147
Qattiq jismlarning yonish xususiyati deganda uning qizdirish
natijasida parchalanib,
yonuvchi gazsimon va bug’simon moddalar hosil qilinishi tushuniladi.
YOnuvchi moddalarning mana shu parchalanish holati ularning uchuvchi qismi deb
ataladi.
Uchuvchi qismning yonish qonuniyatini o`rganishda gazsimon moddalarning yonish
qonuniyatlarini qo`llash mumkin. Masalan, quruq moddalarni qizdirib haydash yo`li
bilan
gazga aylantirish mumkin, haydashdan keyin hosil bo`lgan yoki qolgan qoldiq
koks qoldig’i deb yuritiladi.
Koks qoldig’ining yonish jarayoni gazsimon moddalarning yonish jarayonidan
birmuncha
farq qilsada, ammo o`z-o`zidan alangalanishning issiqlik nazariyasini bu
koks qoldiqning yonish jarayonini tushuntirish uchun qo`llash mumkin. Qattiq
moddalarning yong’inga xavflilik xususiyati 1 kg qattiq
modda yonganda ajralib
chiqadigan issiqlik miqdori, o`z-o`zidan alangalanish, yonib
bitish tezligi va material
yuzasida yonishning tarqalishi bilan ifodalanadi.
Qattiq jismlarning yonish harorati yonganda hosil bo`ladigan issiqlik miqdori va
yoyish mintaqasiga kelayotgan havo miqdoriga bog’liq. 1 kg qattiq yoki suyuq
yoqilg’i yonishi uchun kerak bo`ladigan havo miqdorini
quyidagicha hisoblash
mumkin. Ma`lumki, har qanday yonuvchi modda tarkibida uglerod, oltingugurt,
vodorod va kislorod bo`ladi.
Mana shu moddalar tarkibidan kelib chiqib, 1 kg jismning yonishi uchun sarflanadigan
havo miqdorini hisoblash mumkin.
Haqiqatda esa
yonish va qizish natijasida, qattiq jismlarning yonishi uchun havo
almashish konvektsiya hodisasiga qo`ra yonish mintaqasiga nazariy jihatdan kerak
bo`ladigan havoga nisbatan ko`proq havo oqimi keladi.
Haqiqatda sarflangan havo miqdorining nazariy jihatdan hisoblangan havo
miqdoriga
nisbatan ortiqcha havo koeffitsienti deb yuritiladi
YOng’in vaqtida bu koeffitsient, diapazon nihoyatda katta bo`lib, 2-20 gacha
o`zgaradi.
Etarli bo`lmagan havo muhitida yonish to`liq bo`lmaydi.
Bunda hosil bo`lgan yong’in mahsulotlari (SO, qurum, spirtlar)
yana yonish
qobiliyatiga ega bo`ladi
Bunday mahsulotlar oz miqdorda bo`lsada tutun tarkibida ham bo`ladi.
Bizning vazifamiz yong’in haqida asosiy tushunchalar berish bilan birga unga qarshi
samarali kurash olib borish, yong’inni o`chirishda qo`llaniladigan birlamchi vositalar,
har xil tadbirlar bilan tanishtirishga qaratilgan