|
-§.
ASOSIY ALGORITMIK KONSTRUKSIYALAR Pdf ko'rish
|
bet | 133/148 | Sana | 01.10.2024 | Hajmi | 33,06 Mb. | | #273065 |
Bog'liq 5-texnologiya8-§.
ASOSIY ALGORITMIK KONSTRUKSIYALAR
Siz o‘zi yura oladigan, gapira oladigan, kuladigan robotlarni yi g‘ishni xohlaysiz mi?
U holda Sizga Otto nomli robotni yig‘ishni taklif qilamiz.
Otto – bu o‘zi nima? Otto bu har kim yig‘a oladigan interfaol robotdir.
Siz Otto robotini yig‘ish jarayonida hozirgi zamon texnoliyasida qo‘llaniladigan
bir qancha elektron qismlar, sezuvchi sensorlar bilan yaqindan tanishasiz.
Bundan tashqari, Otto – yig‘ma robot jamlanmasini nafaqat yig‘ish, balki “Arduino.
IDE” dasturlash tili orqali kompyuter yordamida dasturlashtirish bilan ham tanishib
olasiz. Robotni dasturlash orqali unga turli xil harakatlarni bajartirish mumkin.
Otto robotini yig‘ish va dasturlashning umuman murakkab tomonlari yo‘q.
Chunki Sizga robotning barcha asosiy algoritmik konstruksiyalari va dasturi hamda
yo‘riqnomasi oldindan taqdim qilinadi va tushuntirib beriladi. Quyida Otto yig‘ma
robotining asosiy algoritmik konstruksiyalari bilan tanishib chiqamiz.
Mexatronika sohasi rivojlanib borishi natijasida sanoat robotlari bilan bir qatorda
turli xil robot turlari (maishiy robotlar, qidiruvchi robotlar, nanorobotlar yoki nanobotlar
(juda ham kichik hajmli robotlar)) ham paydo bo‘lmoqda. Bundan ko‘rinadiki, robotlar
nafaqat odamlarga o‘xshash bo‘lishi kerak, balki turli shakl va ko‘rinishlarda ham
bo‘lishi mumkin.
Uy-ro‘zg‘orga yordamchi – avtomatik changyutkichlar, xonadon larda mustaqil
kundalik yumushlarni amalga oshiradigan robot-dastyorlar, zamonaviy turda
dasturlashtirilgan oshxona jihozlari katta ommaviylik kasb etib bormoqda (11-rasm).
Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, mexatronika sohasi shunday jadal tusda
rivojlanib borsa, yaqin orada har birimizning o‘z xususiy aql li robotimiz bo‘lishi
mumkin.
Mustahkamlash uchun savollar
1. Robot so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?
2. Robotlarning qanday turlarini bilasiz?
3. Robotlar faqat odamlarga o‘xshash bo‘ladimi yoki boshqa ko‘ri nish larda ham
bo‘lishi mumkinmi?
Kir yuvish mashinasi
Changyutkich
Multivarka Robotoynaartkich
11-rasm.
Robototexnika asosida ishlaydigan uskunalar.
|
| |