sarlavhasining o‘zi ham kitobning asosiy mazmunini yoritib
berishi mumkin.
Masalan: Yangi tarix
Tabiatshunoslik
Fizika kursi va shu kabilar.
Sarlavhaga taalluqli m a’lumotlar kitobning mazmuni, uning
qanday kitobxonlarga mo‘ljallanganligi haqida dastlabki umumiy
tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Sarlavhalar goho bir qarashda kitob mazmunini ochib bermaydi.
Masalan: «Yechilgan jumboq» yoki «Ertadan kechgacha» (Ta-
biat mo'jizalariga bag‘ishlangan) kitoblar va boshqalar. Bunday
sarlavhalar asosan kitobxonning diqqatini jalb qilish va ular
ni qiziqtirish maqsadida qo‘yilgan. So‘nggi
yillardagi axborot
m a’lumotlarini tadqiq qilish shuni ko‘rsatadiki, ko‘pincha ilmiy
ahamiyatga ega bo'lgan maqolalarning sarlavhalari mazmuni
bilan go‘yo teskari proporsional bo‘lib qolmoqda. Shuningdek,
ilmiy-ommabop kitoblarning, monografiyalarning sarlavhalari
ham umumlashtirilganligi uchun asarning mazmunini tezda sar-
lavhadan aniqlab olish qiyin.
Kitob xarakteristikasini belgilashda kitobni chop etgan nashri-
yotining qaysi sohaga ixtisoslashganligining ham ahamiyati bor.
Masalan: « 0 ‘qituvchi» nashriyoti, «Fan», G ‘ofur G ‘ulom nom i
dagi badiiy adabiyot va san’at nashriyotlari ma’lum yo'nalishdagi
adabiyotlarni chop etishga ixtisoslashtirilgan.
Kitobning so‘zboshi va nashriyot annotatsiyasi,
annotatsiya
qilingan katalog kartochka maketi, kitobning mavzusi va qanday
kitobxonlarga mo‘ljallanganligini ochib beruvchi axborotlar qim-
matli ma’lumotlar hisoblanadi. Kitobning mundarijasi, ba’zan esa
kirish qismi, xotima, ilova, adabiyotlar ro‘yxati ham kitobning
mazmunini yoritishda zarur manbalardan bo‘lib xizmat qiladi.
Kitobning mazmuni haqida aytib o‘tilgan ma’lumotlar dastlab
ki umumiy tushunchani beradi. Kutubxonachi bularni hammasini
tahlil qilish asosidagina uzil-kesil xulosaga keladi. Sistemalovchi
nashrning mazmuni bilan tanishish, predmetni asosiy mavzusi-
ni,
asosiy sohasini, tatbiq qilish sohasini, vazifasi va kitobxonlar
uchun maqsadi va g‘oyaviy yo‘nalishini aniqlab beradi. Shunday
87
qilib, hujjatni tahlil qilish natijasi o'laroq erkin usulda dastlabki
klassifikatsiya xulosalari shakllandi.
Vazifa
— erkin og‘zaki usulda dastlabki klassifikatsiya xulosa-
sini ifodalash.
Bosqichlari:
a) hujjat bilan bevosita tanishmoq;
b) klassifikatsiya belgilarini aniqlash;
d) klassifikatsiya belgilarini baholash, yetakchi belgilarni
ajratish;
e) dastlabki klassifikatsiya qarorini ta’riflash.
Sistemalovchi bibliografik
tavsiflar bilan emas, balki bevosita
hujjat bilan ishlaydi. Ba’zan ko‘rsatilgan yordamchi qo‘llanma va
qoidalar bilan birga, hujjat o‘rnida chet tilida yozilgan referatdan
foydalanish mumkin.
Hujjat bilan tanishish, ya’ni hujjatlarning ma’lum turlari xu-
susiyatlarini hisobga olishda maxsus dastur bo‘yicha olib borilishi
foydalidir. Shunday qilinmasa hujjatning ba’zi zarur xususiyatla-
rini tasodifan tushirib qoldirish mumkin. Sistemalovchi kitobning
qayta nashr etilgan yoki etilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotga
e’tibor beradi.
Ro‘yxatga kiritilgan manbalar va adabiyot sistemalovchiga
kitobni kiritish lozim bo‘lgan bilim tarmog‘i haqidagi qarorlari-
ning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirish imkonini beradi.
Bunda
kitobda berilgan klassifikatsiya indekslarini e’tibor bilan tekshirib
chiqadi. Agar ular mazkur axborot-kutubxona muassasasida qabul
qilingan jadvallar bo‘yicha qo'yib chiqilgan boisa, sistemalovchi
ulardan klassifikatsiya qarorini qabul qilish jarayonida foydalani-
shi mumkin.
Boshqa klassifikatsiya jadvali bo‘yicha ko‘rsatilgan indeksdan,
kerakli axborot va ma’lumotlarni olishda qo‘shimcha manba sifa-
tida foydalaniladi. Tahlil qilish jarayonida klassifikatsiya jadval-
laridan, axborot fondidan, alfavit va sistemali kataloglardan foy-
dalanadi. Zarur bo‘lganda sistemalovchi maslahatchiga murojaat
qilishi mumkin.
Sistemalovchi nashrning mazmuni bilan tanishib chiqqach
quyidagilarni aniqlab beradi:
predmetning asosiy mavzusini,
88
predmetni o‘rganish nuqtayi nazarini, bilim sohasini, predmetdan
foydalanish va tatbiq qilish sohasini, vazifasi hamda kitobxonlar
uchun maqsadi, hujjatning g‘oyaviy yo‘nalishini ko‘rsatib beradi.
Sistemalovchi aniqlagan klassifikatsiya belgilarini uning ahami-
yatiga qarab bir sistemaga soladi. Birinchi o‘ringa hujjatning maz
munini ifodalab beruvchi asosiy belgini qo‘yadi. Jarayon quyidagi
dastlabki klassifikatsiya qarori erkin, og'zaki shaklda ifodalanadi.
Hujjatlarni sistemalashtirish mutaxassislarni amaliy malakaga ega
bo‘lishlarini talab etadi. Dastlab hajmi katta va mavzusi murakkab
kitoblar bilan tanishish ko‘p vaqt sarflashni talab qiladi.
Xilma-xil mavzudagi kitoblarning mazmuni bilan doimiy
ravishda tanishib borgan sistemalovchi mutaxassislar m a’lumot
nashrlardan, entsiklopediyalardan, lug‘atlardan keng foydalani-
shi zarur. Shu sababli sistemalovchilar
yetarlicha keng ilmiy,
ma’naviy saviyaga ega bo‘lishi, vaqtli matbuotda yoritilib turadi
gan yangi ilmiy m a’lumotlar bilan qiziqishi, ijtimoiy hayot, fan va
texnika, adabiyot hamda san’at sohasidagi so‘nggi yangiliklardan
xabardor bo‘lib borishi lozim. Hujjatlar har tomonlama va batafsil
tahlil qilinganidan keyingina sistemalashning ikkinchi jarayoniga
o‘tishi mumkin.