• Ishlab chiqarish changining kelib chiqish manbalari. 3. Nafas olish organlarining individual himoya vositalari.
  • Texnika xavfsizligi




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet96/124
    Sana06.10.2024
    Hajmi3,02 Mb.
    #273717
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   124
    Bog'liq
    5b27936d71643

    Nazorat savollari: 
    1. Transport agregatlarini turgunlik xolatini kanday tushunasiz. 
    2. Tranport vositalarini xavfsizligini ta`minlovchi tizimga nima kiradi? 
    5. Tranport vositalarini boshkarishda xaydovchilar kanday kategoriyaga ega bulgan 
    guvoxnomasi bulishi kerak? 
    6. YUk kutarish mexanizmlaridan foydalanishda kim tomondan nazorat kilinadi?. 
    7. Kim tomondan ruyxatga olinadi. 
    8. Statik va dinamik sinov kanday utkaziladi? 
     


    129 
    18-ma`ruza Zararli va xavfli omillardan muhofazalanuvchi shaxsiy himoya 
    vositalari 
    Reja: 
    1.
     
    Zaharli moddalarning inson organizmiga ta`siri 
    2.
     
    Ishlab chiqarish changining kelib chiqish manbalari. 
    3.
     
    Nafas olish organlarining individual himoya vositalari. 
     
    Tayanch iboralar 
    Respirator, gaz analizator, kislota, ishqor, oltingugurt vodorodi, ammiak, tabiiy 
    changlar, sun’iy changlar, qozonxona. 
    Ishlab chiqarishdagi ishchi zonalar havosi ko`p hollarda texnologik jarayonlarning 
    tabiiy zaharlari bilan ifloslanadi. Pechkalarda, qozonxonalarda va ichki yonuv 
    dvigatellarida yoqilg’ilarni yonishi is gazini hosil bo`lishiga sabab bo`ladi. 
    Masalan, qishloq xo`jaligida qo`llaniladigan ko`pgina zaharli moddalar, maxsus moddalar 
    hisoblanib o`simliklarni hosildorligini oshiradi, ularning zarar kunandalarini esa 
    o`ldiradi. Ular tarkibiga mineral o`g’itlarni va 150 xilga yaqin zaharli ximikatlarni 
    kiritish mumkin. 
    Bulardan tashqari neft’ mahsulotlari, lak, bo`yoq, kislotalar, ishqorlarning xavfli 
    bug’lari, gazlari ham mavjudki, ular ham qishloq. xo`jaligi va sanoatda keng qo`llanilib 
    inson uchun xavfli moddalar ekanini o`nutmaslik lozim. 
    Ayrim zaharlar inson organizmiga nafas olish va ovqat qabul qilish organlari orqali 
    kiradi. Uncha ko`p bo`lmagan miqdordagi zaharli moddalarni (qo`rg’oshin, simob) 
    uzoq vaqtli ta`siri uzluksiz kasbiy zaharlanishga olib kelsa, uning katta miqdori o`tkir 
    zaharlanishga sabab bo`ladi. Ko`pgina zaharli moddalar haroratining oshishi bilan suyuq 
    holatdan bug’ va gaz holatga oson o`tadi va shu ko`rinishda nafas olish organlari orqali 
    inson organizmiga kiradi. 
    Inson o`pkasining nafas olish yo`llari orqali bu moddalar havo bilan birgalikda qonga 
    so`riladi va katta qon aylanish sistemasiga o`tib, boshqa yo`l bilan organizmga kirgan 
    shunday moddalarga nisbatan organizmga 20 baravar kuchli ta`sir etadi. Masalan, 
    benzin xona haroratida 1 m
    2
    sirtdan 400 g/soat tezlik bilan bug’lanadi. Boshqa neft’ 
    mahsulotlariga nisbatan u organizmni ko`proq zaharlaydi. Benzinning kontsentratsiyasi 
    3...4 g/m
    3
    bo`lganda, undan nafas olgan kishi 2...3 minutdan so`ng yutala boshlaydi, 
    ko`zidan yosh oqib, yurishda muvozanati buziladi, 30...40 g/m
    3
    li kontsentratsiyasi esa 
    3...4 nafas olgandan so`ng zaharlanishga va hushni yo`qotishga olib keladi. 
    Oltingugurt vodorodi va ammiak yanada xavfli hisoblanadi. Ular chorvachilik fermalarida 
    va gung saqlanadigan joylarda to`planadi. Ba`zan ularning kontsentratsiyasi shunchalik 
    yuqori bo`ladiki, gung to`plash joylariga tushib, bir-ikki nafas olish bilan kishi hushini 
    yo`qotadi. 


    130 
    Ayrim zaharlarli moddalar gazi va bug’ining kontsentratsiyasi portlashi mumkinligi bilan 
    xavflidir. Masalan, 16...27% ammiak kontsentratsiyasi va 0,76...5,03 % benzin 
    kontsentratsiyasi portlaydi. 
    SHunday qilib ishchilarning zaharlanishini, yong’in chiqishini va portlashni oldini 
    olish uchun ishchi zonalar havosidagi zararli moddalar kontsentratsiyasini nazorat qilib 
    turish kerak bo`ladi. Buning uchun laboratoriya va ekspress usullardan foydalaniladi. 
    Laboratoriya usulida ish joyidan olingan iflos havoning kimyoviy tarkibi laboratoriyada 
    mukammal tekshiriladi. ekspress usulda havodagi zararli modda kontsentratsiyasi 
    bevosita ish joyida tekshiriladigan havoni indiqator quvuridan o`tkazish orqali 
    tekshiriladi. Bu ish UG-2 yoki GX-2 gaz tahlil qilgichi yordamida amalga oshiriladi. 
    Havodagi zararli gaz yoki bug’ning kontsentratsiyasi aniqlangandan so`ng, u
    standart bo`yicha zararli moddalarning havodagi ruxsat etilgan 
    kontsentratsiyasi bilan taqqoslanadi.


    Agar zararli moddaning havodagi kontsentratsiyasi ruxsat etilgan normadan ortiq 
    bo`lsa, ishchi zona havosini tozalash bo`yicha tadbirlar o`tkaziladi. Ishlovchilarni gaz,
    bug’ holatidagi yoki qattiq zararli moddalardan himoyalashning eng samarali usuli, 
    zararli ish va texnologik jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalashtirish va 
    avtomatlashtirish hisoblanadi. 
    Zararli moddalar inson organizmini jarohatlashi, kasb kasalliklarini keltirib chiqarishi 
    va boshqa ko`ngilsiz holatlarga olib kelishi mumkin. 
    Organizmga kirib unda har xil buzilishlar, xastaliklar keltirib chiqaradigan kimyoviy 
    moddalar ishlab chiqarish zaharlari hisoblanadi. Ular gazlar, bug’lar, changlar 
    ko`rinishida bo`ladi. Sanoat zaharlari organik bo`lmagan (galogenlar - xlor, brom va 
    boshqalar; oltingugurt birikmalari - oltingugurt vodorod, oltingugurtli gaz va 
    boshqalar; azot birikmasi - ammiak, azot oksidlari va boshqalar; fosfor va uning 
    1.-расм. УГ-2 газ таҳлил қилгичи: 1-корпус; 2-сўриш қувури; 3-
    индикатор қувури; 4-фильтирловчи патрон; 5-сильфон қувури; 6-
    ампулали яшик. 


    131 
    birikmalari - fosforli vodorod va boshqalar) va organik (benzol, spirtlar, oddiy efirlar) 
    zaharlarga bo`linadi. 
    Biologik zararli omillar organizmga har xil ta`sir ko`rsatadi. Bularga ularning 
    allergiya, bosh aylanishi, ko`ngil aynishi, organizmni qizishi va boshqa ta`sir 
    ko`rinishlarni misol qilib keltirish mumkin. 
    YUqorida qayd qilingan omillar ta`sirini profilaktikasiga ishchi xona havosi 
    tarkibidagi mikroorganizmlar miqdorini kamaytirish, dezinfektsiyani qo`llash, 
    bakteriyaga qarshi lampalardan foydalanish; shamollatish sistemalari, kabinalar va 
    uskunalarni germitizatsiyasini yaxshilash, bilan havodagi organik changlarni miqdorini 
    kamaytirish, maxsus kiyimlardan foydalanish va meditsina nazorati kiradi. 
    Bundan tashqari organizmga boshqa omillar ham zararli ta`sir etadi. Bular jumlasiga 
    kislotalar, ishqorlar, yonilg’i moylash materiallari va boshqalar kiradi. Masalan, benzin 
    teriga ta`sir etib uni yallig’lantirishi, surunkali ekzemalarga sabab bo`lishi mumkin. 
    YOg’lash materiallari ta`sirida ham terida ekzema va shunga o`xshash asoratlar paydo 
    bo`lishi mumkin. 
    Benzin va moylash materiallari bug’idan zaharlanganda bosh og’rishi, kuchsizlanish,
    ko`ngil aynishi, yurak urishini tezlashishi, bosh aylanishi kabi o`zgarishlar kuzatiladi. 
    Benzin va yog’lash materiallari portlashi mumkinligi bilan ham xavflidir. Ular bilan 
    ishlaganda gazga qarshi niqoblar, maxsus kiyimlardan foydalanish tavsiya etiladi. Qo`l 
    terisini biologik qo`lqoplar bilan himoya qilinishi tavsiya etiladi. 
    Qurilish uchun ishlab chiqarish ob`ektlari maydoni qator sanitar talablarni hisobga 
    olgan holda tanlanadi. Bularga ichimlik suv manbalarini mavjudligi, botqoqliklarni 
    yo`qligi va boshqalar kiradi. Korxona hududida binolar va inshootlar, ularni tabiiy 
    yoritish va shamollatish maqsadida yorug’lik va shamol yo`nalishiga nisbatan qaratib 
    quriladi. 
    Ishlab chiqarish qurilishlari atrofida aholi yashaydigan uylar shamol esadigan 
    tomondan quriladi. Buning sababi ishlab chiqarish korxonasidan ko`tarilayotgan tutun, 
    chang, shovqin va boshqalarni ta`sirini kamaytirish hisoblanadi. Ishlab chiqarish 
    korxonalari yoki qurilmalari va aholi yashaydigan rayon o`rtasida zararli chiqindilar 
    xarakteriga va miqdoriga bog’liq, ravishda 500-1000 m kenglikda sanitar himoya 
    zonasi tashkil etiladi. 
    Ishlab chiqarish xonasida ishlayotgan har bir ishlovchiga 15 m
    3
    dan kam bo`lmagan 
    maydon to`g’ri kelishi kerak. Uning poldan shiftgacha balandligi esa 3,2 m dan kam 
    bo`lmasligi kerak. Ishlab chiqarishda shovqinli yoki zararli moddalar ajralib turadigan 
    jarayonlarni alohida xonada joylashtirish kerak. Ish joyidagi pollar tekis va sirpanchiq 
    bo`lmasligi kerak. Agar pollar sovuq, bo`lsa ish joylarida gilam yoki yog’och panjara 
    to`shalishi kerak. Elvizakni oldini olish uchun tashqi eshiklarda tanbur o`rnatilishi 
    kerak hamda ularning eshiklarini o`zi yopiladigan qilish maqsadga muvofiq bo`ladi. 


    132 
    Ishlab chiqarish uskunalari, verstaklar ish joylarida shunday joylashtirilishi kerakki, 
    ish joylari orasida 1 metr kenglikdagi o`tish joyi qolishi kerak. 
    Sanitar-maishiy xona - bu shaxsiy va maxsus kiyimlar uchun shkafli echinadigan, 
    yuvinadigan va ovqat eydigan xona hisoblanadi. Bundan tashqari 300 dan ortiq 
    ishlovchilar ishlaydigan korxonalarda fel’dsherlik-sog’lomlashtirish punkti bo`lishi 
    kerak. Agar bir smenada korxonada 15 yoki undan ortiq, xotin-qizlar ishlasa ular 
    uchun shaxsiy gigiena xonasi ham bo`lishi kerak.

    Download 3,02 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   124




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish