• Mustahkamlash uchun savollar
  • 9-§. ASBOB-USKUNA VA MOSLAMA TURLARI
  • O‘lchash deb
  • Rejalash deb
  • Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik




    Download 33.06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/146
    Sana01.03.2023
    Hajmi33.06 Mb.
    #43888
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   146
    Bog'liq
    5-texnologiya
    7-sinf ish reja, R2iXRw3B2b3FMyc4WBSrurz07GdKMOMkGnUZauVx (3), МЕТАЛЛ КОНСТРУКЦИЯЛАРИ, 1665744834, QarshiDU 2021 Konferensiya to\'plami, 1.-Anketa--talabalar-, ko161118a, Provodkalar, ekologik-global-muammolar-va-orol-dengizi-muammosi- (1), Abdujalil.moilya, 843-Article Text-2655-1-10-20210331 (1), Mustaqil ta lim uchun, Bahodirov Amirbek MISH, Igamberdiyeva Sohiba
    Muammoli topshiriq
    1. Yog‘ochga ishlov beruvchi tokarlik stanoklarini yasashda daraxt ning qaysi 
    qismidan foydalaniladi? 
    2. Nima uchun daraxtning yoshi orta borgan sayin po‘stlog‘ining po‘k qat la mi 
    yori lishi kuza tiladi?
    3. Nima uchun bahor oyida daraxt tanasining po‘stlog‘i halqa shaklida qir qib olinsa 
    daraxt o‘sishdan to‘xtaydi?
    Mustahkamlash uchun savollar
    1. Yog‘ochdan olinadigan qanday mahsulotlarni bilasiz?
    2. Yog‘och deganda nimani tushunasiz?
    3. Daraxtlar shartli ravishda qanday qismlarga ajratiladi?
    4. Yog‘ochlardagi tabiiy holda mavjud bo‘lgan yoki keyinchalik hosil bo‘lgan 
    nuqsonlarni ajratib bering. Javobingizni izohlang.


    24
    24
    9-§. ASBOB-USKUNA VA MOSLAMA 
    TURLARI
    Yog‘och va taxta materiallardan tayyorlanadigan buyumlar ning aniq o‘lchamli 
    va sifatli chiqishi, ish vaqti va materialni tejash qiymati o‘lchov hamda rejalash 
    asboblaridan o‘rinli foydalana olishga bog‘liq bo‘ladi.
    O‘lchash deb yog‘och materialining o‘lchamlari va shaklini aniq lashga aytiladi. 
    O‘lchash asboblari tuzilishiga ko‘ra shkalali va shkalasiz turlarga bo‘linadi. 
    Shka lali asboblarga: masshtabli chizg‘ich, metr, o‘rama metr (ruletka), shtan-
    gensirkul ka bilar kirsa, shkalasiz asboblarga xatkash, sirkul, kronsirkul, nutromer, 
    turli rejalash andaza (shablon)lari va boshqalar kiradi. Go‘niya, malka, xatkash 
    kabi asboblar foydalanish о‘rniga kо‘ra shkalali va shkalasiz bо‘lishi mumkin.
    Rejalash deb chizmadagi shakl va о‘lchamlarni rejalash asboblari yordamida 
    yasaladigan buyumning zagotovkasiga kо‘chirishga aytiladi. Rejalash uchun yuqorida 
    aytilgan o‘lchash asboblari bilan birga qalam va turli rejalash andazalaridan foyda-
    laniladi.
    Turli materiallardan yasaladigan buyumlarni rejalashtirishda qalam muhim aha-
    miyat kasb etadi. U bilan nuqtalar belgilanadi va belgilangan nuqtalar chiziqlar bilan 
    tutashtiriladi (17-rasm).

    Download 33.06 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   146




    Download 33.06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik

    Download 33.06 Mb.
    Pdf ko'rish