|
Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkentBog'liq A9k4uhxO3YwZ1v7e4Zqkca5zrFHjWA2dl3HCizPLKriptografiyaning tarixi. Ma’lumotlarni shifrlashning dastlabki
ko‘rinishlaridan ming yillar avval foydalanib kelingan. Yaqin o‘n
yilliklarga qadar foydalanilgan shifrlar klassik shifrlar deb atalgan.
Kriptografiyani fan sifatida taraqqiy etishini aksariyat adabiyotlarda bir
necha davrlarga ajratib, turli yondashuvlarga asoslanib o‘rganilgan.
Masalan, ba’zi manbalarda hisoblash qurilmalari yaratilgunga qadar
foydalanilgan shifrlar – klassik shifrlar davriga tegishli deb olingan.
Undan keyingi davr esa zamonaviy shifrlar davri deb yuritiladi. Biroq,
hisoblash qurilmalari yaratilgunga qadar bo‘lgan davr juda uzoq
bo‘lgani bois, ularni ham qism davrlarga ajratish muhim ahamiyat kasb
etgan. Shuning uchun, kriptologiyani fan sifatida shakllanishini quyidagi
davrlarga ajratish mumkin:
1. Qadimiy davr (qadimiy davr klassik shifrlari). Ushbu davrda
klassik shifrlar asosan bir alfavitli o‘rniga qo‘yish va o‘rin almashtirish
akslantirishlariga asoslangan. Masalan, Sezar, Polibiya kvadrati usullari.
2. O‘rta davr (o‘rta davr klassik shifrlari). Ushbu davrda shifrlar
asosan ko‘p alfavitli o‘rniga qo‘yishga asoslangan bo‘lib, ularga Vijiner,
Atbash usullarini misol sifatida keltirish mumkin. Ushbu davrdagi
shifrlarning, birinchi davr shifrlariga qaraganda, bardoshligi yuqori
bo‘lgan.
3. 1 va 2 – jahon urushlari davri (1 va 2- jahon urushlari
davridagi klassik shifrlar). Ushbu davr kriptotizimlari asosan
elektromexanikaga asoslangan bo‘lib, radioto‘lqin orqali shifrmatnni
uzatish (Morze alifbosi) amalga oshirilgan. Mazkur davrga oid shifrlash
usullariga Zimmermann telegrammi, Enigma shifri, SIGABA
mashinalarini misol sifatida keltirish mumkin.
4. Kompyuter davri (zamonaviy shifrlar). Ushbu davr shifrlari
hisoblash qurilmalariga mo‘ljallangan bo‘lib, yuqori xavfsizlik
darajasiga ega. Zamonaviy shifrlarga misol sifatida DES
, AES, ГОСТ Р
28147-89, IDEA, A5/1, RC4 (barchasi simmetrik) va RSA, El-Gamal
(ochiq kalitli)larni keltirish mumkin.
|
| |