53
Odatda kriptografiyada ma’lumotlarni shifrlashda
(rasshifrovkalashda) ikki turdagi
akslantirishlardan foydalaniladi.
Ulardan biri
o‘rniga qo‘yish (substitution) akslantirishi, ikkinchisi
o‘rin
almashtirish (permutation) akslantirishi.
O‘rniga qo‘yish akslantirishi. Ushbu akslantirish sodda va
zamonaviy simmetrik kriptografik algoritmlarning asosi hisoblanadi.
O‘rniga qo‘yish akslantirishida, ochiq matn simvollari bir alfavitdan
olinib, unga mos shifrmatn simvollari boshqa bir alfavitdan olinadi.
Sodda ko‘rinishda olingan o‘rniga qo‘yish akslantirish amali
asosida shifrlash uchun olingan matn quyida keltirilgan. Ushbu sodda
shifrlash usuli Sezar nomi bilan mashhur. Masalan, agar ochiq matn
“HELLO”ga teng bo‘lsa, unga mos holda shifrmatn “KHOOR”ga teng
bo‘ladi. Mazkur holda shifrmatn alfaviti ochiq matn alfavitidan 3 ta
pozisiyaga surish natijasida hosil qilingan va shuning uchun shifrlash
kalitini 3 ga teng deb hisoblash mumkin (3.1-jadval). Rasshifrovkalash
jarayonida esa shifrmatn simvollari shifrmatn alfavitidan olinib, unga
mos ochiq matn alfavitidagi simvollarga almashtiriladi. Masalan,
shifrmatn “ILUVW”ga teng bo‘lsa, unga mos ochiq matn “FIRST”ga
teng bo‘ladi.
3.1-jadval