Texnika xavfsizligi




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/124
Sana06.10.2024
Hajmi3,02 Mb.
#273717
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   124
Bog'liq
5b27936d71643

 
Nazorat savollari. 
1. YOnish jarayoni va yonish turlari. 
2. Gazsimon moddalarning, yonish va portlash xususiyatlari. 
3. Qattiq moddalarning yonish va yong’inga xavflilik xususiyatlari. 
4. CHanglarning yonish va portlash xususiyatlari, tozalash usullari. 
5. Korxonalarning yong’in va portlash xavfi bo`yicha darajalari. 


150 
 
21- Ma`ruza. Axborot xavfsizligi ta`minotining shakllari usullari va vositalari. 
Reja: 
1.
Axborot – kommunikatsion tizimlar va tarmoqlar xavsizligiga qo`yiladigan 
talablar. 
2.
Axborot xavfsizligining siyosati.
3.
Axborot xavfsizligi bo`yicha standartlar va spetsifikattsiyalar. 
 
Tayanch iboralar 
Kompyuter jinoyatchiliklari, internet, veb sayt, e mail, global, unifikatsiyalangan 
hujjatlar, supervisor, internet uyushma, konfidentsialliklik
 , 
kriptografiya. 
 
1. Axborot – kommunikatsion tizimlar va tarmoqlar xavfsizligiga qo`yiladigan 
talablar 
Axborot xavfsizligining huquqiy ta`minoti - axborotni himoyalash tizimida bajarilishi 
shart bo`lgan qonunlashtiruvchi dalolatnomalar me`yoriy-huquqiy hujjatlar, qoidalar 
yo`riqnomalar, qo`llanmalar majmui. Hozirda axborot xavfsizligining huquqiy 
ta`minoti masalasi ham amaliy, ham qonunchilik jihatidan faol o`rganib chiqilmokda. 
Komp’yuter jinoyatchiliklarini qilish instrumentlari sifatida telekommunikatsiya va 
hisoblash texnikasi vositalari, dasturiy ta`minot va intellektual bilim ishlatiladi. 
Komp’yuter jinoyatchiliklarini qilish sohasi sifatida nafaqat komp’yuterlar, global va 
korporativ tarmoqlar (Internet/Intranet), balki axborot texnologiyasining zamonaviy, 
yuqori unumli vositalari hamda axborotning katta hajmi ishlanadigan, masalan, 
statistik va moliya institutlari,tanlanadi. 
SHu sababli, har qanday tashkilot faoliyatini turli-tuman axborotni olish uchun qo`lda 
yoki hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlash, axborotni tahlillash natijasida 
qandaydir muayyan echimlarni olish va ularni aloqa kanallari orqali uzatishsiz 
tasavvur etib bo`lmaydi. Kom’pyuterga ham tajovuz ob`ekti, ham tajovuz qiluvchi 
instrument sifatida qarash mumkin. Agar komp’yuter faqat tajovuz ob`ekti bo`lsa, 
qonun buzilishini mavjud huquqiy me`yorlar orqali baholash mumkin. Agar 
komp’yuter faqat instrument bo`lsa «texnik vositalarni qo`llash» alomati etarli bo`ladi. 
YUqoridagi tushunchalarni birlashtirish mumkin komp’yuter bir vaqtning o`zida ham 
instrument ham ob`ekt. Xususan, bunday vaziyatga mashina axborotining o`g’irlanishi 
fakti taalluqli. 
Agar axborotning o`g’irlanishi
 
moddiy va ma`naviy boyliklarning yo`qotilishi bilan 
bog’liq bo`lsa, bu fakt jinoyat sifatida baholanadi. SHuningdsk, agar ushbu fakt bilan 
milliy xavfsizlik. mualliflik manfaatlari bog’liq bo`lsa, jinoiy javobgarlik O`zbekiston 


151 
Rsspublikasi qonunlarida bevosita ko`zda tutilgan. 
Har qanday davlatda axborot xavfsizligining huquqiy ta`minoti xalqaro va milliy 
huquqiy me`yorlarni o`z ichiga oladi. 
Axborot xavfsizligi bo`yicha qonunlarni O`zbekiston Rsspublikasi butun qonunlar 
tizimining ajralmas qismi sifatida tasavvur qilish mumkin, xususan: 
-
tarkibida axborotlashtirish masalalariga doir me`yorlar bo`lgan konstitutsiya 
qonunlari:
-
tarkibida axborotlashtirish masalalariga doir me`yorlar bo`lgan umumiy asosiy 
qonunlar (mulk, er osti boyliklari, er, fuqorolar huquqi, fuqarolik, soliq xususida); 
-
xo`jalikning alohida tuzilmalariga, iqtisodiyotga, davlat organlari tizimiga tegishli 
boshqarish va ularning maqomini aniqlash bo`yicha qonunlar. Bu qonunlar axborot 
masalalari bo`yicha alohida me`yorlarni o`z ichiga oladi; 
-
munosabatlarning, mutaxassislik sohalarining, jarayonlarning muayyan muhitiga 
butunlay tegishli maxsus qonunlar. Bularga axborotlashtirish bo`yicha qonunlar 
taalluqli: 
-
axborotlashtirish sohasidagi qonun talablarining bajarilishini reglamentlovchi 
me`yoriy hujjatlar; 
-
qonunlar bilan belgilangan axborotlashtirish sohasidagi me`yoriy hujjatlar; 
-
tarkibida axborotlashtirish sohasida qonun buzilishiga javobgarlik me`yorlari 
bo`lgan O`zbekistan Respublikasining huquqni muhofaza qilish qonunlari. 
Komp’yuter tarmoqlari xavfsizligini ta`minlovchi davlat huquqiy mexanizmining 
rivojlanmagan sharoitida korxonaning davlat va xodimlar jamoasi bilan 
munosabatlarni huquqiy asosda rostlovchi hujjatlari jiddiy ahamiyatga ega bo`ladi. 
Bunday muhim hujjatlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
-
korxona (firma, bank) ustavi; 
-
jamoa shartnomasi; 
-
jamoa xodimlari bilan tuzilgan, tijorat siri bo`lgan ma`lumotlar himoyasini 
ta`minlash bo`yicha talablarga ega mehnat shartnomalari; 
-
ishchi va xizmatchilarning ichki mehnat tartib qoidalari; 
-
raxbarlar, mutaxassislar va xizmat ko`rsatuvchi xodimlarning mansab bilan 
bog’langan majburiyatlari. 

Download 3,02 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   124




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish