• ikkinchi bosqichini
  • uchinchi yuqori bosqichi
  • Ishlab chiqarish korxonasining ierarxik tuzilishi




    Download 1.19 Mb.
    bet4/64
    Sana05.11.2022
    Hajmi1.19 Mb.
    #29175
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
    Bog'liq
    12 14 16 tayyor
    Umidjon tugarak, 4.71.05.01-Farmatsiya-страницы-27-34 (1), Matematik modellashtirish, Tenglamalar sistemasi, 40910101-Stomatologiya ishi oxirgi (2) (3), 40910202-Feldsher-laborantlik ishi (2) (2), 77777777777, Mavzu kichik maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashda o\'zbek xa, 2-mavzu davomi, С.Сиддиков Карта дузиу (1), 11-sinf Ona tili ON, ona tili 1-b on, Namuna mustaqil ish, TASHAKKURNOMA
    Ishlab chiqarish korxonasining ierarxik tuzilishi
    Har qanday ishlab chiqarish korxonasini uch ketma-ket bajariladigan texnologik operatsiya ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin: xom-ashyoni tayyorlash, kayta ishlash jarayoni va nihoyat kuzlangan sifat xamda mikdordagi mahsulotni olish. Bu operatsiyalar ketma-ketligi, yakka bir murakkab texnologik tizim ko‘rinishida mujassamlangandir (3-rasm).
    Zamonaviy ishlab chiqarish korxonasi, katta masshtabli tizim sifatida, juda ko‘p o‘zaro bir-biriga, bo‘ysingan kichik tizimlardan tashkil topgan bo‘lib, uni asosan uch pog‘onali ierarxik tuzilish ko‘rinishida tasavvur qilinadi. Ishlab chiqarish korxonasining har bir kichik tizimini, bir butun texnologik tizim va avtomatik boshqarish tizimi ko‘rinishida tasavvur qilinadi.
    Ishlab chiqarish korxonasining ierarxik tuzilishining birinchi quyi bosqichini ma’lum bir apparatlar va ularni lokal boshqarish tizimlari bilan jihozlangan tipik jarayonlar tashkil qiladi.
    ishlab chiqarish korxonasinining ierarxik tuzilishining quyi bosqichida, kichik tizimlarning ishlashini ifodalovchi informatsiya boyib boradi va bu kichik tizimlarni ishlashini boshqarishda tipik jarayonlarning texnologik parametrlarini avtomatik rostlash tizimlarini tuzib, lokal ravishda stabillab boriladi.
    ishlab chiqarish korxonasining ierarxik tuzilishining ikkinchi bosqichini agregatlar, komplekslar, sexlar va texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari tashkil qiladi.
    Yuqori intensiv texnologik jarayonlarni va yuqori quvvatli agregatlarni yaratilishi hamda ishlab turgan korxonalarni optimallashtirish maqsadida rekonstruksiya qilinishi natijasida yangi ilmiy texnik masalalar vujudga keldi:

    1. ishlab chiqarish korxonasi va agregatlarni iqtisodiy va energotexnologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha optimal sharoitlarda ishlashini tashkil qilish;

    2. agregatlarda moddiy va energetik oqimlarni optimal tashkil qilish yo‘li bilan boshqarish funksiyasini agregatning o‘ziga berish, ya’ni agregat tuzilishini kibernetik tashkil qilish;

    3. energotexnologik tizimlarni qo‘llash natijasida agregatlarning chidamli ishlashini ta’minlash uchun boshqaruvchi hisoblash mashinalarini qo‘llash zarurati paydo bo‘lmoqda.

    Ushbu ierarxik bosqichda, kichik tizimlarni boshqarishda, apparatlar ishini optimal koordinatsiyalash va ular orasidagi quvvatlarni optimal taqsimlash masalalari vujudga keladi. Bu masalalarni yechishda umuman yangi dekompozitsiyalash va agregatsiyalash usullari, evrestik modellashtirish nazariyasi asosida texnologiyani tahlil qilish, ko‘p bosqichli optimallashtirish va boshqa usullardan foydalaniladi.
    ishlab chiqarish korxonasining ierarxik tuzilishining uchinchi yuqori bosqichi bu - sexlar faoliyatini operativ boshqarish tizimlari, ishlab chiqarishni tashkil qilish tizimlari, xom-ashyoni taqsimlanishini rejalashtirish, tayyor mahsulotni taqsimlanishi - korxonani avtomatik boshqarish tizimi. Ierarxiyaning ushbu bosqichida vaziyatga qarab tahlil qilish, korxonani optimal boshqarish masalalari vujudga keladi. Bu masalalarni yechishda tizim-texnikaning matematik usullari, chiziqli programmalashtirish, o‘yinlar nazariyasi, ma’lumotlar nazariyasi va boshqa usullar qo‘llaniladi.

    Download 1.19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




    Download 1.19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish korxonasining ierarxik tuzilishi

    Download 1.19 Mb.