Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi b. I. Ganiyeva




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/128
Sana14.05.2024
Hajmi5,22 Mb.
#230930
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   128
Bog'liq
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

Ikkinchi jarayon 
— klassifikatsiya qarorini qabul qilishdan ham ­
da dastlabki klassifikatsiya qarorini klassifikatsiya indekslariga 
aylantirishdan iborat.
Zarur klassifikatsiya indekslarini qidirish kutubxonada qabul 
qilingan klassifikatsiya jadvallari asosida olib boriladi.
Sistemalovchi indekslash ishi bilan shug‘ullanganda klassifi- 
katsiyani xizmat jadvalidan, uslubiy apparatdan va APK (Alfavit 
predmet ko‘rsatkichi)dan foydalaniladi.
Markazlashtirilgan klassifikatsiya indekslari bo‘lmagan holda 
bu jarayon quyidagi bosqichlardan:
a) zarur indekslarni saqlab qolish;
b) tayyor uslubiy qarorlardan foydalanish, uslubiy apparatga 
murojaat qilish;
d) to‘liq indeks tuzishdan iborat bo'ladi.
Indekslarni qidirishni ikki usul bilan bajarish mumkin: 
dastlabki qarorni klassifikatsiya jadvallari (bosqichma-bosqich
89


chuqurlashtirish yo‘li) bilan, muntazam solishtirish yo‘li yoki 
APK jadvallari bo'yicha jadvallarda asosiy jadvallardan foydala- 
nish yo‘li bilan, APK indekslarni to‘g‘ridan to‘g‘ri (jadvallarga 
solishtirmasdan) foydalanish qat’iy taqiqlanadi. Chunki bu us- 
lubiy xatolarga yo‘l qo‘yishga olib keladi (bunda sistemalovchi 
o‘zini uslubiy apparat jadvalaridan butunlay ajratib qo‘yadi). Bi- 
rinchi usulda sistemalovchi birinchi asosiy bo‘limlarga murojaat 
qiladi va eng qulay yoki ma’qul bo‘linm ani tanlaydi.
Shundan keyin uning ichidagi bolim chalar bilan tanishib 
chiqadi. Ba’zan esa boshqa qidirish (yoki tekshirish)ning xohla- 
gan bosqichida oldingi bosqichlariga qaytishi mumkin. Birinchi 
usulda sistemalovchi jadvallarni tez o‘rganib oladi, ularning ichki 
tuzilishini anglaydi. Shu bois usulni qo‘llash, zamonaviy jadvallar 
bilan ishlashda juda muhimdir.
Kitoblardagi klassifikatsiyalangan indekslarga tanqidiy yon- 
dashish lozim, chunki ularni jadvallar bo‘yicha tekshirib chiqish 
zarur bo‘ladi. Sistemalovchining dastlabki xulosasi va kitobdagi 
indeks orasida tafovut yuzaga kelganda qayta tahlil qilish lozim. 
Ko‘pincha kitobdagi maketda sistemalovchi topgan, to‘ldirilgan 
klassifikatsiya belgilari ko‘rsatilmay qolib ketadi. Masalan: 
«lug‘at» yoki «darslik» kabi tushunchalarga namunaviy belgilar 
qo‘yilmagan bo‘lishi mumkin. Ularni indeksda shunday aks et- 
tirish kerakki, foydalanib turilgan jadvallardan tekshirib chiqil- 
gandan so‘ng namunaviy bo‘linishning ishlatilishi m a’lum bo‘lsa, 
bunday holda namunaviy belgini ham qo‘yish kerak bo‘ladi. Mi- 
sol: «Kutubxona kataloglari» kitobining maketida «78.37» indeks 
yoziladi. Bu misolda «Talabalar uchun darslik ya 73» namunaviy 
belgi kutubxonachi tomonidan aniqlab yoziladi.
Qaror qabul qilish jarayonida hujjatni asosiy bo‘limdagi 
indeksi, boshqa bo‘limlar bilan chegaralanishi yoki boglanishi
namunaviy bo‘linishlardan kerakli darajada foydalanishga e’tibor 
qaratiladi.
Jarayonning natijasi quyidagicha to‘liq indeks bir yoki bir 
necha indekslardan tuzilishi mumkin. Asosiy bo‘limda indeksni 
tanlashga alohida ahamiyat beriladi, chunki u fanlarni sistemali 
joylaganda kitobni fondda saqlanadigan joyini aniqlab beradi.

Download 5,22 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   128




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi b. I. Ganiyeva

Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish