94
mumkin. Eng oddiy applikatsiyalar bu-geometrik figuralardan qilingan ornamental
applikatsiyalardir.
Applikastiya san’atida rasm, pano, naqshlarni yaratish shuningdek, koʻrgazmali
qurollar,
turli oʻyinlar, didaktik qoʻllanmalar, oʻyinchoqlar, bayroqlar, suvenirlar, devoriy gazetalar,
stendlar, koʻrgazmalar va kostyumlarni tayyorlash va bezash
maqsadlarida ham keng
foydalaniladi.
Applikastiya san’atining manzarali bezash(dekorativ) turi naqsh, gullardan tashkil topib,
alohida-alohida tasvirlar (barg, shox, qoʻziqorin, qush, mashina, odam, uy va shu kabilar) dan
tarkib topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar uygʻunligini aks ettiruvhi syujetdan iborat boʻlishi
mumkin. Dekorativ applikastiya oʻzining naqshinligi,
shaklining umumlashganligi, rangi bilan
ajralib turuvchi tasvirlardir. Qogʻozdan bajarilgan dekorativ applikatsiya keng qoʻllaniladi.
Applikatsiyaning bu turi bilan tabriknomalar, taklifnomalar, albom va shu kabilar bezatiladi.
Gazlama applikatsiyasidan esa mato parchalarini fon xizmatini oʻtovchi
materialga tikib naqsh
yaratilshda foydalaniladi. Ayrim xalqlar urf-odatida gazlamadan yasalgan applikastiya kiyim-
bosh, uy-roʻzgʻor predmetlarini bezatadilar. Qogʻozdan naqsh qirqish applikastiyasi san’at turi
sifatida Ukraina va Belorussiyada naqshli parda-firanklar qirqishgan. Qogʻozdan kartinalar
yaratib, oynalarga yopishtirilgan. Polshada bezak sifatida qirqilgan naqshlar yangi oqlangan
devor va devor peshtoqlariga yopishtirilgan, bu ijod xalqda – visinanki deb ataladi.
Applikatsiya bilan shugʻullanish oʻquvchilarni garmonik rivojlantirishda katta ahamiyatga
ega. Applikatsiya ijodini rivojlantirishda
katta yordam beradi, tasavvurni boyitadi,
kuzatuvchanlik va diqqatni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, chamalash
va rangni sezishni
oʻstiradi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini ijodkorligini oshirishda, applikatsiya ishlaridan
foydalanishda turli metod va usullardan unumli foydalansagina dars samaradorligini oshirishiga
imkon yaratilgan boʻladi.