• Biometrik namunalarga misollar
  • Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/128
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,33 Mb.
    #123541
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   128
    Bog'liq
    A9k4uhxO3YwZ1v7e4Zqkca5zrFHjWA2dl3HCizPL

    Biometrik tizimlar. Biometrik qurilmalar tirik organizmning 
    fiziologik yoki odatiy (g‘ayri-ixtiyoriy) xarakateristikalariga asoslangan. 
    Keng tarqalgan biometrik usullarga quyidagilar taalluqli (4.2-
    rasm): 


    95 
    - barmoq izlari bo‘yicha. Barmoq izlarini skanerlash usuli har bir 
    inson barmoqlarining kapilyar shakllarining noyobligiga asoslangan. 
    Barmoq izi skanerlarining o‘lchami kichik, ular universal, arzon va keng 
    qo‘llaniladi; 
    - qo‘l kaftining biometrik shakli bo‘yicha. Ushbu usul qo‘l 
    panjasining shakliga asoslangan. Kaftni skanerlash vositalarining 
    samaradorligi barmoq skanerlari samaradorligi bilan taqqoslana oladi; 
    - ko‘z to‘rpardasi bo‘yicha. Bunda ko‘z qorachig‘i orqali uning 
    orqa devori qon tomirlariga yorug‘likning infraqizil nuri yo‘naltiriladi. 
    Shu tariqa yoritilgan ko‘z tubi maxsus kamera yordamida skanerlanadi; 
    - ko‘zning rangdor pardasi bo‘yicha. Rangdor pardadagi dog‘ 
    insonning eng noyob xarakteristikasi hisoblanadi. Usulning afzalligi 
    shundaki, masofadan skanerlash mumkin. Bu skanerlarni kuzatuv 
    kameralari bilan integrallashga imkon beradi
    - yuzning shakli bo‘yicha. Usul inson yuzining ko‘p o‘lchamli 
    qiyofasini qurishga asoslangan; 
    - qo‘lyozma dastxat bo‘yicha. Usul imzoning yoki maxsus 
    iboraning grafik identifikatsiyasiga asoslangan; 
    - klaviatura dastxati bo‘yicha. Usul, odatda, oldindan belgilangan 
    matnni klaviuaturada terishning o‘ziga xos xususiyatlariga asoslangan
    - ovoz bo‘yicha. Usul inson nutqining chastotasi yoki statistik 
    xarakteristikalari profiliga asoslangan. Afsuski, usul inson holatiga 
    bog‘liq.
     Barmoq izi 
     Yuz tasviri 
     Ko‘z qorachig‘i 
     Ovoz 
    4.2-rasm. Biometrik namunalarga misollar 
    Autentifikatsiya sohasida foydalanish uchun ideal biometrik 
    parametr quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi shart: 
    - universal bo‘lishi 
    – 
    biometrik parametrlar barcha 
    foydalanuvchilarda bo‘lishi; 


    96 
    - farqli bo‘lishi – barcha insonlarning tanlangan biometrik 
    parametri bir-biridan farqlanishi
    - o‘zgarmaslik – tanlangan biometrik parametr vaqt o‘tishi bilan 
    o‘zgarmay qolishi; 
    - to‘planuvchanlik – fizik xususiyat osonlik bilan to‘planuvchan 
    bo‘lishi. Amalda fizik xususiyatni to‘planuvchanligi, insonning 
    autentifikatsiya jarayonga e’tibor berishiga ham bog‘liq bo‘ladi. 
    Biometrik tizimlarning eng ishonchligi – ko‘zning rangdor pardasi 
    yoki ko‘z to‘rpardasi bo‘yicha skanerlash. Hozirda beshta barmoq 
    skaneri va bir vaqtda barmoq izi va ko‘zning rangdor pardasidan 
    foydalanuvchi kombinatsiyalangan qurilmalar eng yuqori aniqlikni 
    ta’minlaydi.
    Biometrik atributlar bo‘yicha autentifikatsiyalashning o‘ziga xos 
    xususiyatlari va kamchiliklari mavjud: 
    - biometrika faqat tirik organizmga mo‘ljallangan; 
    - ehtimollik xarakterga ega bo‘lganligi sababli, asboblarning 
    ta’sirchanligini hisobga olish lozim; 
    - aksariyat vositalar atrof-muhitga hamda insonning yoshi va 
    sog‘lig‘iga bog‘liq; 
    - hozirda barmoq izlari skanerlaridan tashqari barcha vositalar 
    yetarlicha qimmat; 
    - davlat tomonidan total nazorat tahdidi xususida 
    foydalanuvchilarda ishonchsizlikning mavjudligi. 
    Iste’molchi nuqtai nazaridan biometrik autentifikatsiyalash tizimi 
    quyidagi ikkita parametr orqali xarakterlanadi: 
    - FAR (False Acceptance Rate) – foydalanishga yolg‘on ruxsatlar 
    chastotasi; 
    - FRR (False Rejection Rate) – foydalanishga yolg‘on inkorlar 
    chastotasi. 
    1- va 2-xil xatoliklar (FAR va FRR ko‘rsatkichlari) o‘zaro 
    bog‘langan: bir parametr qanchalik yaxshi bo‘lsa, ikkinchisi shunchalik 
    yomon bo‘ladi, ya’ni, bu yerda teskari mutanosiblik mavjud. Mukammal 
    biometrik tizimda xatolikning ikkala parametri nolga teng bo‘lishi shart. 
    Afsuski, biometrik tizim ideal emas. Shu sababli nimanidur qurbon 
    qilishga to‘g‘ri keladi. 

    Download 3,33 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   128




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish