• Kurs ishining ob’ekti
  • Kurs ishining strukturasi
  • Texnologik ta`lim




    Download 11,04 Mb.
    bet2/6
    Sana11.06.2024
    Hajmi11,04 Mb.
    #262512
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Xalq hunarmandchiligi77

    Kurs ishining vazifasi: Yuqoridagi maqsadga erishish uchun kurs ishida quyidagilar vazifa etib olindi:

    • O’zbek milliy xalq hunarmandchiligi turlari, arixi va rivojlanish bosqichlari ilmiy va nazariy taxlil qilish;

    • Naqqoshlik san’ati tarixi, rivojlanish bosqichlari va maktablari rivojlanishini organib taxlil qilish;

    • Kashtachilik san’ati tarixi va rivojlanish bosqichlari yoritish;

    Kurs ishining ob’ekti: ushbu kurs ishi mavzusini yozishda boshqa manbalardan ham foydalanilgan, ammo asosiy e'tibor Ozbek xalqining an anaviy hunarmandchiligining naqqoshlik, kashtachilik sohalarining paydo bo’lish tarixi, rivojlanish bosqichlari, turlari, maktablarining rivojlanishi ob'ektiviga qaratildi.
    Kurs ishi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biriga bagishlangan bo’lib, tayyorlash jarayonida darsliklar, vaqtli matbuot materiallaridan va internet saytlari ma’lumotlaridan samarali foydalanishga harakat qildik.
    Kurs ishining strukturasi: mundarija, kirish, asosiy qism, 4ta reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

    I-Bob Xalq hunarmandchilik san’atining tarixi va uning rivojlarish bosqichlari
    1.1.Xalq hunarmandchiligi san’ati sohasida Respublikamizdagi ijtimoiyiqtisodiy islohotlar natijalari.
    Mustaqil rivojlanish yo’liga tushib olgan O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va mafkuraviy xayotida tubdan o’zgarishlar yuz bermoqda. Jamiyat tuzilishlarida amalga oshirilayotgan isloxatlar, milliy qadriyat va urfodatlarimizning qaytadan tiklanib, asl xolicha yoritilishiga tabiiy ehtiyoj tug’dirmoqda.
    Ma’naviyatimizning tarixiy rivojlanishi xolisona yoritilishi yosh avlodni o’qitish tizimiga, fanlarning rivojlanishiga va tarixan yondashish zaruratini keltirib chiqardi.
    Ko’hna tarix suronli yillar zarvaraqlarini taxlil qilish shuni ko’rsatadiki, O’rta Osiyo davlatlari jumladan, O’zbekiston xududidagi xalq juda qadimgi davrda, miloddan avvalgi ming yilliklarda paydo bo’lib, taraqqiyot bosqichlarining yoritilishi yetarlicha o’rganilmay, kelajak avlodga yetkazilmasdan keldi.
    Kishilik jamiyati paydo bo’lishi, to’g’rirog’i, tafakkurli odam (homo sapiens)ning utmishdoshi va ajdodlaridan ajralib chiqish bilan, unda mehnat qila olish uchun maqsadli harakatlar uyg’unligi paydo bo’la boshladi. Maqsadli mehnat harakatlari (ov qilish, boshpana, oziq-ovqatlar tayyorlash va boshq.) tafakkurli odamning odam sifatida shakllanib, rivojlanishiga olib keldi. Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, tabiiy odamning eng oliy mavjudodi-tafakkurli odam, uning shakllanishi 40 ming yil ilgari boshlangan.
    Markaziy Osiyo territoriyasida neondertal odamni o’rganishga tabiiy sharoitning muvofiqligi-mu’tadil iqlimning mavjudligi, oqar suvlar, daraxt va boshqa ko’katlar mavjudligi, yashashga sharoitning qulayligi sabab bo’lgan. Mustye davriga oid, odamlar yashagan g’or Bulbulzorsoyda, Omoqutonning qo’yi tomonida Samarqand viloyatida (1947) topilgan. Bu davrda odamlar yashagan yana bir makon Takaliksoy g’ori dengiz satxidan 2000 m. balandlikda,
    Taxtakoracha dovonida joylashgan bo’lib, qoldiqlari karst tipida-marmarlashib qolgan oxaktosh shaklidadir. O’rta Osiyo territoriyasida ilk urug’chilik jamoasiga mansub yuqori paleolit makoni 1939 yilda topilgan bo’lib, ushbu makon Siyobcha soyining ung qirg’og’ida, Samarqandning markazida, madaniy qoldiqlar sarg’ish sog’ tuproqda saqlangan.
    Qo’yi poleolit – ilk tosh asriga oid topilmalar Selungur g’oridan (Farg’ona), Kulbuloqdan ham (Toshkent) uchraydi.
    Mustye davriga oid odamlar yashagan Teshiktosh (Surxandaryo), Obi-raxmat
    (Toshkent), Kalacha va Sux (Farg’ona), Uchtut (Buxoro), Buzsuv (Toshkent) kabi joylardan topilganligi o’sha davrda ibtidoiy odamlar makoni ko’pligidan dalolat beradi.
    So’nggi poleolit va mazolit davriga oid makonlar Samarqand, Uchtut (Buxoro), Oxangaron va Oqtosh (Toshkent), Machay (Surxandaryo), Obishir
    (Farg’ona) kabi joylarda izlari saqlanib qolgan. Bu davrlarda boshlangan rivojlanish neolit davriga kelib, Kalta minor madaniyati va jez shaklida taraqqiy etgan.
    Ibtidoiy odamlar tabiat kuchi, tirikchilik qiyinchiligi, kunlik moddiy ehtiyoji uchun turli moslamalar, tosh, nukleus, yog’och, chaqmoqtosh va dioritdan yasalgan mehnat qurollari yordamida kun kechirganlar, ov qilib, ov maxsulotlariga ishlov berib, uni iste’molga tayyorlaganlar. Ularning mehnat qurollari bo’lib, turli qirg’ich, keskich, sixcha, tosh pichoq, diskasimon sanchki, ushatkich, toshdan yasalgan bolta, yupqa tosh parrakcha, xolsedondan yasalgan yupka plastinka (xayvon terisini shilish uchun), tosh parrak(arra o’rnida) va shu kabilar xizmat qilgan.
    Boltalar chaqmoqtoshdan yasalib, turli kattalikda bo’lgan, turlicha maqsadlarda (daraxt shoxi va hayvon suyagini maydalash, toshni sindirish va yer kovlash uchun) ishlatilgan.
    Paleolit makonida topilgan to’rtlamchi bosqichga taalluqli pleysseton davri yovvoyi hayvoni bugu, eshak, mamont suyak, kuydirilgan turli shox va baliq suyak qoldiqlari neondertal odamining yashash tarzi ancha xilma-xil bo’lganligidan dalolat beradi.
    Neondertal odamining bevosita izdoshi bo’lgan, poleolit davri kromanyun odami faqat ibtidoiy moddiy ehtiyojni qondirish uchun emas, balki tabiat maxsulotlaridan ikkilamchi ehtiyoj uchun bezak va taqinchoqlar tayyorlaganlar. (M: kromanon odamining Samarqand makonidan beshta maxsus belgili hayvon qovurg’asi, hozirgi Daxbet ko’chasidan 6 m chuqurlikda maxsus teshikli dengiz chig’anog’i va sakkizta danakcha (maxsus teshikli), kattaligi bir xil bo’lgan ikkita oq qayroqtosh topilgan). Madaniy geologik qatlam mavjudligi pleysseton – 0 ga to’g’ri kelib, o’rtasi ishqalangan, chiziqli, yupqa yumaloq tosh topilishi usha davr odamining tafakkuri rivojlana boshlaganidan darak beradi.
    Paleolit davridan keyingi davrda, mezolit-o’rta tosh asri, neolit-yangi tosh asri, jez-bronza davrida ham tafakkurli odamning shakllanishi davom etdi. Bu davrda ibtidoiy odam O’rta Osiyoda Uzunkul, Toypokkul (Farg’ona), Jonboskal’a, Suvyorgan (Qoraqolpog’iston), Katta va Kichik tuzkonlar, Zamonbobo (Buxoro), Chust Amirobod (Xorazm), Sopollitepa (Surxandaryo), Sazogon va Tim (Samarqand) kabi ko’plab makonlarda yashab, o’ziga xos madaniy qoldiqlar qoldirgan. Ushbu makonlardan mikrolitik mazmundagi juda ko’plab mehnat qurollari: qirg’ich, bigiz, nukleus, kamon, uq va boshqalar topilgan. Bular usha davr odamining faoliyati ancha takomillashganligidan dalolat beradi.
    Miloddan avvalgi uchinchi ming yillikning oxiri, ikkinchi ming yillikning boshida ikki muhim soha: chorvachilik (hayvonlarni xonakilashtirish) va dehqonchilik vujudga kelib mehnat unumdorligini ancha oshirib, odamlarning yashash tarzini ancha o’zgartira boshladi. Ona (matriarxat) davridagi shakllangan kabilardan yirik pattiarxat oila va qabilalar yuzaga keldi. Bu davrga to’g’ri keladigan makonlardan (Novkatepa – Kattaqo’rg’on yaqinida, MuminobodZarafshon qirg’og’ida va boshq.) turli sopol buyum, pishirilib loydan yasalgan idish, yorguchok (don maxsulotlarini maydalash moslamasi) qoldiqlari va turli xil kiyim qoldiqlari (zigirdan to’qilgan, teridan tayyorlangan), zig’ir tolasiga o’tkazilgan munchoqlar tizimi, bilak uzuklar usha davrdagi odamning tafakkuri ancha rivojlanganligidan dalolat beradi. Ibtidoiy odamlarning yashagan makonidan topildiqlarni qiyosiy o’rganish O’rta Osiyoda yashagan odam bilan Hind okeani soxilidagi qabila bilan qandaydir o’zaro aloqada bo’lganligi, o’sha odam antropologik tipining hozirgi odamga o’xshab ketishi, ko’chmanchi qabila bilan qabila o’rtasida ham qandaydir aloqa bo’lganligidan dalolat beradi.
    Milodgacha bo’lgan birinchi ming yillikda dehqonchilik va chorvachilik rivojlanishi ko’pgina qabilalarning utroqlashishiga sabab bo’lib, tabiiy himoyalangan, tog’, suv va tik qirlar bilan himoyalangan joylarda turli qabilalar to’planishib (M: sak va massaget kabilalari), varlar shaklida yirikroq markazlar (M: shaharlar-Afrosiyob, Xorazm, Shosh, Chust va boshq.) yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
    Quldorlik tizimida qabilalar markazlashib, shaharlar vujudga keldi va turli davlatlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Ana shunday markazlar jumlasiga Kuxna Elaton (Farg’ona), Guzalikir va Chirikrabot (Xorazm), Afrosiyob (Samarqand), Kangxa (Qozog’iston) va boshqalarni keltirish mumkin. Turli xil davlatlar: Salavkiylar, Yunon-Baktr davlati, Yevtidemlar sulolasi, Toxarlar,
    Kangxa (Kanguy) davlati, Farg’ona (Parkana) davlati, Kushon podsholigi, Afrigiylar davlati va boshq. O’zaro urushlarda boshqalarni yengish orqali tez sur’atda rivojlantirishga sabab bo’ldi.
    Milodgacha bo’lgan birinchi ming yillikning o’rtalaridan Milod davrigacha bo’lgan taraqqiyot nishonasi sifatida keramika, kulolchilik ustaxonasi, charxi qoldiqlarining topilishi, buyumlarni ko’plab ishlab chiqarishga talab katta bo’lgan.
    Bu davrga oid topilmalar: muxr-gema, sopol plitalardan qilingan mexroblar, terakotadan yasalgan xaykalcha, turli shakldagi sopol idish, kuza, turtburchakli, teshikli sugd chaka va boshqalar bu davrdagi taraqqiyotning turli darajada rivojlanayotganligini bildiradi.
    Shahar va yirik manzillar qalin devor bilan o’ralib, xarbiy istexkomlar darajasida ta’mirlangan, sopol quvur bilan jihozlangan ochiq va yopiq sug’orish tizimi barpo qilingan, bularning barchasini malakali hunarmandlar bajarganlar.
    Hunarmandchilik xalq, elat va kabilaning yashashi, turmushi bilan uyg’unlashgan xolda rivojlanib, milodiy VI-XI asrlargacha yirik davlatlarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Juda ko’p yillik va kishilik xardiy yurishi, mudofaa va xujum qurollarining taraqqiyoti bilan yugrilib ketadi. Ana shunday urush va janjallar davrida madaniy taraqqiyot urush bo’lgan davlatlarda bir tomondan inqirozi yuz bersa, ikkinchi tomondan bir davlatdan ikkinchi davlatga (urush bo’lmagan bo’lsa ham) majburiy, ma’lum tarixiy davrda, mintaqadagi umumiy taraqqiyot in’ikosi yuzaga keladi.
    Markaziy Osiyo davlatlarida tarixiy va madaniy taraqqiyot evolyusion o’zgarishida XIII-XIX asrlardagi davr alohida o’zgarishlar yuz bergan davrdan hisoblanadi.
    Amir Temur ibn Taragay Baxodirning hokimiyat tepasiga kelishi, buyuk davlat tashkil etib, uni boshqarish (1360-1405) O’rta Osiyoda go’rkirab rivojlangan va Chingizxon istilosi tufayli uzilib qolgan Renessens-ilk uyg’onish davri (IX-XII asrlar) tiklanishi va rivojlanishiga – so’nggi Uyg’onish davri darajasiga chiqishiga olib keldi. So’nggi Uyg’onish davri madaniy va ma’naviy yutuqlarga erishishi Movarounnahrning buyuk davlat sifatida yuksalishi bilan uyg’unlashib ketadi. Soxibqiron Temur va temuriylar davlati deyarli bir yarim asr davomida O’rta Osiyo tarixija keng miqyosda, rang-barang, serqirra va serjilo madaniy-ma’rifiy yodgorliklar yaratishga, buyuk xalq hunarmandlarining yashashi va ishlashlari uchun sharoit va imkoniyat yarata olganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bu davr xalq hunarmandchiligi asosiy ishlab chiqarish sifatida taraqqiy etib, axolini iqtisodiy, harbiy, dehqonchilik, chorvachilik uy-ruzg’or buyumlari bilan ta’minlash manbai hisoblanar edi.

    Download 11,04 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 11,04 Mb.