• Oqimli simmetrik shifrlash algoritmlari.
  •   3.2. Simmetrik kriptografik algoritmlar




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/128
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,33 Mb.
    #123541
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   128
    Bog'liq
    A9k4uhxO3YwZ1v7e4Zqkca5zrFHjWA2dl3HCizPL

     


    56 
    3.2. Simmetrik kriptografik algoritmlar 
     
    Quyida simmetrik kriptotizimlar, shuningdek, ularning ikki turi: 
    oqimli va blokli simmetrik shifrlash algoritmlariga to‘xtalib o‘tiladi. 
    Simmetrik shifrlash algoritmlarida ma’lumotlarni shifrlash va 
    rasshifrovkalashda yagona kalitdan foydalaniladi. Ma’lumotlarni 
    shifrlash va rasshifrovkalash jarayonlarini amalga oshirish tartibi 
    foydalanilayotgan tizim xususiyatiga asosan tanlanadi.
    Simmetrik kriptotizimlarning ishlashi bilan tanishishda quyidagi 
    belgilashlar kiritiladi: 
    − 
    ochiq matn 
    𝑃 ni simmetrik kalit 𝐾 bilan shifrlash:
    𝐶 = 𝐸(𝑃, 𝐾); 
    − 
    shifrmatn 
    𝐶 ni simmetrik kalit 𝐾 bilan rasshifrovkalash: 
    𝑀 = 𝐷(𝐶, 𝐾). 
    Bu yerda, 
    𝐸() va 𝐷() lar mos ravishda simmetrik kriptotizimdagi 
    shifrlash va rasshifrovkalash funksiyalari. 
    Oqimli simmetrik shifrlash algoritmlari. Oqimli simmetrik 
    shifrlash algoritmlari bir martali bloknotga asoslangan, farqli jihati – 
    bardoshligi yetarlicha pastligi va boshqariladigan kalitning mavjudligi. 
    Ya’ni, kichik uzunlikdagi kalitdan ochiq matn uzunligiga teng bo‘lgan 
    ketma-ketlik hosil qilinadi va undan bir martali bloknot sifatida 
    foydalaniladi.
    Oqimli shifr 
    𝑛 bitli kalit 𝐾 ni qabul qiladi va uni ochiq matnni 
    uzunligiga teng bo‘lgan ketma-ketlik 
    𝑆 ga uzaytiradi. Shifrmatn 𝐶 ketma 
    – ketlik 
    𝑆 ochiq matn 𝑃 bilan 𝑋𝑂𝑅 amali yordamida hosil qilinadi. 
    Bunda ketma-ketlikni qo‘shish bir martali bloknotni qo‘shish kabi 
    amalga oshiriladi.
    Oqimli shifrni quyidagicha sodda ko‘rinishda yozish mumkin: 
    𝑆𝑡𝑟𝑒𝑎𝑚𝐶𝑖𝑝ℎ𝑒𝑟(𝐾) = 𝑆 
    Bu yerda 
    𝐾 kalit, 𝑆 esa natijaviy ketma-ketlik. Esda saqlash 
    lozimki, bu yerdagi ketma-ketlik shifrmatn emas, balki bir martali 
    bloknotga o‘xshash oddiy qator.
    Agar berilgan ketma-ketlik 
    𝑆 = 𝑠
    0
    , 𝑠
    1
    , 𝑠
    2
    , …, va ochiq matn
    𝑃 = 𝑝
    0
    , 𝑝
    1
    , 𝑝
    2
    , …, berilgan bo‘lsa, XOR amali yordamida shifrmatnning 
    mos bitlari 
    𝐶 = 𝑐
    0
    , 𝑐
    1
    , 𝑐
    2
    , …, ni quyidagicha hosil qilish mumkin. 


    57 
    𝑐
    0
    = 𝑝
    0
    ⨁𝑠
    0
    , 𝑐
    1
    = 𝑝
    1
    ⨁𝑠
    1
    , 𝑐
    2
    = 𝑝
    2
    ⨁𝑠
    2
    , … 
    Shifrmatn 
    𝐶 ni rasshifrovkalash uchun, yana ketma-ketlik 𝐶 dan 
    foydalaniladi: 
    𝑝
    0
    = 𝑐
    0
    ⨁𝑠
    0
    , 𝑝
    1
    = 𝑐
    1
    ⨁𝑠
    1
    , 𝑝
    2
    = 𝑐
    2
    ⨁𝑠
    2
    , … 
    Jo‘natuvchi va qabul qiluvchini bir xil oqimli shifrlash algoritmi va 
    kalit 
    𝐾 bilan ta’minlash orqali, ikkala tomonda bir xil ketma-ketliklarni 
    hosil qilish mumkin. Biroq, natijaviy shifr kafolatli xavfsizlikka ega 
    bo‘lmaydi va asosiy e’tibor amaliy jihatdan qo‘llashga qaratiladi.

    Download 3,33 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   128




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      3.2. Simmetrik kriptografik algoritmlar

    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish