|
II. O’quv fanining maqsadi va vazifalari
|
bet | 56/69 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,69 Mb. | | #228151 |
Bog'liq ILMIY VA O’QUV-USLUBIY FAOLIYATDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIII. O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda ilmiy-tadqiqot va o’quv-uslubiy faoliyatda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini xosil qilishdan iborat.
Fanning vazifalari:
magistrantlarning axborot madaniyatini kengaytirish;
ilmiy va o’quv-uslubiy faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va vositalaridan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish;
tadqiqotchi va pedagogning kasbiy faoliyatida Internet tarmog’i resurslaridan foydalanish bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllanitirish;
ilmiy va uslubiy ishlanmalarni an’anaviy (ilmiy jurnallarda) va elektron shakllarda chop etishning zamonaviy vositalarini egallash;
ilmiy va uslubiy ishlanmalarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari orqali taqdim etish ko’nikmalarini xosil qilish.
Fanni o’zlashtirish natijasida magistr:
ilmiy faoliyatda foydalaniladigan AKT vositalari, Internet tarmog’ining axborot resurslari, ilmiy matnni tayyorlashning asosiy qoidalari, elektron taqdimotlarni ishlab chiqishga nisbatan talablar, ilmiy-tadqiqot natijalarini matematik qayta ishlash vositalari va usullari tasavvur va bilimlarga ega bo’lishi;
AKT vositalarini ilmiy faoliyatda qo’llash, Internet tarmog’ining zaruriy axborot vositalarini tanlash, ilmiy matnni ilmiy jurnalda chop etish uchun tayyorlash, elektron taqdimotlarni shlab chiqish, tadqiqot natijalarini qayta ishlash uchun AKT vositalarini tanlash, Andijon mashinasozlik institutining axborot-ta’lim fazosida resurslarni tanlash ko’nikmalariga ega bo’lishi;
Internet tarmog’ining qidiruv tizimlarida ishlash (xususan, web of science, scopus va boshqa tizimlarda ilmiy ma’lumotlarni qidirish), ilmiy ishlanmalarni nashrga va dissertatsiya tadqiqotlarini himoyaga tayyorlashda Davlat standartlariga (GOST) amal qilish, ilmiy-tadqiqot natijalarini matematik qayta ishlash, Andijon mashinasozlik institutining axborot-ta’lim fazosida ishlash malakasiga ega bo’lishi kerak.
|
| |