Nazorat savollari.
1. Ishlab chiqarishdagi xavfli chegaralar yoki mintaqalar.
2. Xavfsizlikni ta`minlovchi texnik vositalar.
3. Rangli signallar tizimi va xavfsizlik belgilari.
4. Xavfsizlikning muhofaza vositalari.
5. Ergonomika va ishni xavfsiz tashkillashtirish.
145
20-Ma`ruza YOng’indan saqlanishning tashkil etilishi
Reja.
1. YOnish jarayoni va yonish turlari.
2. Gazsimon moddalarning, yonish va portlash xususiyatlari.
3. Qattiq moddalarning yonish va yong’inga xavflilik xususiyatlari.
4. CHanglarning yonish va portlash xususiyatlari, tozalash usullari.
5. Korxonalarning yong’in va portlash xavfi bo`yicha darajalari.
Tayanch iboralar
YOnish jarayoni, yong’in, portlashlar, harorat, baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar,
avariyalar, yog’och, qog’oz, kimyoviy moddalar.
1. YOnish jarayoni va yonish turlari.
YOng’inlar ishlab chiqarish, xalq xo`jaligining barcha tarmoqlari, qishloq xo`jaligi va
turar joylarda yuz berishi mumkin bo`lgan, etkazadigan zarari jihatidan tabiiy ofatlarga
tenglashadigan hodisadir.
YOng’inlar katta moddiy zarar keltirishi bilan birga, og’ir baxtsiz hodisalar,
zaharlanish, kuyish natijasida insonlar hayotini olib ketgan hollar ko`plab uchraydi.
YOng’inga qarshi kurash barcha fuqarolarning umumiy burchi hisoblanadi va bu ishlar
davlat miqyosida amalga oshiriladi.
A) YOnish jarayoni. YOnish deb, yonuvchi moddalardagi murakkab oksidlanish
jarayonida bir moddaning ikkinchi moddaga aylanishi natijasida katta miqdorda
issiqlik va nurlanish ajralishi bilan kechadigan hodisaga aytiladi.
YOnishda asosan uch omil muhim rol o`ynaydi, yonuvchi modda, yondiruvchi muhit,
qizdirish jarayoni.
-YOnuvchi modda – yog’och, qog’oz, kimyoviy moddalar, yonuvchi suyuqliklar va
har qanday organik moddalar kiradi.
-YOndiruvchi muhit – havo tarkibidagi kislorod hisoblanadi.
-Qizdirish jarayoni – yonish reaktsiyasi boshlangandan keyin qizdirish manbai bo`lsa
yonish tezlashadi.
B) YOnish turlari. YOnish jarayonini shartli ravishda quyidagi turlarga bo`lish
mumkin:
-CHaqnash – yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib o`chishi va yonishning davom
etishi uchun aralashma tayyorlashning zarurati yo`q;
-Qizdirish natijasida yonishni vujudga kelishi;
-Alangalanish – yonishning alanga olib davom etishi;
-O`z-o`zidan yonish – moddalar ichida asosan organik moddalarda ro`y beradigan
ekzotermik reaktsiyalar natijasida, tashqaridan qizdirishsiz yonuvchi aralashmaning
o`z-o`zidan yonib ketishi;
-O`z-o`zidan alangalanish – o`z o`zidan yonishning alanga bilan davomi;
-Portlash - o`ta tez yonish kimyoviy jarayonining bosim va energiya hosil qilish bilan
o`tishi.
146
YOnuvchi modda ma`lum haroratlarda o`zidan yonuvchi bug’lar ajratib chiqishi
natijasida muqim alangalanish ta`minlansa, bu harorat alangalanish harorati deb
yuritiladi.
Ba`zi bir, asosan, organik moddalar (torf, qipiq, paxta, ko`mir mahsulotlari, qora-
mollarning chiqindilari) o`z – o`zidan yonib ketish xususiyatiga ega.
Buning asosiy sababi organik moddalar namlanganda, mikroorganizm-lar rivojlanadi,
natijada yuqori harorat hosil bo`lib o`z-o`zidan qizish jarayoni deb ataladi.
|