• 1. Kommunikativ kompetensiya
  • Texnologiya fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/215
    Sana26.10.2022
    Hajmi32.33 Mb.
    #28137
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   215
    Bog'liq
    Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari
    1, Yunagogika 1-mavzu, 1711538834, 1710767391 (1), 1701497274 (2), alifbo yozuvi
    O‘zbekistonda. Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida o‘quvchilarning texnologiya 
    fanini o‘zlashtirish bosqichlari:
    Taʼlim bosqichi
    Bitiruvchilar 
    Umum Yevropa 
    xalqaro 
    standarti 
    darajalari
    Daraja nomlanishi
    Umumiy o‘rta 
    taʼlim 
    Boshlang‘ich sinf (4-sinf)
    A 1
    Texnologiya fanining 
    boshlang‘ich darajasi


    14
    9-sinf biriruvchilari
    A 2
    Texnologiya fanining 
    tayanch darajasi
    Texnologiya fanini 
    chuqurlashtirib o‘qitiladigan 
    ixtisoslashtirilgan 
    maktablarning 9-sinf 
    bitiruvchilari
    A 2 +
    Texnologiya fanining 
    kuchaytirilgan 
    darajasi
    Texnologiya o‘quv fanini o‘rganish bosqichlari va fanning mazmunidan kelib chiqqan 
    holda, o‘quvchilarda fanga oid quyidagi 3 ta umumiy kompetensiyalar shakllantirilishi 
    belgilangan:
    1. 
    FK1-Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini 
    bilish, texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi:
    2. 
    FK2-Psixomotor, funksional hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion 
    kompetensiya:
    3. 
    FK3-To‘g‘ri va ongli kasb tanlash, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kom-
    petensiyasi: O‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh 
    xususiyatlariga mos ravishda quyidagi 6 ta tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi 
    belgilandi.
    Umumiy o‘rta taʼlim maktablari texnologiya fanini o‘zlashtirish jarayonida 
    o‘quvchilarning hunarmandchilikka oid qo‘yiladigan tayanch kompetensiyalar ishlab 
    chiqilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, umumiy o‘rta taʼlim maktablari o‘quvchilari 
    texnologiya fanini o‘zlashtirish jarayonida quyidagi tayanch kompetensiyalarga ega 
    bo‘lishlari belgilangan.
    1. Kommunikativ kompetensiya:
    – texnologiya faniga oid atamalarni muloqot jarayonida qo‘llay olish;
    – tayyorlanadigan buyum ko‘rinishini sodda bayon qilish;
    – mavzu bo‘yicha savollar berish hamda savollarga javob berish;
    – muloqotda muomala odobiga rioya qilish, suhbatdoshining fikrini tinglay olish, o‘z 
    fikrini tushuntira bilish.
    maktabda, ko‘chada, uydagi turli vaziyatlarda o‘zini tuta olish muloqotga kirishishda 
    muomala madaniyatiga rioya qilish;
    – olgan bilimlari asosida mustaqil fikr yuritish;
    – yasalgan buyumlarga mustaqil ravishda munosabat bildirish;
    – texnologiya faniga oid atamalarni xorijiy tillardan ifodalay olish, o‘z do‘stlari bilan 
    texnika tilida muloqotga kirisha olish;
    – mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
    – o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish.
    – texnologiya faniga oid suhbat jarayonida suhbatdosh fikrini tahlil qilgan holda o‘z 
    pozitsiyasini himoya qilish va unga ishontirish;
    – turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, kelishmovchiliklar odilona, 
    haqqoniy va ijobiy yondashgan holda munosabat bildirish va zarur bo‘lgan qarorlarni 
    qabul qilish.

    Download 32.33 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   215




    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish