• Smartkarta va smartkarta o‘quvchi (ACR39U) qurilma
  • Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/128
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,33 Mb.
    #123541
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   128
    Bog'liq
    A9k4uhxO3YwZ1v7e4Zqkca5zrFHjWA2dl3HCizPL

    Elektron qurilmalar. 
    Identifikatsiya va autentifikatsiya 
    vositalarining 2-turiga, tarkibida subyekt xususida qandaydir noyob 
    axborot mavjud elektron qurilmalar taalluqli. Bunday qurilmalar 
    foydalanuvchilar bilan birga bo‘lishi lozim. 4.1-rasmda maxsus 


    92 
    maqsadli smartkarta va uni o‘quvchi qurilma (smartkarta o‘quvchi 
    qurilma) aks ettirilgan. 
    4.1-rasm. Smartkarta va smartkarta o‘quvchi (ACR39U) qurilma 
     
    Elektron qurilmalarni quyidagicha tasniflash mumkin: 

    amalga oshirilishi bo‘yicha passiv (faqat xotirali) va aktiv 
    (mikroprosessorli) elektron qurilmalar farqlanadi; 

    o‘qish qurilmalarining mavjudligi bo‘yicha alohida o‘qish 
    qurilmasili (reader), kalit bilan integrallangan o‘qish qurilmasili 
    (masalan USB- portga ulanadi) va kompyuterning kiritish qurilmasidan 
    va asosiy xotirasidan foydalanuvchi elektron qurilmalar farqlanadi; 

    funksional belgilanishi bo‘yicha statik, sinxron dinamik va 
    asinxron dinamik elektron qurilmalar farqlanadi. 
    Statik qurilmalar doimiy noyob axborotni saqlashni ta’minlaydi va 
    subyektni autentifikatsiyalash yoki identifikatsiyalash uchun ishlatiladi. 
    Oddiygina statik qurilmalarga disketa, xotira kartasi, magnit tasmali, 
    qog‘oz karta, tarkibida identifikator, parol, sertifikat va h. bo‘lgan ATM-
    karta misol bo‘la oladi. 
    Zamonaviy statik qurilmalarga quyidagilar taalluqli: 
    – smart kartalar – mikroprosessor o‘rnatilgan kredit karta 
    o‘lchamidagi karta; 
    – USB kalitlar – kompyuterning USB-portiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
    ulanuvchi qurilma bo‘lib, tarkibida mikroprosessor o‘rnatilgan kalit va 
    o‘qish qurilmasi mavjud; 
    – iButton elektron tabletkalari. Ba’zida, Touch Memory deb ham 
    ataladi; 
    – kontaktsiz radiochastota identifikatorlari – RFID–radiometkalar. 


    93 
    Sinxron dinamik qurilmalar vaqtning o‘zgarmas oralig‘ida parol 
    generatsiyalaydi. Serverdagi va tokendagi tizim vaqtlari sinxronlanishi 
    lozim. 
    Asinxron dinamik qurilmalar qandaydir hodisa (masalan, 
    serverdagi va tokendagi tugmalar bosilganida) sodir bo‘lganida 
    navbatdagi parolni generatsiyalaydi. Sinxron va asinxron qurilmalar 
    generatsiyalovchi parol identifikatsiyani, kiritiluvchi PIN-kod yoki parol 
    esa autentifikatsiyani ta’minlashi mumkin. Undan tashqari, bunday 
    tizimlar, foydalanuvchi ismidan foydalanib, ikki omilli autentifikatsiyani 
    tashkil etishi mumkin.
    So‘rov-javobli kurilmalar 
    autentifikatsiyaning nomdosh 
    mexanizmini amalga oshiradi. Mijoz (kalit) so‘rovni boshlaydi, 
    autentifikatsiya vazifasini bajaruvchi server javob sifatida qandaydir 
    psevdotasodifiy kodni yoki iborani generatsiyalaydi va kalitga uzatadi. 
    Olingan ma’lumotlar asosida elektron qurilma o‘rnatilgan algoritm 
    bo‘yicha javobni hisoblaydi va serverga qayta jo‘natadi. Server kalitda 
    amalga oshirilgan algoritmni biladi va mijozdan kelgan javobning 
    to‘g‘riligini tekshiruvchi autentifikatsiya amalini bajaradi. 
    Elektron qurilmalar qator kamchiliklarga ega: 
    - qurilmani bilmasdan sindirish mumkin, qurilma energiya 
    iste’mol qilsa uning energiya ta’minoti holatini kuzatish lozim; 
    - qurilma o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, olib qo‘yilishi yoki kimdir 
    undan foydalanishi holati tug‘ilishi mumkin; 
    - oddiy qurilmalar klonlashtirilishi mumkin; 
    - USB-tokenlardan tashqari, aksariyat qurilmalar qo‘shimcha 
    o‘qish qurilmalarining mavjudligi talab etiladi. 
    Biletlar. Identifikatsiya va autentifikatsiyani nafaqat elektron 
    qurilmalar, balki mustaqil noyob ma’lumotlarning kriptografik nabori 
    yordamida tasavvur etish mumkin. Tarmoqda autentifikatsiya jarayonida 
    ishtirokchilarga taqdim etiladigan seans biletlari yoki mandatlar keng 
    tarqalgan. Biletlardan foydalanib autentifikatsiya mexanizmini amalga 
    oshiruvchi tizimlarga Kerberos misol bo‘la oladi. 
    Tarmoq autentifikatsiyasini markazlashtirilmagan (har bir 
    stansiyada) yoki markazlashtirilgan tarzda amalga oshirish mumkin. 
    Markazlashtirilgan tarzda amalga oshirishda autentifikatsiyaning 
    ajratilgan serveridan foydalaniladi. Markazlashtirilgan 
    autentifikatsiyaning mashhur serveri – Kerberos. Uning asosiy 
    xususiyatlari quyidagilar: 


    94 
    - barqaror autentifikatsiyani amalga oshirishda seans biletlaridan 
    foydalaniladi. Bilet tarkibida shifrlangan yashirin kalit, so‘rov 
    xarakteristikasi, almashishning vaqtiy oralig‘i va h. mavjud; 
    - autentifikatsiya axborotini yashirish uchun simmetrik 
    algoritmdan foydalaniladi; 
    - tarmoq komponentlari orasida aloqani o‘rnatishdan oldin ikkita 
    stansiyaning (mijoz va server) o‘zaro autentifikatsiya mexanizmlari 
    ishlatiladi; 
    - tizimda yagona kirish texnologiyasi amalga oshiriladi. Bunda 
    sessiya doirasida turli tarmoq so‘rovlarini bajarishda avtorizatsiyalangan 
    foydalanuvchining foydalanuvchi parolini qaytadan kiritishiga hojat 
    qolmaydi; 
    - har bir stansiya Kerberos serverida saqlanuvchi uzoq muddatli 
    maxfiy kalitga ega. 
    Kerberos serveri ishtirokidagi mijoz va server orasidagi dastlabki 
    autentifikatsiya algoritmi quyidagi ko‘rinishga ega: 

    mijoz Kerberos serveriga, tarkibida mijoz identifikatori va 
    so‘raluvchi server servisi bo‘lgan so‘rovni jo‘natadi;

    Kerberos, serverning maxfiy kaliti bilan shifrlangan 
    shakllantirilgan biletni va mijozning maxfiy kaliti bilan shifrlangan 
    biletdagi axborot qismi nusxasini mijozga qaytarib jo‘natadi; 

    mijoz biletdagi axborotning ikkinchi qismini rasshifrovkalab, 
    uni bilet bilan birga serverga jo‘natadi; 

    server biletni rasshifrovkalab, uning tarkibini mijoz jo‘natgan 
    axborot bilan taqqoslaydi. Mos kelishi mijoz va serverning o‘zaro 
    muloqotning vakolatli abonentlari ekanligini tasdiqlaydi. 
    Odatda biletni shifrlash DES, 3DES, AES (Kerberos v5) simmetrik 
    algoritmlari bo‘yicha bajariladi. 
    Kerberos tizimining asosiy kamchiligini aksariyat 
    markazlashtirilgan tizimlar kamchiliklari bilan, xususan, kalitlarni 
    taqsimlash markazida (Key Destribution Center, KDCda) maxfiy 
    kalitlarning markazlashgan holda saqlanishi bilan bog‘lashadi.
    Ta’kidlash lozimki, autentifikatsiya protokollarida asimmetrik 
    shifrlash va elektron raqamli imzodan ham foydalanish mumkin. 

    Download 3,33 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   128




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish