Texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana23.12.2023
Hajmi0,57 Mb.
#127468
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi Mustaqil ish

Mavzu:
 
Xavfli va zararli omillardan ximoyalanishda shaxsiy vositalar 
Reja: 
1. Ergonomika haqida ma‟lumot 
2. Zararli omillardan himoyalanish haqida. 
ERGONOMIKA (yun. — ish, mehnat va — qonun) — kishi (kishilar 
guruhi) ni ishlab chiqarish faoliyati sharoitlari bilan bog‘liq holda kompleks 
o‘rganadigan fan; mehnat qurollari, sharoitlari va jarayonlarini takomillashtirish 
maqsadlarida inson, texnika, ishlab chiqarish muhitining o‘zaro ta’siri va 
aloqalarini tadqiq etadi. Qadimdan mukammal mehnat qurolini ixtiro qilish, 
mehnat jarayonida inson organizmi holatini o‘rganish biror ishini bajarish uchun 
eng maqbul sharoitlar yaratish maqsadlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Insonning mehnat 
faoliyata uchun ent o‘ng‘ay mehnat qurollari, eng qulay mehnat sharoitlari yaratish 
yo‘lidagi dastlabki qadamlar 20-asr bo‘sag‘asida boshlandi. Bu sohada birinchi 
keng miqyosdagi amaliy tadqiqotlar amerikalik amaliyotchimuhandis va menejer, 
ilmiy boshqarish maktabi asoschisi U.F.Teylor (q. Teylorizm) tomonidan bajarildi. 
Ergonomika ishlab chiqarishning amaliyot ehtiyojlari ta’sirida, korxonalar 
faoliyatida inson omili rolining ortib borishi, fantexnika taraqqiyoti natijasida 
ilmiyamaliy fan sifatida paydo bo‘ldi. Eksperimental psixologiya, fiziologiya va 
mehnat gigienasi ta’sirida shakllandi; tibbiyot, biol., biomexanika, antropometriya, 
psixofiziologiya, sotsiologiya, mat., injenerlik va texnologik fanlar ma’lumotlari va 
metodologiyasidan, mehnatni tashkil etish va normalash tamoyillaridan 
foydalanadi, 
umumiy 
va 
ijtimoiy 
psixologiya, 
mehnat 
iqtisodiyoti, 
iqtisodiymatematik modellashtirish bilan bog‘liq. Ergonomik tadqiqotlarining 
maqsadi — xodimning ishlab chiqarishdagi tabiiy, ijtimoiypsixologik va 
texniktashkiliy sharoitlarga moslashuvini osonlashtirishdan iborat. Ergonomika 
diqqat markazida ishlab chiqarishdagi aniq sharoitlarda inson faoliyati, ishlab 
chiqarish muhitini inson organizmi xususiyatlari va imkoniyatlariga moslashtirish 
yo‘llari va usullarini topish turadi. Ergonomika o‘z tadqiqotlari asosida mehnat 
sharoitlarini yaxshilash va mehnat jarayonini qayta tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar 
ishlab chiqadi. «Ergonomika» termini 1949 yil Angliyada shu soha bo‘yicha 
tadqiqot ishlari olib boruvchi jamiyat tomonidan amaliyotga kiritilgan. 
Ergonomikada yana ikkita tamoyil bo‘lib, ular insonni ishga, ishni insonga 
moslashtirish omillaridan iborat. Birinchisida samaradorlikni ta’minlash, 
ikkinchisida insonga qulaylik yaratish ko‘zda tutiladi. Ergonomika kishining butun 
ish kuni davomida yuqori ishchanlik qobiliyatini ta’minlash uchun mehnat va dam 
olish rejimini ham o‘rganadi. ergonomika bo‘yicha barcha amalga oshiriladigan 
ishlar ishlab chiqarish samaradorliginy oshirish, ishlovchilar uchun qulayliklar 
yaratish va ayni paytda ularning salomatligini ta’minlashga qaratiladi. Shuning 
uchun barcha mehnat vositalari, qurollari, mashinalar ergonomik talablarini 
hisobga olib loyihalashtiriladi va ishlab chiqariladi.



Download 0,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari

Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish