136
O`lchami 0,1 mk dan kichik (ko`zga ko`rinmaydigan) chang zarrachalari deyarli
o`tirmaydi va havoda tartibsiz harakatda bo`ladi. Bunday
changlarni nafas olish
organlari orqali ichki organizmlarga kirishi ehtimoli katta. Modda qanchalik qattiq va
uning maydalanishi qanchalik intensiv bo`lsa, uning disperslik darajasi shunchalik
yuqori va inson organizmiga ta`siri shunchalik zararli bo`ladi.
Qurilish korxonalarining ishlab chiqarish xonalari havosida 70-80 % 5 mkm gacha
kattalikdagi chang zarrachalari bo`ladi. CHangning biologik faolligi xususan uning
inson organizimiga ta`siriga, ximiyaviy tarkibiga bog’liq. CHangning dispersligi ortishi,
ya`ni maydalangan moddalarning solishtirma sirtining
kattalashishi bilan uning
ximiyaviy faolligi ortadi.
CHangning eruvchanligi katta ahamiyatga ega. Zaharli changlarning hujayra
suyuqliklarida yaxshi eruvchanligi juda zararli hisoblanadi. Kattaligi 5 mkm bo`lgan
va undan katta chang zarrachalari yuqori nafas olish yo`llarida, burun bo`shlig’ida
ushlanib qoladi va ular shilliq pardani shikastlaydi, yallig’laydi. Bu holning oldi
olinmasa u zo`rayib burun bo`shlig’ining tozalash (fil’trlash) xususiyati pasayadi.
O`lchami 5 mkm dan kichik chang zarrachalari o`pkaga kirib boradi.
Nafas olish
yo`llariga chuqur kirib, bu erda uzoq turib qolgan changlar har xil og’ir kasalliklarni
keltirib chiqaradi.
Ishlab chiqarishda chang hosil bo`lishiga va uning inson organizmiga zararli ta`sir
qilishiga qarshi kurash tadbirlari quyidagi yo`nalishlarda olib borilishi zarur:
1.
chang
hosil
bo`lishini
butunlay
yo`qotadigan
texnologik
jarayonlarni
takomillashtirish;
2.apparatlar, jihozlar, elevatorlar, transportyorlar, shneklar, bo`nkerlar va hakozalarni
germetiklash;
3. qo`lda maydalash ishlarini mexanizatsiyalashtirish;
4.qurilishda gidrochangsizlantirgich, pnevmotransportlardan keng foydalanish;
5.changlarga qarshi shamollatkichlar o`rnatish, chang manbalarini izolatsiya qilish;
6.xonani nam usulda tozalash;
7.ishchilarni individual himoya vositalari bilan taminlash.
Qishloq xo`jaligida esa bularga qo`shimcha ravishda
germetik kabinalardan
foydalanish va unga majburiy holda toza havoni uzatish hamda uning mikroiqlim
parametrlarini yaxshilashni amalga oshirish juda foydali hisoblanadi.