• Boshqarilish tamoyili
  • Quyi tizimni balanslanganlik tamoyili
  • Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot




    Download 472.66 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/9
    Sana14.04.2023
    Hajmi472.66 Kb.
    #51395
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    KEYINGI
    Журакулов темур, 1-2 Mustaqil ish 5, 1-2 Mustaqil ish 9, ​Раствор «Хлоро, Кушимча келишув2, ontogenezning ilk bosqichlarida inso, МСС МАЪРУЗА МАТНЛАРИ, “METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” MA\'ruzalar matni, Korxonalar faoliyatidagi tavakkalchlik va uni bartaraf etish yo\'llari, 1-sinf Texnologiya fanidan Qog\'ozni buklash usuli yordamida samolyot yasash dars ishlanma, ENG ENG ENG NOMLI ZAKOVAT SAVOLLAR., elektr-stansiyalari-va-ularning-ahamiyati, Mustaqillikka erishish arafasida O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosi, ilk qadam dasturida jismoniy tarbiya
    Integratsiyalash tamoyili ko‘pgina servislar, protokollar, texnologiyalarning 
    yagona tizimida foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunga Web-servislar yoki 
    paketli telefoniya tizimini ma’lumotlarni uzatish tarmog‘iga qo‘yilishini misol 
    qilish mumkin. 
    Boshqarilish tamoyili avtomatik boshqarish elementlari bo‘lgan tizimdan, 
    qurilmani boshqarishdan tashqari servislarni boshqarishni o‘z ichiga olgan to‘liq 
    avtomatik boshqarishga o‘tishni bildiradi. Ushbu tamoyilga muvofiq 
    barcha o‘rnatish va sozlash, yuklamani balansirovka qilish, rad etishning 
    barqarorligini ta’minlash va tiklash avtomatik tarzda bajarilishi kerak. 
    Quyi tizimni balanslanganlik tamoyili barcha quyi tizimlarga moslashish 
    tamoyillarini qo‘llash zarurligi nazarda tutiladi. 
    Keyingi tarmoqning shakllangan tamoyillari infratuzilmaviy qarorlarni 
    loyihalashda yangi yondoshuvni, xususan kommutatsiya (tarmoq) va boshqarish 
    vositalari kabi komponentlarini ifodalaydi. Ushbu tamoyillarni tarmoq va 
    telekommunikatsiya uskunasini etakchi ishlab chiqaruvchilari tomonidan amalga 
    oshirish yangi avlod aloqa tarmoqlarining konsepsiyasida (Next Generation 
    Networks/New Generation Networks, NGN) o‘z ifodasini topgan. SHu bilan birga 
    ishlab chiqaruvchilarning turli ochiq nashrlari va texnik materiallaridagi nomlarida, 
    shu ma’noni ifodalaydigan boshqa atamalarni ko‘rish mumkin: adaptiv tarmoq 
    (Adaptive Networks,), intellektual tarmoq (Intelligent Networks,) va shu kabi. NGN 
    atamasi aloqa operatorlarining tarmoqlariga nisbatan qo‘llaniladi, NGN 


    konsepsiyasining asosiy g‘oyasi adaptivligi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda tarmoq 
    ishlab chiqaruvchilari biznesning zamonaviy talablariga muvofiqligi nuqtai nazarida 
    axborot texnologiyasini rivojlantirishda sifatli sakrash kabi ko‘rib chiqib, ushbu 
    g‘oyani quvvatlaydi va targ‘ibot qiladi. 
    NGN tarmog‘i «texnologik majburiyati» nuqtai nazarida nimadan iborat? 
    Keyingi avlod tarmog‘i aloqa operatorining an’anaviy tarmog‘idan keskin farq 
    qiladi, asosiy vazifasi aloqa kanallarini sotishdan iborat. YAngi avlod aloqa 
    operatori xizmatlarining ro‘yxatiga intellektual servisni (VolP, ilovalar ijarasi, 
    xosting va boshqalar) taqdim etish kiradi. NGN tarmog‘ining o‘ziga xos 
    xususitlariga quyidagilar kiradi: 
    - mijoz (foydalanuvchi) va server qismining mavjudligi, shuningdek barcha 
    resurslar, jumladan mijoz resurlarini boshqarish
    - multiservis transport muhitini talab etadigan multimedia xizmatlarini 
    quvvatlash; 
    - turli protokollar va ko‘p bog‘lanishli o‘zaro ishlashni quvvatlash (hozirda 
    keng tarqalgan «nuqta-nuqta» o‘zaro ishlashdan farqli ravishda); 
    - murakkab ko‘p darajali adreslashdan foydalanish imkoniyati; 
    - xizmatlarning mobilligi va sifat kafolatiga qo‘yiladigan talablarning 
    bajarilishi. 
    Yangi avlod tarmog‘ining tarmoqli arxitektura ierarxiyasi transport darajani, 
    axborotni kommutatsiya qilish va uzatishni boshqarish darajasi va xizmatlarni 
    boshqarish darajasiga bo‘lish nazarda tutiladi. Qayta sozlash istalgan yuqori 
    turuvchi darajadan quyi turuvchi daraja hech qanday moslashishni talab etmagan 
    qaror optimal bo‘ladi, ushbu xususiyat tizimning moslashishi va universialligini 
    kafolatlaydi va shu infratuzilmaga ega bo‘lgan kompaniyaning real kafolatli 
    afzalligini beradi.  

    Download 472.66 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 472.66 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot

    Download 472.66 Kb.
    Pdf ko'rish