227
227
Otto roboti qismlarini yig‘ib va dasturlab bo‘lgach, ishlashi tekshirib ko‘riladi va
sinovdan o‘tkaziladi.
Robot imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda musobaqa tashkil qilinadi.
2-qadam
Arduino dasturi oynasida joylashgan
menyular qatoridan
Инструменты – Порт – COMni belgilab olasiz.
3-qadam
Arduino dasturi oynasida joylashgan menyular qatoridan
Инструменты – Плата – Arduino Nanoni belgilab olasiz.
228
228
10-§.
OILA IQTISODIYOTINING INSON
HAYOTIDAGI O‘RNI
Siz zamonaviy texnika va texnologiyalar, turli yog‘och, metall va kompozit ma-
te riallarga
ishlov berish, harakatlanuvchi oddiy mexanizmlardan foydalanib,
turli
buyumlar yasash usullarini o‘rganib oldingiz. Albatta, o‘rgangan bu bilimlar Sizga oila
ishlariga yordam qilish va oila daromadiga o‘z hissangizni qo‘shishingizda
poydevor
vazifasini bajaradi.
Buyuk ma’rifatparvar, iste’dodli shoir, mashhur tarbiyachi bobomiz Abdulla
Avloniy o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida: “Iqtisod
deb pul va mol
kabi ne’matlarning qadrini bilmakni aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o‘rinsiz
yerga bir tiyin sarf qilmas, o‘rni kelganda so‘mni ayamas. Saxovatning ziddi baxillik
bo‘lgani kabi iqtisodning ziddi isrofdir” degan.
Iqtisodiy bilimlarni egallash faqat tadbirkorlik yoki biznes sohalari bilan
shug‘ullanayotganlarga
tegishli emas, balki har bir fuqaro bilishi zarur va shart
hisoblanadi. Zero, egallangan bilim hech qachon keraksiz og‘ir tosh bo‘lmagan,
bo‘lmaydi ham.
Iqtisodiyot –
yunoncha
“ekonomikos”
so‘zidan olingan bo‘lib, “uy xo‘jaligini
yuritish san’ati” degan ma’noni bildiradi.
Har bir inson hayotida oila iqtisodiyoti muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Oila
iqtisodiyotida oila budjeti degan tushuncha mavjud bo‘lib, u oila rivojlanishida asosiy
o‘rinni egallaydi.