• Qurilmalar konvergensiyasi
  • Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot




    Download 472.66 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/9
    Sana14.04.2023
    Hajmi472.66 Kb.
    #51395
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    KEYINGI
    Журакулов темур, 1-2 Mustaqil ish 5, 1-2 Mustaqil ish 9, ​Раствор «Хлоро, Кушимча келишув2, ontogenezning ilk bosqichlarida inso, МСС МАЪРУЗА МАТНЛАРИ, “METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” MA\'ruzalar matni, Korxonalar faoliyatidagi tavakkalchlik va uni bartaraf etish yo\'llari, 1-sinf Texnologiya fanidan Qog\'ozni buklash usuli yordamida samolyot yasash dars ishlanma, ENG ENG ENG NOMLI ZAKOVAT SAVOLLAR., elektr-stansiyalari-va-ularning-ahamiyati, Mustaqillikka erishish arafasida O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosi, ilk qadam dasturida jismoniy tarbiya
    Tarmoq konvergensiyasi, qayd qilingan, mobil va konvergent xizmatlarni 
    taqdim etish uchun yagona infrastrukturani qo‘llashni taqazo etadi; ya’ni bitta 
    tarmoq, yagona yadro bazasi asosida mobil va qayd qilingan trafiklarni uzatishni 
    qo‘llab quvvatlovchi juda ko‘p servislarni ta’minlaydi. Bunga, NGN konsepsiyasi 
    asosidagi yagona transport tarmoqlarini yaratgandan keyingina erishish mumkin.
    Yangi avlod tarmoqlarining arxitekturasi, xizmatlar konvergensiyasini qo‘llash 
    doirasida, ulanish satxi amaliy satxdan ajratilgan bo‘lishini qarab chiqadi. Qayd 
    qilingan va mobil kanallar bo‘yicha ulangan foydalanuvchilar real vaqtda barcha 
    servislarga ulanish imkoniga ega bo‘ladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, aloqa 
    tarmoqlarida konvergent xizmatlarga abonent qo‘llaydigan har qanday terminal 
    (telefon, smartfon, SHK, noutbuk)dan, foydalanuvchining joyiga bog‘liq bo‘lmagan 
    holda ulanish mumkin. 
    Qurilmalar konvergensiyasi deganda, yagona tarmoq servis turlariga va 
    ulanish namunalariga bog‘liq holda turli terminal qurilmalarni qo‘llab quvvatlashni 
    amalga oshirish tushiniladi. 
    Oxirgi o‘n yillikda elektron texnikaning yutuqlari telekommunikatsiya 
    sohasida shov- shuvlarga olib keldi.1980 yillarning o‘rtalarida statistik holatdagi 
    aloqa, hozirgi kunda, operatorlarga ancha foyda olib keladigan shiddat bilan 
    rivojlanayotgan sohaga aylandi.


    Foydalanuvchilar bundan 15 yil avval hayoliga ham kelmagan xizmatlarga 
    ulanish imkoniga ega bo‘lishdi. E-mail, Internet, sotali telefon kundalik hayotning 
    odatdagi bir qismiga aylandi. Hozirgi kunda foydalanuvchilarga faqat uy telefonlari 
    orqali gaplashish etarli emas. Ular ko‘chada, poezdda, kemada, xullas dunyoning 
    har qanday burchagidagi do‘stlariga yoki hamkasblariga qo‘ng‘iroq qilishni 
    hoxlaydi. Buning uchun operatorda turli tarmoqlarga tegishli bo‘lgan bir nechta 
    turdagi qurilmalar etishmaydi. Fan va texnikaning yutuqlaridan qat’iy nazar birorta 
    aloqa operatori agar iqtisodiy nuqtai nazardan foyda keltirmasa yangi qurilma 
    o‘rnatmaydi yoki yangi xizmatlarni kiritmaydi. Shuning uchun aloqa tarmoqlari 
    operatorlarini, yangi foyda olish ehtiyoji, ularni qanday qilib tez va arzon yangi 
    xizmat turlarini yaratish mumkinligi, qanday qilib yangi abonentlarni jalb qilishi 
    mumkinligi, qurilmalarni ishlab chiqaruvchilarga bog‘liq bo‘lmasligi, 
    raqobatbardosh bo‘lishi yangi tarmoqni yaratishda bosh qotirishga majbur qiladi. 
    Yangi avlod tarmoqlari (NGN), asta-sekinlik bilan aloqa tarmoqlarining 
    bazaviy texnologiyalariga aylangan holda telekommunikatsiya infrastrukturasiga 
    yo‘l ochadi. Paktli kommutatsiyaga ega bo‘lgan tarmoqlar mos keluvchi apparatlarni 
    qo‘llab quvvatlasa, yagona konsepsiyani, konvergent muhitni qo‘llab raqamli 
    ma’lumotlardan tortib ovozli telefoniya, televideniya va shunga o‘xshagan 
    multimediali trafiklarni uzatish qobiliyatiga ega.
    Kanallar kommutatsiyasiga asoslangan, vaqtli multipleksorlash (TDM)ga ega 
    bo‘lgan odatdagi tarmoqlardan NGN tarmoqlarining farqi, multimediali trafiklarni 
    (ovoz, ma’lumot, video va shunga o‘xshaganlar) uzatish imkonini beruvchi paketli 
    kommutatsiyaga ega. 
    Paketli kommutatsiyaga ega bo‘lgan tarmoqlarga o‘tishning birinchi harakati, 
    2001 yilning oxirlari 21 asrning boshlarida GFP (Generic Framing Procedure, ITU-
    T G.7041/Y.1303 tavsiyasi asosida) texnologiyasi yaratilgandan keyin boshlangan. 
    Mazkur texnologiya, PDHning E1 (2048 Mbit/s) oqimlari uchun mo‘ljallangan 
    va sinxron raqamli ierarxiya (SDH)ga ega bo‘lgan transport tarmoqlari orqali 
    uzatishga mo‘ljallangan paketli trafiklarni VC-12 virtual konteynerlariga samarali 
    joylashtirish imkonini beradi. 


    GFP protokoli, 2 Mbit/s dan 100 Mbit/s gacha o‘tkazuvchanlik polasasini 
    moslashgan holda sozlash imkoni bilan farqlanadi. SHundan ozgina keyin, GFP va 
    LCAS protokollari bazasi asosida, SDH tarmoqlari orqali Gigabit Ethernet 
    trafiklarini uzatishdan foydalanila boshlandi. 
    Gigobit oqimlar, sinxron raqamli ierarxiyaga ega bo‘lgan tarmoqlarning asosiy 
    modul yuklamasi hisoblangan VC-4 konteynerlariga qobiqlandi. 
    GFP, LCAS va (VCAT) virtual konteynerlarning ulanishini amalga 
    oshiradigan protokollarni qo‘llab-quvvatlovchi SDH tizimlari multiservisli transport 
    platformasi (Multy Service Transport Platform) yoki keyingi avlod SDH (Next 
    Generation SDH – NG SDH) nomini oldi. 
    Metro Ethernet texnologiyasining faol rivojlanishi, Ethernet paketlarini optik 
    tolali aloqa liniyalari orqali bevosita uzatgan holda paketli trafiklarni SDH 
    konteynerlariga o‘zgartirishdan xalos bo‘lish imkonini berdi. 
    Yangi avlodning aloqa tarmoqlarini qurish konsepsiyasi asosida, har qanday 
    turdagi ma’lumotlarni: nutq, video, audio, grafika va shunga o‘xshaganlarni tashish 
    imkonini beruvchi universal tarmoqlarni yaratish, shuningdek chegaralanmagan 
    spektrdagi infokommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish imkonini ta’minlash 
    haqidagi g‘oya yotadi. 
    NGN konsepsiyasining bazaviy tamoyili, ko‘chirish va kommutatsiyalash, 
    chaqiriqlarni boshqarish va xizmatlarni boshqarish funksiyalarini bir-biridan 
    ajratish hisoblanadi. 
    Keyingi avlod tarmoqlari mavjud aloqa tarmoqlari (TfUF, ma’lumotlarni 
    uzatish tarmog‘i, harakatdagi aloqa tarmog‘i)ni potensial birlashtirishi va quyidagi 
    tavsiflarga: ajratilgan boshqarish va ma’lumotlarni ko‘chirish funksiyali, paketlarni 
    kommutatsiyalash bazasiga ega bo‘lgan tarmoqlarga (bunday tarmoqlarda xizmat 
    funksiyasi va ilovalar tarmoq funksiyasidan ajratilgan), ochiq interfeyslarga ega 
    bo‘lgan komponent tuzilishli tarmoqqa, real vaqtdagi xizmatlar va ma’lumotlarni 
    etkazish xizmatlari (elektron pochta) bilan birgalikda keng spektrdagi xizmatlarni 
    qo‘llab-quvvatlovchi tarmoqga (shu jumladan multimediali xizmatlarni ham), 
    elektr aloqaning odatdagi tarmoqlari bilan o‘zaro bog‘lanishni ta’minlovchi 


    tarmoqqa, umumiy mobillikga ega bo‘lgan tarmoqqa ya’ni bitta alohida abonent 
    foydalanishi, kirish texnologiyalariga va qo‘llaniladigan terminalga bog‘liq 
    bo‘lmagan holda xizmatlarni boshqarishi va abonentga erkin tanlangan xizmatlarni 
    taqdim etish imkonini beruvchi tarmoqga ega bo‘lishi lozim. 
    Keyingi avlod konsepsiyasi asosida qurilgan elektr aloqa tarmog‘i, odatdagi 
    elektr aloqa tarmoqlariga nisbatan quyidagicha afzalliklarga ega: 

    Download 472.66 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 472.66 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot

    Download 472.66 Kb.
    Pdf ko'rish