Mavzu: Suv toshqini paytida qutqaruv ishlari




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana23.12.2023
Hajmi0,57 Mb.
#127468
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi Mustaqil ish

Mavzu: Suv toshqini paytida qutqaruv ishlari 
Reja: 
1. Tabiy ofatlar haqida ma‟lumot. 
2. Suv toshqini paytida xavfsizlik tehnikasi qoidalari 
Tabiiy ofat-bu tabiatning harakatga keltiruvchi hodisalari bo’lib, u aholining 
hayotini to’satdan izidan chiqishiga, moddiy boyliklarni vayron bo’lishiga va hatto 
odamlarni halok bo’lishiga olib keladi.
Tabiiy ofatlar favqulodda, to’satdan ro’y berishi bilan xarakterlanadi. 
Favqulodda holatlarga yer qimirlash, suv toshqini, sel, do’l, ko’chkilar, qor bosish, 
vulqon, tog’ qulashi va boshqalar kiradi. Bu hodisalar ishlab chiqarishni ishdan 
chiqaradi, xo’jalikning ayrim tarmoqlari vayron bo’ladi, odamlar qurbon bo’ladi, 
xalqning boyliklari yo’qoladi. Bu holatni oldini olish yoki ma’lum darajada 
kamaytirish mumkin, agar oldindan ogohlantiruvchi choralar ko’rilgan bo’lsa.
Tabiiy ofat, xususan, toshqin qanchalik qisqa vaqtni qamrab olmasin, 
ma’lum talafotlar keltirishga sababchi bo’ladi. Shu jarayon bo’lib o’tgandan so’ng 
qanday ishlarni birinchi galda amalga oshirish kerak. Quyida shular to’g’risida 
to’xtalamiz. Avvalo, har qanday tabiiy ofat yuzaga kelgan maydon va hududda 
o’ziga yarasha antisanitariya holati yuzaga keladi. Buning oqibatida odamlar va 
tirik organizmlar o’rtasida yuqumli zararlanish holati tarqaladi. Shu vaziyatdan 
chiqish uchun ma’lum muddatgacha faqat qaynatilgan suv iste’mol qilish va quruq 
oziq - ovqatlar bilan chegaralangan ma’qul. Zarurat tufayli uy - joylardan boshqa 
yerga o’tilgandan so’ng qaytib kelinganda uyning holatini, atrof yo’laklarni 
sinchiklab ko’zdan kechirish kerak. Hech vaqt uyga kirishga shoshilmang.
Yog’ingarchilik o’tib ketgandan so’ng vodiyga tushishga xech vaqt shoshilish 
kerak emas, chunki birinchi sel oqimidan so’ng keyingilari takrorlanishi mumkin. 
Odatda sel oqimlarining davriyligi 3 - 5 soat davom etadi. Shuni alohida ta’kidlash 
lozimki, sellarning yana bir xususiyati ular qo’shni davlatlar hududida boshlanib 
boshqa davlat hududiga 185 katta talafotlar keltirishi mumkin. Masalan, Farg’ona 
vodiysining daryolarida, Zarafshon daryosining yuqori qismlarida xuddi shunday 
manzara yuzaga kelishining bir necha bor guvohi bo’lganmiz.
Albatta, bunday holatlarda xam, oldindan sel oqimlari keladigan yo’nalishlar 
bo’yicha sel omborlari, ularni yo’naltiruvchi, tarqatib yuboruvchi maxsus 
gidroinshootlar qurilishiga katta e’tibor berilishi lozim. Kezi kelganda shuni aytish 
mumkinki, sel xavfi bor joylarda bo’lgan tumanlarda yirik masshtabdagi, ayniqsa 
kichik xo’jaliklarda 1:5000 va 1:10000 masshtabdagi xaritalar bo’lishi kerak.
Topografik xaritalar orqali sel oqimlariga qarshi kurashish, oldini olish, 
bashoratlash va ular oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqish va 
aholini xamma tabaqalari o’rtasida targ’ibot ishlarini yo’lga qo’yish zarur. 
Vatanimizning qaysi hududlarida sel oqimlari paydo bo’lmasin, ularning tarkibiy 
qismi, yo’nalishi va ulardan keladigan zarar deyarli bir xilda namoyon bo’ladi. 


Shuning uchun hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ijobiy tadbirlarda barcha 
fuqarolar faol ishtirok etishlari, ularni tezroq hayotga tadbiq etishlari va xavfsizlik 
chora - tadbirlarini amalga oshirishda har birimiz mas’ul bo’lishimizni davrning 
o’zi taqozo etib turibdi.
Toshqin tufayli uylarning devorlari zah tortishi, namgarchilik me’yoridan 
ortib ketishi oqibatida inshootlar bardoshligi zaif bo’lib qoladi, natijada uncha katta 
bo’lmagan tashqi kuch ta’sirida binolar qulab ketishi mumkin. Suv to’planib 
qolgan joylardan alohida yo’laklar hosil qilib yurish joylarini tashkil etish kerak. 
Xonalarni diqqat bilan ko’zdan kechirib chiqilgandan so’ng eshik va derazalarni 
mustahkamligiga ishonch hosil qilganingizdan keyin ularni ochib qo’ying.
Xona ichida qolgan oziq-ovqatni iste’mol qilishdan o’zingizni saqlang. 
Mavjud asbobuskunalardan, ayniqsa elektr asboblaridan foydalanishda nihoyatda 
ehtiyot bo’ling. Chunki to’liq qurimagan asboblar boshqa favqulodda vaziyatlar 
yuzaga kelishiga sababchi bo’lib, qo’shimcha noxushliklarni olib keladi. Bundan 
tashqari har qanday tabiiy ofatni bartaraf qilishda ham o’ziga yarasha talab va 
qoidalari mavjud. Xususan, toshqindan so’ng uni bartaraf qilishda keng miqyosda 
aholi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilishi lozim?
Avvalo, yuqorida ta’kidlanganidek atrof sinchiklab o’rganilgandan so’ng, 
suv bosgan joylar ortiqcha turli materiallardan xalos qilinib quritish ishlari amalga 
oshiriladi. Inshootlarda yarim o’pirilgan, qayta tiklab bo’lmaydigan joylar 
aniqlansa, tezda buzib tashlanishi va u joylar tozalanishi kerak. Binolarning pastki, 
pastqam joylarida suv to’planib qolgan bo’lsa, texnik asboblar yordamida suv 
chiqarib tashlanadi. Toshqin natijasida shikastlangan maishiy - energetika 
tarmoqlari, yo’llar, ko’priklar va boshqa inshootlarni ta’mirlashga kirishiladi.
Yuqorida qayd qilinganidek, toshqin va sellarning paydo bo’lishida respublikamiz 
hududlaridan tashqarida bo’lgan tabiiy suv omborlari, gidrotexnik inshootlar ham 
o’ziga yarasha xavf tug’diradi. Bizning nazarimizda bunday ob’ektlarning 
joylashgan o’rni, xavflilik darajasi, ko’lami to’g’risida batafsil ma’lumot berilsa 
maqsadga muvofiq bo’ladi. Aksariyat ko’p hollarda favqulodda vaziyatlar sodir 
bo’lganda aholi o’rtasida ma’lumot yo’qligidan sarosimaga tushish oqibatida 
talafot ikki -uch barobar ko’payib ketishiga olib keladi. Shuni alohida ta’kidlash 
lozimki, Respublikamiz hududlaridan tashqarida bo’lgan xavf "o’choq"lari (tabiiy) 
to’g’risida Prezidentimiz I.A.Karimov o’zlarining "O’zbekiston XXI asr 
bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" 
(1997) kitobida batafsil to’xtalib o’tganlar.
Xususan, tashqi xavf to’g’risida: "Moyli suv daryosining (Qirgiziston) 
qirg’oqlari yoqasida 1944 yildan to 1964 yilgacha uran rudasini qayta ishlash 
chiqindilari ko’milgan. Hozirgi vaqtda qoldiqlar saqlanadigan 23 ta joy mavjud. 
Bu yerlarda selni to’sadigan to’g’onlarni mahkamlash hamda ko’chki xavfi bo’lgan 
joylardagi qiyaliklarning mustahkamligini ta’minlash lozim" -deb mahalliy 
hukumat rahbarlari, ilmiy va ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari oldiga 


muammoning yechimini topish yo’llarini, xavfli hududlarga mas’uliyatni va 
javobgarlikni oshirish lozimligini uqtirsalar, keng jamoatchilikni bunday 
xavflardan ogoh bo’lishga chaqiradilar. Ziziladan so’ng: 186 • qutqaruv xizmati.
Malakali mutaxassisga ega bo’lgan xizmat ko’rsatish bo’limlari shikastlanganlarga 
tez yordam ko’rsatishi, yong’inni nazorat qilishi, jamoat tartibini saqlashi va 
me’yoriy turmush tarzini tiklashlari shart. • insonlarning mustaqil harakati. Har bir 
kishi nafaqat o’zi to’g’risida, balki boshqalar to’g’risida ham qayg’urishi va 
yordam berishi lozim.
• Qurilish tashkilotlari. Tegishli tashkilotlar elektr manbai, suv tarmog’i, 
transport harakatini tiklash bo’yicha keng ko’lamli ishlarni amalga oshirishlari 
lozim.
• Moddiy yordam. Zilzila talafotidan aziyat chekkan insonlar, aholi o’rtasida 
hukumat yordami bir xilda bo’lishini ta’minlashga erishish lozim.
• Ijtimoiy yordam va ahloqiy tavsiya. Jamoat tashkilotlari ayrim yoki bir 
guro’h shikastlanganlarga yordam ko’rsatish, kuchli qo’rquv va vahima holatiga 
tupshb qolgan insonlarga yaqindan maslahat va tavsiya berishlari shart.
Favqulodda vaziyatlarda insonlami qutqarish usullari FV o‘choqlarining 
zararlanish darajasi va holatiga bogiiq. Bunda qidirav-qutqamv ishlar tashkil 
etiladi. Qidimv-qutqaruv ishini olib borishning muhim elementi boiib markirovka 
hisoblanadi.
Quyida markirovkaning asosiy belgilari keltirilgan:
- binoga kirish imkoni mavjud va qidimv-qutqaruv ishini olib borish uchun 
xavfsiz;
- shikastlar unchalik katta emas, buzilish davom etish ehtimoli kichik.
- bino ancha shikastlangan, ba’zi qismlari xavfsiz, ba’zilari esa xavfli;
- bino qidimv-qutqamv ishini olib borish uchim xavfli; - kvadrat yonidagi 
strelka binoga xavfsiz kirish yoiini ko‘rsatadi.
Vayronalarda jabrlanganlar qidimvi quyidagi asosiy usullar bilan olib 
boriladi:
kuzatish, guvohlar ko‘rsatmalariga binoan, qidiruv itlari yordamida, maxsus 
qurilmalar yordamida.
Razvedka qilinib xavfsiz ish sharoitlarini ta’minlagandan keyin 
qutqamvchilar jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun vay- ronalami tozalay 
boshlaydilar.
Birinchi navbatda qidiruv-qutqaruv ishi tirik insonlar topilgan joylarda olib 
boriladi. Bunda ikkita asosiy uslub qoilaniladi: vayronani yuqoridan pastki qismiga 
qarab tozalab borish; vayronada o‘tish joyini shakllantirish. Qidimv-qutqamv ishini 
olib borishda eng ko‘p quyidagi asboblar, uskunalar, mashina va mexanizmlardan 
foydalaniladi:
Gidravlik asboblar: kengaytimvchilar, domkratlar, gidravlik silindrlar.
Elektrik asboblar: zanjirli va diskli elektrcirralar.
Oddiy asboblar: lom, belkurak, kirka, arra



Download 0,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Suv toshqini paytida qutqaruv ishlari

Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish