`ljallangan mahalliy shamollatish
vazifasini ham bajaradi.
Xavfsizlik darajasi yuqori bo`lgan jihozlar, masalan, bosim ostida ishlatiladigan bug’
va suv isitish (115
0
S yuqori) qozonlari, gaz ballonlari, kompressorlar, gaz tashuvchi
tsisternalar yuqori bosimli gaz quvurlari va boshqalardan foydalanilayotganda, ishlab
chiqarishda xavfsizlikni ta`minlash davlat nazorati idoralarining maxsus talablarini
bajarish shart hisoblanadi.
Korxonalarda elektr toki, elektromagnit to`lqinlari, radioaktiv moddalar ta`sirini
kamaytiruvchi yoki butunlay yo`qotuvchi va ulardan saqlanish chora-tadbirlar ko`rish
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mashina jihozlarning xavfsiz va puxta ishlashini ta`minlashdagi asosiy omillaridan
biri, ularning texnik holatini nazorat qiluvchi asbob-uskunalar, avtomatik boshqarish
va muvofiqlashtirish qurilmalari bilan jihozlashdan iborat.
Avtomatik boshqarish tizimlari ishlamay qolish ehtimoli vujudga kelganda, texnologig
jarayonni boshqarish ishchi zimmasiga tushadi va uning xavfsizligini to`liq
boshqaruvi, ishchi mahoratiga bog’liq bo`ladi, shu sababli ushbu jihozlarni
loyihalashda va ishlatishda, boshqaruvchi ishchining, yoshi 18-dan kam bo`lmasligi,
maxsus o`qitilishi, bilimlari tekshirilib attestatsiyadan o`tganligi, uning ruhiy va
fiziologik jihatlarini hisobga olish kerak. SHu bilan birga qurilmalarni xavfsizlik
mezonlari talablari darajasiga, rangli bo`yoqlar tanlab bo`yash ham katta ahamiyatga
ega hisoblanadi.
|
| |