|
II-Bob Xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish
|
bet | 4/6 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 11,04 Mb. | | #262512 |
Bog'liq Xalq hunarmandchiligi77II-Bob Xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish.
2.1.Xalqning turmush madaniyati va ma’naviyatini ko‘tarishda fanning tutgan o‘rni.
O’zbek milliy kashtachiligi amaliy san’atning eng qadimiy turlaridan biri bo’lib u xalqning o’z turmushini go’zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan.
Kashta (fors tilida – chizilgan, tortilgan) amaliy bezak san’atining keng tarqalgan turi: igna bilan tikib tushirilgan gul, tasvir, naqsh. Arxeologik topilmalar kashtado’zlikning deyarli barcha xalqlarda qadimiyligini, iqlim, tabiiy sharoit muhit bilan bogliq holda har bir xalqning madaniyati, san’ati, kasb hunar turlari bilan birga ularning ta’sirida rivoj topganini ko’rsatadi. Kashtado’zlikning paydo bo’lishi teridan qilingan buyumlarda boglash va choklarning yuzaga kelishi bilan bogliqdir. Kashtado’zlik taraqqiyotini Qadimgi Osiyo, Evropa, Amerika madaniy yodgorliklari adabiy manbalardagi kashtalar tasvirida, shuningdek, saqlanib qolgan kashtado’zlik namunalarida kuzatish mumkin. O’zbekiston hududidagi kashtachilik namunalarining eng qadimiysi saqlanmagan. XIV – XV asrlarga mansub minaturalar orqali kashtachilikning juda qadimdan rivojlanganligini ko’rish mumkin. Ispan elchisi Rui Gonzalis de Xlavixo Amir Temur saroyida o’zbek milliy kashta bezaklarini ko’rganini kundaligida yozib qoldirgan. 1467 yili
Kamoliddin Bekzod “Zafarnoma”ga ishlagan “Temur taxtda” minaturasida chodirga ishlangan kashtani ham aks ettirgan. XIX asrning ikkinchi yarmida kashta tikish mashigasining ixtiro qilinishi kashtachilik korxonalarining vujudga kelishiga asos soldi. Mashinada kashtalarning ko’p ishlab chiqarilishi ularning badiiyligiga putur etkazdi. Qo’l kashtalari unutila boshlandi. Lekin ayrim xillarigina saqlab qolindi. O’zbek kashtachiligi qo’shni xalqlar kashtachiligi ta’sirida boyidi va rivojlanadi. O’zbek kashtalariga nazar solsak, unda Hind, Xitoy, Rus, Afgon, Qozoq, Qirgiz va Tojik kashtachiliklarining usul va uslublarini o’rgatamiz. Chor Rossiyasi bosqimnidan so’ng qardosh xalqlar madaniyatining ta’siri kuchli bo’ldi. Bu san’atda bir millatning o’ziga xos eng ko’p qo’llaydigan Qozoq va Qirgiz kashtachiligida esa ko’proq hayvonlar, shox va tuyoqlarni eslatuvchi elementlar tasvirlanadi. Qadimiy an’analarga ko’ra o’zbek qizlari – bo’lajak kelinchaklar seplari har xil kashtachilik buyumlarini o’zlari tayyorlaganlari lozim edi. Kashtalar qanchalik nozik, chiroyli bo’lsa qayliq shunchalik yuqori baholanar edi. Qizlar 7 – 9 yoshdan boshlab kashta tikishga o’rgatilar edi. Ular 3 – 4 yildan keyin mustaqil kashta tika boshlaydilar. 1.8. O’zbekiston kashtachilik san’ati maktablari Kashtachilik – O’zbekiston amaliy bezak san’ati turlari orasida o’zining qadimiy an’analariga ega bo’lgan san’at turi hisoblanib O’rta Osiyoning yirik savdo hunarmandchilik markazlari va qishloqlarida keng tarqalgan. San’atning ushbu turi o’zining poetik rang – barangligining saqlab qolishi bilan birga xalq orasida qadrlanib, o’z mohiyatini yo’qotmadi. Kashtachilik asosan 6 ta hududiy guruhlarga, ya’ni maktablarga bo’linadi. Jumladan, Nurota, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Toshkent hamda Fargona kashtachiligi maktablaridir.
Kashtachilikning yirik markazlaridan biri sanalgan Nurota asrlar mobaynida kashtalarning mukammalligi, aniq ifodaliligi, tasvir aniqligi, o’simlik naqshlarining serjilvaligi bilan boshqa maktablardan ajralib turadi. XIX asrda Nurota kashtalari gulli guldastalar bilan bezatilib matoning oq foniga tigiz to’ldirilmagan. Nurota kashtachiligi o’zining gullarning serjiloligi Kompozistiyaning bunday turi Nurotada “Chor shohu yak moh” – “4 ta shohu bitta oy” degan ma’noni anglatadi. Shu turdagi so’zanalarga XIX asrning o’rtalarida Nurota kashtachiligi tomonidan yaratilgan, hozirgi kunda esa O’zbekiston Davlat San’at muzeyida saqlanib kelinayotgan ajoyib so’zana o’zgacha engilligi va gulli naqshlarning serjilvaligi bilan ajralib turadi. So’zana ornamentining ayrim joylarida guldastali guldonlar hamda guldastaning o’rtasida anor shaklini ko’rishimiz mumkin. Mallarang, tillarang, havorang, pushti, nofarmon och yashil ranglar bir – birlari bilan uygunlashib, so’zanaga o’zgacha bagridillik baxsh etadi. Naqshlari romb shaklida tuzilgan hamda tishli barglar bilan bezatilgan.
(“Tobadoni” – katakli, panjarali) so’zanalar ham Nurota kashtachiligining yana bir turi hisoblanadi. Uning kataklari shoxli barglar, shoxli gullar va kosagullar, hamda qushlar va hayvonlarning shakli bilan to’ldirilgan. Shunday so’zanalar ham borki, ular mato fondidan ayrim gulli motivlar shaxmat tarzida joylashgan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Nurota kashtachiligida keskin pasayishi seziladi. Gulli motivlar detallarning rang – barangligini yo’qotib, bir xil doiralarga aylanib qoladi. Nurota kashtalari asosan “bosma” uslubi bilan tikiladi va naqshlarning cheti zanjirsimon uslub bilan aylantiriladi. Kashta ranglari och ranglar bilan tikilgan. Nurota kashtachiligida quyidagi kashta turlari va badiiy buyumlar tikiladi: so’zana, nimso’zana, takiyapo’sh, joynamoz, joypo’sh, zardevor, gulko’rik, dastorpech, belbog, qo’lro’mol, yostiq, oynaxalta, choyxalta, choyshab. Kashta asosan bo’z, chit, satin, shoyi, baxmal movutga tikiladi. Iplari ipakdan yigirilib, bo’yoqlari tabiiy o’simliklardan olinadi. Lekin hozirgi kunda sun’iy toladan yigirilgan va kimyoviy bo’yoqlar bilan bo’yalgan iplar kashtachilikda ishlatilmoqda. Nurota kashtalarini engil, yorqin tonlar: qum, oltin, havorang, malina, pushti, och ko’k roangli iplari bilan tikilgan. Samarqand kashtachiligi yorqin va o’ziga xosligi bilan alohida ahamiyatga ega.
Buxoro, Nurota, Shaxrisabz kashtachiligini an’anariga yaqin bo’lishiga qaramay Samarqand kashtachilik maktabi o’zining badiiy mahobatliligi, ranglarining qat’iyligi, tozaligi, shakllari harakatchanligi bilan alohida ajralib turadi. Samarqand kashtalari Nurota va Buxoro kashtalaridan farq qiladi. Ularning guli yirik va uygundir, hamda ko’pincha “bosma” chok qo’llanilgan. Samarqand kashtalarining asosiy motivi barglar bilan o’ralgan doira – turunjdan iboratdir. Eski kashtalar kishiga nozikligi va gullarining xilma – xilligi , batartibligi hamda ranglarining bir – biriga monandligi bilan ta’sir etsa, yangi kashtalar kishilarni formalarining kuchi o’ynoqligi, dadilligi, ifodaliligi va gullarining rango rangligi bilan kishini maftun etadi. Samarqand kashtalarida mahobatlilik va fikrini ochiq ijod qilishi sezilib turadi. Buni doira – turunjlarining aniq ritmik, qora jimjilarining aniq, erkin soyalari ta’minlaydi. O’rta Osiyoning qadimiy shaharlaridan biri Shahrisabz kashtalari diqqatga sazovordir. Shaharda ko’zlarni yashnatuvchi gullar va yaxshi o’simliklar ko’p bo’lganligi uchun u “yashil shahar” nomini olgan. XIX asrda Shahrisabz Buxoro amirligi tarkibidagi bekliklardan biri edi. Beklar va amirlar saroylari kashtalarga buyurtma beruvchi asosiy iste’molchilar edi. Shuning uchun Shahrisabz ayollari mayda kashtachilik mahsulotlaridan sanalgan so’zana, to’n, shuningdek, ot yopgichlariga bezaklar tikishar edi. Shahrisabz kashtalari shahar muhitining estetik didini aks ettirdi. Chunki ular saroy ustaxonalarida ishlagan ustalar va rassomlarning ijodiy ishi. Xalq bezagi an’analari shahar kashtachiligi uchun asos bo’lgan. O’rtada gul ko’rinishidagi asosiy nishon, uning atrofida turli naqshinkor gul shaklidagi bezaklarni tushirib, ishlov berish shahar kashtalarining asosiy xususiyati edi. Odatda, asosiy markaziy va eniga ko’ra kashtaning o’rta qismidagi qayishmaydigan 2 ta ingichkaroq qo’shimcha hoshiya qatordan iborat. Bunday kompozistion qurilmalar gilamlar uchun xos bo’lgan kashtalar tayyorlash uchun qo’lda tikilgan paxta yoki moyi mato shuningdek, ipak va jun iplardan foydalanilgan. Shahar kashtalari yuqori sifatliligi bilan ajralib turgan. Shahrisabz chevarlari kandaxayon chokidan ko’proq foydalanilgan. Shuningdek, ular bosma, yo’rma, iroqi choklari ham ishlatilgan. Tadqiqotchilar, Shahrisabz kashtalari gul bezaklarining mo’lligiga ko’ra Buxoro va nurota kashtalariga yaqin turadi. Bunda tag matoning ayrim qismlarigina ochiq qolgan.
Kashtachiligida hamda saroy san’atida keng tarqalgan edi. Ular Shahrisabz yodgorliklari me’moriy bezaklarida ham o’z aksini topgan. Shahrisabz kashtachiligi uchun hoshiyaga tushiriladigan chohor, chiroq usuli xos xususiyat hisoblanadi. Bu usul turmushda ishlatiladigan chiroq shakliga monand ishlangan.
Shahrisabz kashtalarida ko’p sonli gul bezaklari orasida bir qarashda ko’zga tashlanmaydigan qumgon, xo’roz, anor kabi tasviriy vositalar ko’p uchraydi.
Toshkent Davlat san’at muzeyi kollekstiyasida saqlanayotgan XIX asr oxiriga oid kashta bunga misol bo’la oladi. Shahrisabzning bu qadimiy kashtasi ko’pgina maqola bu yoki tadqiqotlarda tilga olinadi. Bu kashta faqat bezakdorligi va tasvir qatori bilangina emas, balki qo’shimcha qiya hoshiya bo’ylab, arab harflarida tilak ifoda etilgan yozuvi mavjudligi bilan ham e’tiborni tortadi. Shahrisabz bezakchiligida keng tarqalgan yo’nalishlardan biri ko’p mayda gullar bilan bezatilgan gullayotgan novda ko’rinishdir. Kashtachilik o’zaro qarama – qarshi ranglar bilan kashtaning go’zal bo’lib ko’rinishiga erishgan. XIX asr so’ngida anilin bo’yoqlaridan foydalanish Shahrisabz kashtalari sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Garchi kashta tikishda safsr moviy rang, yashil kabi ranglardan foydalanish imkoniyati paydo bo’lgan bo’lsada, kashtalari o’zigagina xos bo’lgan tabiiy ranglarning nozik uygunligidan mahrum bo’ldi. Xususan, to’q qizil rangni och ko’k bilan yoki yorqin qizil rangni sariq rang bilan ishlatish odat bo’lgan. Yana bir kashtachilik markazlaridan biri Toshkent kashtasi hisoblanadi. Toshkent kashtalari ikki tipga bo’linadi: bu palak va gul ko’rpadir. Toshkent kashtachiligidagi palak va gulko’rpalarni bezashda ko’p mativlar masalan, yulduz, katta – katta doiralar, gulli shaxchalar ishlatilardi. Tikishda asosan “bosma” chok qo’llaniladi. Toshkent palaklarining kompozistiyasi to’q qizil rangli bir – bir tekis tikilgan doiralardan iborat. Doiralarning soniga qarab masalan “olti oylik kapalak”, “o’n ikii oylik kapalak” va hokazo deb yuritiladi. Gul esa markazdagi yulduz yoki doira va gulli shoxlardan iborat bo’lib, fonining ko’p eri tikilmaydi, bo’sh qoladi. Hozirgi kunda Toshkent kashtalari butunlay o’zgarib ketdi. Doiralar soni kamayib, o’lchami kattalashdi, ular qatori o’rnini yangi usuldagi bitta katta doira egallaydi. Bunday palaklar “oy palak”, “qiz palak” va “tohora palak” deb ataladi. Ular bir tekis fonida ochiq joy qolmaydigan qilib tikiladi. Kashta ranglari bir – biriga umuman qarama – qarshidir. Kashta ranglari bir – biriga umuman qarama – qarshidir. Kulrang chiziklar tikilgan, qolgan joylari bir tekis to’q qizil rangli iplar bilan to’ldirilgan.
Fargona vodiysi kashtachiligi ham eng diqqatga sazovor kashtachilik markazlaridan biri hisoblanadi. Fargona vodiysi - kashtalar shoxsimon grafik gul yoki konstentrik aylanalardan, doira turunjlaridan iborat bo’lgan va yaxshi yigirilgan ipak bilan “vosita” chokda tikilgan, shuningdek kompozistiyasi fonida ko’p bo’sh joy qolishi bilan ajralib turadi. Fargona kashtalari to’q ko’k yoki binafsha rang shohi va satinlarga tikilgan bo’lib, gullar yuzaga erkin joylashgan va ular juda nafisliligi bilan ajralib turadi. Ro’yjo uchun qayrishma gulli kungurali buta motivlarining qaytarilishi xarakterlidir.
|
| |