Mavzu: Aloqa linyalarini ko'zdan kechirish va obyektlarda yong'in xavfsizligi




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana23.12.2023
Hajmi0,57 Mb.
#127468
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi Mustaqil ish

Mavzu: Aloqa linyalarini ko'zdan kechirish va obyektlarda yong'in xavfsizligi 
Reja; 
1. 
Umumiy mа’lumоtlаr.
2. 
Yong’in, yonish va portlash haqida malumot. 
3. 
Yong’inning kelib chiqish sabablari.
Yong'inlar xalq xo'jaligiga katta moddiy zarar keltiradilar. Yong'in bir necha 
minut yoki soat ichida juda katta miqdordagi xalq boyliklarini yondirib, kulga 
aylantiradi. Yong'in vaqtida ajralib chiqadigan tutun, karbonat angidrid va boshqa 
zararli hid va gazlar ko'p miqdorda atmosferaga ko'tarilib, nafas olish uchun zarur 
bo'lgan havoning tarkibini buzadi. Bundan tashqari, yong'indan tufayli ko'plab 
kishilar jarohatlanadi va hatto o'lishlari ham mumkin. Bularning hammasi, 
yong'inga qarshi kurash tadbirlarini, bu vaqtda paydo bo'ladigan ishlarni xavfsiz 
bajarish usullari va mehnat muhofazasi bilan birgalikda o'rganishga majbur qiladi. 
Hozirgi paytda sanoat korxonalarida yonish xavfining kamayishi borasida 
birmuncha ishlar amalga oshirilgan, yong'in chiqish xavfi kamaytirilgan va 
butunlay xavfsiz ishlaydigan elektr uskunalari qo'llanilmoqda. Sanoat korxonalari 
bino va inshootlari tarkibidan yonuvchi qurilish materiallarini siqib chiqarilmokda. 
O't o'chirishning mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan sistemalari tobora 
kengroq qo'llanilmoqda. 
Lekin, yong'in chiqishining oldini olishda, o't o'chirishda asosiy mas'uliyat 
kishilar zimmasiga tushishini va ularning yong'inni o'chirish texnikasining barcha 
talablarini to'liq bajarilishiga bog'liq ekanligini unutmasligimiz kerak. Sanoat 
korxonalarida bu tadbirlar tartibli ravishda, yong'in texnikasi haqidagi nizom, 
yong'in xavfsizligi qoidalari, yo'riqnoma va boshqa xujjatlar asosida olib borilishi 
kerak. 
Respublikamizning xar bir fuqarosi jamoat va davlat mulkini ko'z 
qorachig'iday saqlashi va asrab avaylashi, uni boyitishi haqida qayg'urishi kerak. 
SHuning uchun sanoat korxonalarida yong'inning oldini olish va o't o'chirish 
tadbirlari keng jamoatchilikka suyangan holda, tsexlardagi har bu ishchining 
ishtirokida olib boriladi. 
Yong'in muhofazasini tashkil qilish kasbiy va ixtiyoriy turlarga bo'linadi. 
Kasbiy yong'in muhofazasi o'z navbatida, harbiylashtirilgan (yirik shahar va 
muhim obektlarga xizmat ko'rsatadi), harbiylashtirilmagan (tuman markazlari va 
yirik sanoat obektlariga xizmat ko'rsatadi) va tarmoq (ayrim birlashma va 
korxonalarga xizmat ko'rsatadi) turlariga bo'linadi. Yirik sanoat korxonalarida 
kasbiy yong'in qismlari tashkil qilinadi. SNiP 11-8980 "Sanoat korxonalarining 


bosh rejalari" ga asosan ishlab chiqarishning yong'in xavfi bo'yicha A, B va V 
toifalari uchun kasbiy yong'in qismlarining xizmat ko'rsatish radiusi 2 km dan 
oshmasligi kerak. Bu qismlar odatda korxona hududidan tashqariga joylashtiriladi. 
Yong'in xavfi kam bo'lgan hamda kichikroq korxona va muassasalarda yong'in 
muhofazasi va obektni qo'riqlash xizmati birgalikda qo'shib olib boriladi. 
Sanoat korxonalarida yong'in muhofazasini tashkil qilish va yong'in chiqishini 
ogohlantirish: o't o'chirish texnikasi va qurollarini aloqa va o'chirish vositalarini 
jangovar holatda saqlash, yong'in chiqqan taqdirda ularda faol qatnashish, xalq 
mulkini asrab-avaylab saqlash borasida targ'ibot va tashviqot ishlarini olib borishni 
taqozo qiladi. Korxonalarda yong'in muhofazasining qanday strukturasi mavjud 
bo'lishidan qat'iy nazar, ko'ngilli o't o'chirish drujinalari tuzilishi kerak. 
Yong'in va portlashlar hamon xalq xo'jaligiga katta ziyon etkazmoqda, 
kishilarning mayib bo'lishiga hatto halok bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Shu sababli 
yong'in xavfsizligi tadbirlari ikki asosiy vazifani hal qilishga - kishilar hayoti va 
sog'lig'ini saqlab qolishga hamda moddiy boyliklarni o'tdan himoyalashga 
qaratilmog'i zarur. 
Yong'in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini Davyong'innazorat kuzatib 
turadi, tsexlar, laboratoriyalar, bo'limlar, omborxonalar, ustaxonalar va boshqa 
bo'limlardagi yong'in xavfsizligi uchun javobgarlik esa ularning rahbarlari yoki shu 
rahbarlar vazifasini bajarib turgan kishilar zimmasiga yuklatiladi. 
O'zbekiston Respublikasida shaharlarimizning, qishloqlardagi aholi zich 
yashaydigan joylar va xalq xo'jaligi obektlarining yong'in muhofazasini 
mustahkamlash uchun yong'inga qarshi kurash reja asosida olib boriladi va shu 
to'g'risida doim g'amxo'rlik qilib kelinadi. Ana shu yong'in muhofazasi ishining 
ikki asosiy yo'nalishi bor: Birinchidan, bu - yong'inning oldini olishga qaratilgan 
ilmiy-texnik va tashkiliy tadbirlarning rejali majmui; Ikkinchidan, bu - obektlar, 
shaharlarda va qishloqlardagi aholi zich yashaydigan joylarda yong'inni o'chirishni 
tashkil qilish. 
O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi yong'in muhofazasi Bosh boshqarmasining 
vazifasi davlat mulkini, fuqarolarning shaxsiy mulkini yong'indan saqlashdan 
iborat. SHu bilan birga yong'in nazorati tashkilotlari tashkiliy, nazorat va ma'muriy 
ishlarni amalga oshiradi. Ularning vazifalariga quyidagilar kiradi: 
-hamma idoralar, korxonalar va alohida shaxslar uchun majburiy bo'lgan 
yong'in muhofazasiga doir qoidalar, me'yorlar, yo'riqnomalar ishlab chiqish va 
ularni chop etish; 
-sanoat, fuqaro binolari va inshootlarini, aholi punktlarini loyihalash, qurishda 
yong'in xavfsizligi qoidalari va me'yorlarining bajarilishini tekshirish; 
-hamma 
tashkilotlar, 
muassasalar, 
korxonalardagi 
o't 
o'chirish 
bo'linmalarining shayligini va o't o'chirish vositalarining sozligini qattiq nazorat 
qilish hamda tekshirish. 
O'zbekiston Respublikasi yong'in nazorati tashkilotlari o'z vazifalarini 
muvaffaqiyatli bajarishlari uchun ularga quyidagi huquqlar berilgan: 
- yong'in xavfsizligi jihatidan qay ahvoldaligini aniqlash maqsadida barcha 
sanoat binolari hamda inshootlari, omborxonalar va ularni tekshirish; 


-korxonalar ma'muriyati va alohida shaxslardan obektlarning yong'in 
xavfsizligi nuqtayi nazaridan qay ahvoldaligini aniqlash uchun zarur bo'lgan 
ma'lumot hamda hujjatlarni taqdim etishni talab qilish; 
-yong'in xavfsizligi qoidalari buzilganligi aniqlaganda korxona rahbarlariga 
ana shu buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan majburiy farmoyishlar berish va 
buning uchun zarur muddatlarni belgilash; 
-yong'in va portlash xavfini yuzaga keltiruvchi qoida buzilishlari aniqlaganda 
ana shu buzilishlar bartaraf etilgunga qadar korxonaning ishini butunlay yoki 
qisman to'xtatib qo'yish; 
-yong'in xavfsizligi qoidalarining buzilishi yoki bajarilmasligida aybdor 
bo'lgan kishilarni ma'muriy yohud jinoiy javobgarlikka tortish. 
Ishchi-xizmatchilar o'z ish o'rnidagi yoki ular o'zi ishlaydigan bo'linmadagi 
yong'in xavfsizligi talablarini yaxshi bilishlari va ularga qat'iy amal qilishlari, o't 
o'chirish vositalaridan foydalana olishlari, mehnat hamda texnologiya intizomiga 
qat'iy rioya qilishlari, yong'in hamda portlash jihatidan xavfli modda va ashyolarni 
ishlatishni bilishlari zarur. 
Korxona, muassasa va tashkilotlarda yong'in xavfsizligini ta'minlash ishini 
tashkil qilish. Ishchilar, xizmatchilar va muhandis-texnik xodimlarning ko'pchiligi 
jalb etilgandagina korxona, muassasa, hamda tashkilotlarda yong'inga qarshi 
muvaffaqiyatli kurash olib borish mumkin. Buning uchun har bir obektda yong'in- 
texnik komissiyasi tuziladi. Komissiyaga bosh muhandis, texnik rahbar yoki 
rahbarning birinchi o'rinbosari boshchilik qiladi, ularning vazifasi quyidagilardan 
iborat: 
-yong'inning oldini olish qoidalarining buzilishlarini va yong'in chiqishiga 
olib keluvchi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish tadbirlarini ishlab 
chiqish; 
-obektiv yong'inning oldini olish tartibini ishlab chiqish va ularni o'tkazishda 
qatnashish; 
-ishchi-xizmatchilar va muhandis-texnik xodimlar o'rtasida yong'inning oldini 
olish tartibi hamda qoidalari bo'yicha ommaviy tushuntirish ishini olib borish. 
Bu vazifalarni bajarish uchun yong'in texnik-komissiyasi ishlab chiqarish 
xonalari, elektr jihozlari, shamollatish, isitish sistemalari va shu kabilarni ko'zdan 
kechirib, qoida buzilishlarini aniqlaydi hamda ularni bartaraf etish muddatlarini 
belgilaydi; ishlovchilar o'rtasida yong'inning oldini olish mavzularida suhbatlar, 
lektsiyalar o'tkazadi; ratsionalizatorlar hamda ixtirochilar uchun mavzular ishlab 
chiqishda qatnashadi; tsexlar, bo'limlar, omborxonalar, laboratoriyalar va 
hokazolarning yong'inga qarshi ahvolini tekshirishga keng jamoatchilikni jalb 
etadi. 
Sanoat korxonalaridagi yong'in muhofazasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi: 
-har kuni yong'inning oldini olishni amalga oshirishi; 
-yong'in chiqishiga yo'l qo'ymaydigan tadbirlarni ishlab chiqish; 
-ishchi-xizmatchilar, muhandis-texnik xodimlarga yong'inga qarshi kurash 
yuzasidan yo'l-yo'riqlar berish va ular bilan mashg'ulotlar o'tkazish; 
-hamma o't o'chirish sistemalari va qurilmalari hamda yong'in, aloqa va 
signalizatsiya vositalarining ahvolini nazorat qilish; 


-qo'riqlanayotgan obektdagi yonayotgan narsalar va yong'inni o'chirish. 
 

Download 0,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Aloqa linyalarini ko'zdan kechirish va obyektlarda yong'in xavfsizligi

Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish