To‘qimachilik tolalari. Ip va gazlama haqida ma’lumot




Download 33.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/146
Sana01.03.2023
Hajmi33.06 Mb.
#43888
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   146
Bog'liq
5-texnologiya
7-sinf ish reja, R2iXRw3B2b3FMyc4WBSrurz07GdKMOMkGnUZauVx (3), МЕТАЛЛ КОНСТРУКЦИЯЛАРИ, 1665744834, QarshiDU 2021 Konferensiya to\'plami, 1.-Anketa--talabalar-, ko161118a, Provodkalar, ekologik-global-muammolar-va-orol-dengizi-muammosi- (1), Abdujalil.moilya, 843-Article Text-2655-1-10-20210331 (1), Mustaqil ta lim uchun, Bahodirov Amirbek MISH, Igamberdiyeva Sohiba
To‘qimachilik tolalari. Ip va gazlama haqida ma’lumot
Barcha to‘qimachilik materiallari tolalardan iborat bo‘ladi. Agar ip kalavasi ochilsa, 
uni ingichka iplardan – tolalardan iborat ekanligini ko‘rish mumkin. Tolalarning 
xususiyatlari iplarning xususiyatlarini belgilaydi. Tolalar tabiiy va kimyoviy guruhlarga 
bo‘linadi.
Tabiiy tolalar o‘simliklar va hayvonlardan olinadi. O‘simlik tolasi paxta va 
zig‘irpoyadan olinadi. Hayvonlar tolasi ipak qurtining pil lalaridan va qo‘y, echki, 
tuyalarning junlaridan tayyorlanadi. 
Gazlamalar trikotaj polotnolardan va noto‘qima materiallardan tikiladi. Kiyim 
tikishda ishlatiladigan ip gazlamalar: yengil, bahorgi-kuzgi va qishki guruhlarga 
bo‘linadi.
Yozgi kiyimlar uchun chit, satin, shtapel, xom surp va hokazolar ishlatiladi. 


129
129
Bahorgi-kuzgi gazlamalar rang-barang gulli, sidirg‘a to‘ qilgan, murakkab to‘quv 
gulli qilib ishlab chiqariladi. Qishki kiyimlar uchun bir tomonlama, ikki tomonlama 
tuki bor, tekis bo‘yalgan bosma gulli, rang-barang gulli gazlamalar ishlatiladi. Paxta 
va zig‘ir tolasidan tayyorlangan gazlamalardan yengil kiyim va ichki kiyim tikishda 
foy dalaniladi. 
Momiq tolalarga birinchi ishlov berilgach, ip yigirish fabrikalariga keltiriladi. Bu 
yerda tozalab, navlarga ajratilgan tolalardan ip yigiriladi.Yigirilgan iplardan gazlama 
to‘qishda, tikuvchilik, to‘quvchilik, kashtachilik iplari tayyorlashda foydalaniladi.
Yigirilgan iplar to‘quvchilik fabrikalariga yuboriladi. To‘quvchilik fabrikalarida 
gazlamalar uning turiga qarab to‘qiladi. Nima deb o‘ylaysiz, ota-bobolarimiz davrida 
gazlama qanday to‘qilgan?
Fan va texnikaning rivojlanishiga qadar barcha hunarmandlar faoliyati qo‘l 
mehnati bilan bog‘liq bo‘lgan. Shu qatorda tabiiy tolalardan olingan tolalar ham 
qo‘lda yigirilgan. Yigirish moslamalari qo‘lda yoki oyoqda charxlar yordamida 
amalga oshirilgan.
To‘quv dastgohi oddiy ikkita yog‘ochdan iborat bo‘lib, uni yuqori qismi ham 
yog‘ochdan bo‘lib, unga tanda ipi vertikal osilgan, arqoq ipi maxsus igna bilan to‘qib 
o‘tkazilgan. Shu tariqa to‘qima olib, o‘z isteʼmollari uchun foydalanganlar.
9 – Texnologiya, 5-sinf

Download 33.06 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   146




Download 33.06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To‘qimachilik tolalari. Ip va gazlama haqida ma’lumot

Download 33.06 Mb.
Pdf ko'rish