uzatish uzoqligini
(masofasini), boshqarish
tizimiga ishonchliligi, aniqligi
va tez ta ’sir ko‘rsatishi xususidagi talablarni hisobga olish zarur.
2. TJAS avtomatlashtirishning H T ning seriyalab ishlab chiqariladigan
vositalari asosida qurilishi kerak; bunda qo'shilishi (birikmasi) soddaligi,
o ‘zaro bog‘lanuvchanligi, shchitlarda va boshqaruv pultlarida joylanishi
qulayligi bilan ifodalanuvchi birxillashtirilgan tizim lardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
3. Avtomatlashtirish tizimlari faqat seriyalab chiqarilgan apparatura
asosidagina yasalishi mumkin bo‘lmagan hollarda
loyihalash jarayonida yangi
avtomatlashtirish vositalarini ishlab chiqish uchun texnik vazifalar beriladi.
4. Y ordam chi energiyadan (elektr yoki pnevm atik) foydalanuvchi
avtom atlashtirish vositalarini tanlash avtom atlashtiriladigan obyektning
yong‘in chiqishi va portlashga xavflilik sharoitlari bilan, axborot va
boshqarish signallarining tez ishlashi va uzatish masofasiga qo‘yiladigan
talablar bilan belgilanadi.
5. Dispetcherlik shchitlari va pultlarida o ‘rnatiladigan signalizatsiya va
boshqarish asboblari va apparaturasi miqdori cheklangan bo ‘lishi kerak.
A pparaturaning ortiqcha (ko‘p) bo‘lishi xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning
d iq q a t-e ’tiborini texnologik jarayonning kechishini belgilovchi asosiy
avtomatlashtirish
vositalaridan chetga tortadi, qurilm ani ishlatishni murak-
kablashtiradi, uning tannarxini oshirib yuboradi.
6. TJASini ishlab chiqishda tizimdagi boshqarish vazifalarini orttira
borish imkonini hisobga olish kerak.
A vtom atlashtirish sxem asining yuqori qism ida texnologik sxema
tasvirlanadi, u TBO ning ishlash prinsipi haqida tasaw u r berishi kerak.
Prinsipial chizm alarda datchiklarning sezgir elem entlari, rostlash organlari
va ijro etuvchi mexanizmlari texnologik chizm aning taxminan montaj
qilinishi lozim bo ‘lgan nuqtalarida ifodalanadi.
Texnologik chizmalarda texnologik jarayonning xarakterini ifodalaydigan
k o ‘rinishda agregatlar soddalashtirib k o ‘rsatiladi; bunda masshtabga e’tibor
berilmaydi; lekin agregatlarning shakli taxm inan o ‘xshash bo ‘lishi kerak.
Texnologik
chizm alar, odatda, chapdan o ‘ngga qarab o ‘qiladi. Appa-
ratlarni ifodalaydigan chiziqlarning qalinligi 0,2 ... 0,3 m m b o iish i kerak.
C hizm ada har bir apparat belgilanib ko‘rsatiladi. Agar apparatlar raqamlar
bilan belgilangan bo ‘lsa, u holda uskunalarni ko‘rsatuvchi jadval (ekspli-
katsiya) beriladi.
Texnologik qurilishlarni avtom atlashtirishning prinsipial chizmasida
suyuqlik, bug‘ va gaz uchun m o ‘ljallangan qurilishlar shartli belgilar orqali
ifodalanadi. Ularning b a ’zilari 21.1-jadvalda keltirilgan. Qurilish chiziqla-
rining uzilishida yonm a-yon raqam lar orasidagi masofa 50 mm dan kam
b o ‘lmasligi kerak. Agar texnologik chizm ada nazarda tutilmagan suyuq
yoki gazsim on m uhitlarning
belgilari uchrasa, boshqa raqam lardan
foydalanish mumkin, faqat bu holda chizmaning bir chetida qabul qilingan
shartli belgilarga izoh berilishi kerak.
Chizmalarni o ‘qishni osonlashtirish maqsadida o ‘tkazilgan truboprovod
(quvurlar) belgilariga undagi m oddalar yo‘nalishini ko‘rsatuvchi strelkalar
qo‘yiladi, shuningdek, chizm ada prinsipial vazifaga ega b o ‘lgan to ‘suvchi
moslamalarning belgilari ham beriladi. Truboprovod belgi chiziqlarining
kengligi 0,6... 1 m m boMishi kerak.
A vtom atlashtirishning prinsipial chizm asida texnologik ja ray o n n i
avtomatik boshqarish vositalarining hammasi shartli ravishda ko ‘rsatiladi.
Prinsipial chizm alarda avtom atlashtirish vositalarining
shartli tasvirlari
G O ST 21.404 — 85 talablari asosida bajariladi (21.2, 21.3, 21.4-jadvallar).