|
Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari va terminlariBog'liq Hayot faoliyati xavfsizligi Mustaqil ish2. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari va terminlari
Xavf-xatar deganda, odam sog‘ligiga bevosita yoki bilvosita zarar
yetkazadigan ko‘ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi
oldingi standart tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni
o‘z ichiga oladi, chunki hayot faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari va
omillarini nazarda tutadi. Hayot faoliyatga to‘g‘ri kelmaydigan elementlar
tizimi, kimiyoviy hamda biologik faol moddalar yashirin xavfga egadir.
Xavflar taksonomiyasi – bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi
faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to‘g‘risidagi fandir. U
faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini
yanada chuqurroq o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan
bo‘lib, hali to‘la ishlab chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari quyidagilarni
tashkil etadi:
- kelib chiqishi bo‘yicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo‘ladi;
- rasmiy standartga asosan fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turl arga
bo‘linadi;
- salbiy oqibatlarning ro‘y berish vaqti bo‘yicha impul’siy (beixtiyor harakat)
va kumulyativ (tusatdan keluvchi) turlarda bo‘ladi;
- xavflar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha (lokalizatsiya) – litosfera,
gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog‘liq bo‘ladi;
- kelib chiqadigan oqibatlariga ko‘ra charchash, kasallanish, jarohatlanish,
halokatlar, yong‘inlar ko‘rinishida bo‘ladi;
- keltiradigan zarari bo‘yicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa turlarga
bo‘linadi;
- namoyon bo‘lishi bo‘yicha maishiy, sport, yo‘l-transport, ishlab chiqarish va
harbiy bo‘ladi;
- olamga ta’siri bo‘yicha o‘ta ta’sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik
moddalar, arok, sigaret) bo‘ladi. Sust ta’sir deganda odamning o‘zi sababchi
bo‘ladigan xavf tushuniladi.
|
| |