Mavzu: Avtomatlashgan va robotlashgan ishlab chiqarishda xavfsizlik




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana23.12.2023
Hajmi0,57 Mb.
#127468
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi Mustaqil ish

Mavzu: Avtomatlashgan va robotlashgan ishlab chiqarishda xavfsizlik 
tehnikasi 
Reja:
1. Ishlab chiqarish jarayonlariga qo`yiladigan xavfsizlik talablari
2. Xavfsizlikni ta'minlovchi texnik vositalar  
1. Ishlab chiqarish jarayonlariga qo`yiladigan xavfsizlik talablari
1. Mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan biri ishlovchilarning mehnat 
havfsizligini ta'minlashdir. Zamonaviy agrosanoat ishlab chiqarishi muntazam 
yangi texnikalar, mikrobiologik va kimyoviy moddalar etkazib berishni, chorva 
mollarini katta komplekslarga va mayda fermerlik xo`jaliklariga birlashtirishni, ish 
jarayonlarining yiriklashuvini, dehqonchilikdagi ishlarni brigada va oilaviy pudrat 
asosida bajarishni, ayrim mehnat turlarini hamda vostialarini o`zgartirib borishni 
o`z ichiga oladi.
Mehnat havfsizligi – mehnat sharoitining shunday holatiki, unda ishlovchilarga 
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta'siri istisno qilingan. Ishlab 
chiqarish sharoitida insonga jarohat etkazilishi bu fizikaviy va kimyoviy xavfli 
ishlab chiqarish omillari borligini bildiradi.
Fizikaviy xavfli ishlab chiqarish omillari – bu harakatdagi 
mashinalar,uskunalarning harakatdagi elementlarining to`silmaganligi, 
qo`zg`aluvchi buyum, materiallar, uskuna va materiallari ustki qismining 
qismining yuqori yoki past haroratda bo`lishi, elektr tarmoqlarining xavfli 
kuchlanishi. yuqori bosimdagi havo va gazning portlagandagi energiyasi va 
boshqalar.
Kimyoviy xavfli ishlab chikarish omillari – odam organizmiga o`yuvchi, zaharli 
va qichitadigan moddalarning ta'sir qilishi bilan ifodalanadi. Muayyan xavfli ishlab 
chiqarish omillarning kelib chiqishi texnologik jarayon, uskuna konstruktsiyasi va 
ishni tashkil qilinganlik darajasiga bog`liq bo`ladi.
Xavfli ishlab chiqarish omillarining kelib chiqish xususiyatiga qarab, ko`rinib 
turgan va ko`rinmaydiganlarga bo`lish mumkin. Ko`rinib turgan, xavfli, tashqi 
belgilari bilan yaqqol ifodalanadi: masalan, mashinaning harakatlanuvchi qismlari, 
alanga, ko`tarilib va osilib turgan yuk. Ko`rinmaydigan xavfli mashinalar, 
mexanizmlar, moslamalar va asboblarda yashirin nuqsonlarning borligiga 
bog`liqdir. Yashirin xavfni, shuningdek ish doirasining tiqishtirilganligi va 
ivirsiganligi, asbob, moslamalarni o`z maqsadida foydalanmaganligi, uzilgan elektr 


simlari, mxodimlarning noto`g`ri va xato harakatlari va boshqalar tug`dirishi 
mumkin.
Ishlab chiqarish jarohatlarining oldini olish - juda murakkab kompleks bo`lib, 
avvalo, muhandis, texnik mutaxassislardan, shuningdek tibbiy va boshqa sohadagi 
mutaxassislardan alohida e'tibor qaratishni talab eatadigan muammodir.
Mashina va mexanizmlarning xavfli doiralari. Agar ishlovchilar jarohatlantirishga 
sababchi bo`lgan xavfni keltirib chiqaruvchi mashinalar bilan ma'lum masofada 
ishlamasalar ko`ngilsiz hodisa yuz berishi mumkin.
Insonning hayoti va salomatligiga ta'sir etadigan xavfli maydoni xavfli doira deb 
ataladi.
Xavfli doira mashinaning harakatlanuvchi, aylanuvchi qismlarida, yuk yaqinida, 
ko`tarib-tushiradigan transport vositalarida qo`zg`atiladigan yuk atrofida paydo 
bo`lishi mumkin. Ishlovchilarning kiyim va sochlarini uskunalarning harakatdagi 
qismlarini tortib ketish imkoniyatiga ega havfli doira xafv-xatar tug`diradi. Juda 
ko`p jarohatlar ishchilardagi osilib yotgan kiyimlarni qishloq xo`jaligi 
mashinalarining to`silmagan kardanli uzatmalari o`rab ketishi tufayli sodir bo`ladi.
Strelali kranlarning xafvli doira o`lchamlari uning strela uzunligiga 
bog`liqdir.
Ishlab chiqarish jarayonlariga qo`yiladigan xavfsizlik talablari. Texnologik 
jarayonlarni bajarishda, tashkil qilishda va loyihalashda GOST 12.3.002-75 va TS 
46.0.141-83 quyidagilarni inobatga olish shart deb belgilaydi.
Ishchilarni xavfli va zararli ta'sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan dastlabki materiallar, 
yarim mahsulotlar va chiqindi ishlab chiqarilishi bilan bevosita aloqasini yo`qotish, 
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud joylarni kompleks
avtomatlashtirish hamda mexanizatsiyalash, texnologik jarayonlarda nazorat va 
boshqarish tizimini o`rnatish darkor. Bu ishlovchilarning himoyasini va ishlab 
chiqarish jarayonlarining avariya holatda o`chirilishini ta'minlaydi. Ishlab 
chiqarish chiqindilarini o`z vaqtida zararsizlantirish va chiqarib tashlash, ular 
xavfli va zararli ishlab chiqarishning oldini olishga yordam beradi.
Texnologik jarayonlarga qo`yiladigan xavfsizlik talablari texnologik hujjatlarda 
ko`rsatilgan bo`lishi shart. Ish joyidan tashqarida bajarayotganda xonalarni va 
maydonlarni tanlashga katta e'tibor qaratmoq kerak. Shuningdek, uzluksiz ishlab 
chiqarish jarayonlarining xavfsizligini, uskunalarni to`g`ri joylashtirish va ish 
joylarini oqilona tashkil qilish bilangina ta'minlash mumkin. Materiallarni, tayyor 
mahsulotni va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlaganda, xavfli ishlab chiqarish 
omillarining sodir bo`lishidan himoyalanish kerak.


 Ishlab chiqarishda ishlashga ruxsat etilgan shaxslarning fizik imkoniyatlarini va 
mehnat xususiyatlarini hisobga olish shart. Xizmat qiluvchi xodimlar bajarayotgan 
ishlariga muvofiq mehnat xavfsizligi bo`yicha kasbiy tayyorgarlikdan o`tgan 
bo`lishi lozim.
2. Xavfsizlikni ta'minlovchi texnik vositalar
Barcha mashina va mexanizmlarga xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish 
sanitariyasi bo`yicha yagona talablar qo`yiladi. Ana shu talablarga muvofiq 
mashina va mexanizmlarni boshqarishning asosiy richaglari o`ng qo`l ostiga 
joylashgan bo`lishi, har qaysi mashinada tovush signali, orqani ko`rish oynasi, 
burilish va to`xtash signallari bo`lishi kerak.
Ish jarayonida mashina va mexanizmlardagi mahkamlangan joylar bo`shashadi, 
zazor (tirqish) lar kattalashadi, moy, suv yoki yonilg`i siza boshlaydi va hokazo. 
Shu boisdan pala-partish ko`rsatilgan texnik xizmat avariya va baxtsiz hodisalarga 
sabab bo`lishi mumkin. Masalan, traktor yurish qismining mahkamlangan joylarini 
o`z vaqtida tekshirib va taranglab turilmasa, u ag`darilib ketishi mumkin. Agar 
mashina ishlayotgan vaqtda inson hayoti yoki salomatligiga xavf soladigan nuqson 
payqalsa, ishni darhol to`xtatish kerak. Har bir traktorchi, kombaynchi, haydovchi 
mashinani ishlatishdan oldin uning texnik holatini tekshirib ko`rishi kerak.
Mashinadagi har bir harakatlanuvchi detal havflidir. aylanayotgan val, yulduzcha, 
tishli g`ildirak qo`lni, turmaklanmagan sochni yoki kiyimni ichkariga olib ketishi 
mumkin. Shu boisdan mashina va mexanizmlarning harakatlanuvchi qismlari 
qalpoq, g`ilof, kojux, to`siqlar bilan berkitiladi. Ammo harakatdagi barcha 
qismlarni ham himoya qurilmalari bilan berkitib bo`lmaydi. Shu sababdan xavfli 
zonada ham ishlashga to`g`ri keladi. Xavfli doira hamma mashina va 
mexanizmlarda bor. Ular mashinalarning tashqi qismida (kombaynning parragi, 
qirquvchi apparat iva h.k.) va ichki qismida (yanchish barabani, tozalash 
ventilyatori, konveyerlar) bo`lishi mumkin. Harakatga keltiruvchi dvigatelning 
aylanayotgan maxovigi atrofidagi doira xavfli hisoblanadi. Shu sababdan agar 
dvigatelni yurgizib yuborishning iloji bo`lsa, maxovikni qo`l bilan aylantirish man 
etiladi. Yurib ketayotgan mashinaning o`zi ham xavfli doira hisoblanadi. Shuning 
uchun dvigatel ishlayotganida yoki mashina yurib ketayotganida uni moylash, 
rostlash va nuqsonlarini bartaraf qilish man etiladi. Mexanizatsiyalashtirilgan 
agregatlarga xizmat ko`rsatayotganlar ish vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalariga 
rioya qilishi: ishlab turgan mashina yaqinida echinib-kiyinmasligi, o`ziga mos 
bo`lmagan jomakorda ishlamasligi, kiyimining etaklari (barlari) shalvirab osilib 
turmasligi kerak.


 Traktor, kombayn va avtomobilda haydovchi asboblarining to`la jamlanmasi, 
birinchi yordam ko`rsatish uchun aptechka, ichimlik suv solingan idish, zavod 
tomonidan beriladigan qo`llanma bo`lishi shart.

Download 0,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Avtomatlashgan va robotlashgan ishlab chiqarishda xavfsizlik

Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish