CHanglarning yonish va portlash xususiyatlari, tozalash usullari




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/124
Sana06.10.2024
Hajmi3,02 Mb.
#273717
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   124
Bog'liq
5b27936d71643

 
4. CHanglarning yonish va portlash xususiyatlari, tozalash usullari. 
Qattiq moddalarning maydalangan har xil kattalikdagi zarralari havo muhitida uzoq-
vaqt suzib yuradi va birmuncha katta zichlikka ega bo`lgan tumansimon muhitni 
vujudga keltiradi. Bunday mayda chang zarrachalari ko`p miqdorda yig’ilib qolganda, 
xuddi gaz va yonuvchi suyuqliklar bug’lari kabi portlash xususiyatiga ega bo`ladi. 
Odatda, havo tarkibidagi changlar miqdori g/m

yoki mg/m
3
birliklarda o`lchanadi. 
Ko`pgina yonuvchi moddalar changlarining portlashi uchun pastki zichlik miqdori 
juda katta birliklarni tashkil qiladi, bunday birlikdagi aralashma hosil qilish qiyinligi 
(masalan, qand pudrasi, torf changi, bularning portlashi uchun quyi chegaradagi 


148 
zichlik 1350 g/m
3
va 2200 g/m
3
) bilan birga bunday changlarni portlatib yuborish 
uchun katta quvvatdagi yondiruvchi impul’s zarur. 
Portlashning boshlang’ich fazasida havo tarkibidagi eng mayda zarralar alangalanadi 
va ularning ajratgan issig’ida kattaroq zarralar alangalanadi, shundan keyin zichligi 
etarli bo`lsa, alangalanish hajmiy tus oladi va portlashga olib keladi. 
SHunga uchun ham zichlikning quyi chegarasi asosida changlarning yong’inga va 
portlashga xavfliligi aniqlanadi. 
Portlashga xavfli changlar darajasiga zichligi 65 g/m
3
gacha bo`lgan, alangalanish 
quyi chegarasiga to`g’ri kelgan changlar kiritiladi (oltigugurt changi, un changlari va 
boshqalar shular jumlasiga kiradi). 
Agar alangalanishning quyi chegarasi 65 g/m
3
dan ortiq zichlikka to`g’ri kelsa, ular 
yong’inga xavfli changlar toifasiga mansub bo`ladi (tamaki, yog’och changi). 
Korxonalarda havoni changdan tozalash uchun har xil chang tutqich qurilmalar 
ishlatiladi. Ularning ish uslubi, ko`rinishi, o`lchamlari va changni tutish imkoniyatlari 
ham turlicha. SHuning uchun ham changni fizik o`lchamlari va kimyoviy 
xususiyatlariga qarab kerakli chang tutqich qurilmalari tanlab olinadi. 
Ishlab chiqarishda foydalanish uchun tavsiya qilingan chang tutqich qurilmalarni 
tozalash bo`yicha dag’al va mayin tozalagichlarga ajratiladi va quyidagi guruhlari 
mavjud: 
-Quruq mexanik chang ushlagichlar; 
-Ho`l chang ushlagichlar; 
-Elektr zaryadlovchi chang tutqichlar, filtr qurilmalar, aralash guruhlari ishlatiladi. 
Tuzilish jihatidan juda oddiy va foydalanishi, oson bo`lgan qurilma mavjud bo`lib, 
chang tutqich kamera deb nomlanadi. 
Binolarga tozalagichlardan unumli foydalanishdan maqsad, bino havosi tozalanadi va 
portlash xavfsizliga ta`minlanadi. 

Download 3,02 Mb.
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   124




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 CHanglarning yonish va portlash xususiyatlari, tozalash usullari

Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish