|
Xalq hunarmandchiligida xududiy muammolar va ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari
|
bet | 3/6 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 11,04 Mb. | | #262512 |
Bog'liq Xalq hunarmandchiligi771.2.Xalq hunarmandchiligida xududiy muammolar va ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari.
O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida shakllanishida jamiyatimiz rivojlanishining barcha ma’naviy va moddiy ishlab chiqish sohalarida tubdan o’zgarishlarni keltirib chiqardi. Ijtimoiy va iqtisodiy xayotimizda ro’y berayotgan o’zgarishlar jamiyat kelajagi taraqqiyoti poydevori bo’lgan yoshlarning ta’limtarbiyasi uzluksiz tizimini ham butkul islox qilish, yangicha mazmun va shakl barpo etish tabiiy zaruriyatini paydo qilmoqda.
Yoshlarni hayotiga, mazmunli mehnatga va aniq tanlangan kasblarga tayyorlash vazifasini uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi, aniqrog’i, uzluksiz mehnat va kasb ta’limi tizimi bajaradi.
Uzluksiz mehnat va kasb ta’limi tizimida ajdodlarimiz hayotiy tajribalaridan foydalanish, urf-odatlar, milliy aqidalar, moddiy va ma’naviy meroslarini o’rganish va bu muhim sohani butunlay tubdan qayta qurishni, o’zligini namoyon etishni taqozo etadi. Bu tizimda avlodlarimiz xalq hunarmandchiligi meroslarini o’rganish, amalda qo’llash va o’rgatish, mehnat va kasb ta’limi sohasi tarixiy, etnik, milliy, mahalliy, dimografik, xududiy jihatlardan o’zligini kashf etilishi, islox qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
«Xalq hunarmandchiligi – har bir moddiy mehnat qurollari yordamida xom ashyodan turli maxsulotlar ishlab chiqarish, shunday maxsulotlar tayyorlaydigan kasblarning umumiy nomi» (Uz SE. 14-tom. 470-b.). Xalq hunarmandchiligi kishilik jamiyatining paydo bo’lishi va taraqqiyoti bilan vujudga kelib, dehqonchilik va chorvachilikdan ajralib chiqadi. Jamiyat taraqqiyoti bosqichlari, mehnat vazifalari taqsimoti, tayyorlanadigan buyumlar xususiyatiga ko’ra hunarmandchilikning 3 yo’nalishi keng taraqqiy etdi. 1. Uy hunarmandchiligi; 2. Buyurtma bilan maxsus tayyorlaydigan hunarmandchilik; 3. Bozor uchun maxsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik. Umuman olganda hunarmandchilik yuqoridagi 3 yo’nalishda, turli sur’atda va kulamda taraqqiy etgan 200 dan ziyod yirik sohalari, turli mavjud bo’lgan, ammo, tarixiy taraqqiyot jarayonida, ehtiyoj, sharoit va imkoniyatga qarab, hozirda 150 dan ziyod tarmog’i sohasi mavjudligi ma’lumdir.
O’sib kelayotgan yosh avlod mehnat va kasb ta’limi tizimida xalq hunarmandchiligini o’rganish uchun ushbu sohaning barcha sohalarini chuqur isloh etishi zarurdir.
Hozirgi davrda xalq hunarmandchiligini o’rganishga va o’rgatishga davlat va xukumatimiz rahbariyati ham jiddiy e’tibor bermoqdalar. Birinchi Prezidentimizning 1997-yil 31-martdagi «Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini yanada rivojlantirish davlat yo’li bilan qo’llab quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmonida, jumladan, shunday deyiladi: «...yoshlar xalq san’ati ustalarining ko’nikmalariga o’qitib o’rgatish uchun zaru shart-sharoitlarni vujudga keltirishda amaliy yordam ko’rsatish Qoraqalpog’iston Respublika Vazirlar Kengashi viloyat, shahar, tuman xokimliklarining, respublika vazirliklari va idoralarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin».
Hozirgi davrda butun dunyoga mashhur xalq ustalari avlodlari yaratgan hunarmandchilik buyumlari o’z soxalari bo’yicha o’tkazilgan va o’tkazilayotgan xalqaro va respublikamiz ko’rgazmalarida doimiy g’oliblar sifatida ulug’lanmoqda. Ammo, buyuk ustalarimizning tarixi, tajribasi, faoliyat mazmuni, usuli, ijodiy yo’li, mahorat sirlari ta’lim tizimida mukammallashgan holda o’rganilmasdan va o’rgatilmasdan kelinmoqda. Bu sohadagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlar faqat turli to’garak va ustaning o’ziga shogird tushib o’rganish kabilar bilan cheklanibgina qolmoqda. Kuzatishlarga qaraganda, pedagogik tajribalar va ilmiy tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, ta’lim tizimida juda yirik tarbiyaviy, ta’limiy va vaqt zahiralariga ega bo’lgan mehnat va kasb ta’limi sohasi xalq hunarmandchiligini bevosita tizim holida o’rganish va o’rgatishga har tomonlama mos keladigan soha hisoblanadi. Yoshlarning mehnat va kasb ta’limini o’rganish sifati butun ta’lim tizimining yo’lga qo’yilishini aniqlash ko’rsatkichlaridan hisoblanadi.
Xalq hunarmandchiligi an’ana tarzida tasviriy va amaliy san’at san’atining ajralmas qismi hisoblanib kelinmoqda. O’z navbatida xalq amaliy san’ati xalq hunarmandchiligi sohalari bilan juda ko’p uyg’unlashgan hamda qo’shilib ketadigan tomonlari juda ko’pdir. Ayniqsa, ta’lim tizimida o’quvchilarga badiiy ta’lim va tarbiya berishda bu amaliy fan sohalarining o’zaro aloqadorligi, bir-birini mustahkamlashi muhim omillaridan hisoblanadi.
Amaliy san’atning turli sohasi, tarixi va tugarak tashg’ulotlarida ta’limtarbiyaviy ishlarni tashkil etish ganchkorlik, naqqoshlik, pichoqchilik, yog’och uymakorlik, kulolchilik, savatchilik, gilamchilik kabi ko’plab sohalari to’g’risida S.S.Bulatov o’zining «O’zbek xalq amaliy bezak san’ati» (1991), «Ganchkorlik» (1990), kabi asarlarida chuqur tahlil qilgan. K.Qosimov esa naqqoshlik san’atining tarixi, taraqqiyot yuli, shu soha ustalari mahorat maktabi to’g’risida ish olib bordi. 1829 yilda Tula Sankt-Peterburg ko'rgazmasida kichik kumush medal bilan taqdirlandi.
Mahalliy kashta maktablari orasida Surxondaryo kashtachiligi ham katta ahamiyatga ega. Surxondaryo kashtalari o’troq va ko’chmanchilik madaniyatining qorishuvini ifodalovchi ranglar jilosi, kompozitsion tuzilmasi, bezak lavhalari tuzilishida o’z ifodasini topadi. Surxondaryo kashtachiligida XX asrning birinchi yarmida o’simlik va geometrik bezaklardan keng foydalanilgan. Ilon izi chiziqlar, gullar tasviri, qo’chqor shoxlari, to’lqinsimon naqshlar shular jumlasidandir.
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida deyarli har bir xonadon o’ziga xos xalq madaniyati muzeyiga ega bo’lib, ularda xilma-xil kashtachilik buyumlari, gilamlar, kigizlar namoyish etiladi.
Ular orasida eng ko’p tarqalgan buyumlar borpo’sh, bug’joma, zardevor, joynamoz, bolinpo’sh, belbog’, oyna xalta, choy xalta, so’zana va hokazolar sanaladi. Yorqin kolorit va o’ziga xos gullar Boysun kashtalarining yorqin ko’zga tashlanadigan xususiyatidir.
Zardo’zlik –- zar ip bilan naqsh (kashta) tikish kasbi. U forscha zar (tilla), do’zi (tikmoq) so’zini anglatadi. Zardo’zlikni bilish uchun asosan quyidagi hunarlarni yaxshi bilishi kerak: 1. Rasm solish va naqsh chizishni; 2. Gul kesishni, ya’ni gulbur bo’lishni; 3. Kesilgan gulga zarni tika bilishi kerak; Zardo’z quyidagi tartibda ishlaydi. Tikiladigan har bir buyum uchun alohida andoza tayyorlanadi va bichiladi. Axta va Xoka yordamida kartonga naqshi tushiriladi. Axta, ulgi, nusha - naqsh yoki rasmni oozga chiziqb, chiziq yo’llari igna bilan teshqilib, tayyorlangan andoza. Naqsh gullarini tuya bo’yin aychi yordamida kesib olinadi. Bunday ishni gulbur bajaradi. hozirda kartondan foydalanqiladi. Kartonni yuziga sari bo’z yopishtirilsa, bu holatda karton sinmaydi va bir tekisda chiqadi. Kartondan gul kesish tez va oson, zar bilan tikish ulay hamda sifatli bo’ladi. Gullar kesilib, chambarak tayyor bo’lgach, ya’ni unga bo’zdan ilingan kerish tortiladi. Kerish ustiga tikiladigan buyum gazlamasiga adab chiqiladi. Gazlama ustidan uyqilgan gul bichilari surqilib ketmasligi uchun ular yirik avilar bilan chatib o’yqiladi. Odatda ta’vor ish batamom nioyasiga etgandan keyin olib tashlanadi. Usta zardo’z ikkita angishvona yordamida tikib ammamizga ayonki, zardo’zlik ikki o’l bilan tikqilib, ignasi kalta va nozik bo’lishi lozim. Tilla rangli zarni izil, sari iplar bilan, kumush zar ip bilan tikiladi. Zar ipni to’rt qavat qilib patilaga ya’ni zar ip o’raydigan cho’pga o’raladi. Keyin maxsus kartondan kesilgan gullar ustidan tikib chiqiladi. Zardo’zlik ishi quyidagicha olib boriladi: dastlab zar ip bilan asosiy gullar, keyin toftado’ziy yoki simdo’ziy zar ip bilan gulning ismlari tikiladi. Bu iplarni berishimdo’ziy, ipak, sun’iy ipak ip aralashgan zarrin sim kabi nomlar bilan ataladi. Zargarlik ziynatlari, tabiiy va sun’iy toshlar, shishadan tayyorlangan muncholar, metall po’lakcha, bo’rtma naqshlar tikiladi. Shu tariqa gullarning barchasi tikilib bo’lgach, irolarini pishiina yigirqilgan zarrin ip tarir bilan nozik yo’l qilib, qator alachalar yordamida aylantirqilib chiqiladi. Gullarning girdini aylantirish bilan baravariga tikilmay olgan joylarni ham margula, tagalak (jingalak, spiralsimon jingalak nusha gullar bilan to’ldirib bezatiladi. Erkak va ayollar kiyim - kechaklari, uy-ro’zor buyumlari zardo’zlik ishi tugashi bilan korcho’pdan birato’la olinadi. Ko’ylak kashtalari, poyafzal, do’ppilar, peshonaband, ro’mollar va bosha buyumlar qalinroq bo’lishi uchun teskari tomonidan elimda bir necha qavat gazlama yoki oz o’yib elimlanadi va tayyor buyum holatiga keltirib tikiladi.
Ma’lumki, xalqimiz asrlar davomida zardo’zlik bilan shugullanib kelgan. Bu san’at hunarmandchilikdan to san’at darajasiga ko’tara olgan va bizgacha boy madaniy meros bo’lib etib kelgan. Uni avaylab asrash, yanada sayqallash, qayta tiklash, takomillashtirish va kelgusi avlodga etkazib berish bugungi kun mutaxassislarining kelajak oldidagi burchidir. Mana shu burch mas’uliyati har bir hunar turining sir – asrorlarini ham amaliy, ham nazariy jihatdan juda chuqur, mukammal va keng qamrovda o’rganishni hamda tahlil qilishni taqazo etadi.
Zardo’zlik san’atining tarixiy rivojlanishi. Zardo’zlik san’ati o’zining uzoq tarixiga ega bo’lib, deyarli barcha Sharq mamlakatlari uning Vatani hisoblanadi. Pliniyning aytishicha, Vavilon kashtachiligi qadimdan mashhur bo’lib, matoga turli rangdagi iplar bilan kashta tikishni o’sha erda kashf etishgan. Keyinchalik Vavilon Rim imperiyasi tarkibiga kirgach, zar, ipak yoki jun ip qo’shib tiqilgan rang-barang kashtachiligi bilan shuhrat qozongan. O’zbekistonning boshqa tumanlarida bo’lganidek, Boysun kashtalarida ham islimiy va handasaviy naqshlar ustunlik qiladi, ularda mayda nuqtalar tushirilgan, yoki qush, jonivorlar shakli qo’shib tikilgan.
Kashtachilik san‘atining qadimgi maktablaridan bo’lmish Buxoro milliy kashtachiligining o’ziga xos xususiyati tabiiy bo’yoqlarning qo’llanilishi, naqshlarining qadimiy nusxalarda tikilishida namoyon bo’ladi. Buxoro kashtalarining o’ziga xos belgilaridan biri ularda ―yo’rma‖ choki mahorat bilan qo’llanilishida va havorang, binafsharang, pushti va och sariq ranglarning kashtadagi qizil, pushti va ko’k ranglar bilan uyg’unlashishidadir. Buxoro kashtalarining kompozistiyasi, tuzilishi va gullarni ham juda xilma- xildir.
|
| |