• Hujjatlarni sistemalashga qo‘yiladigan talab va qoidalar
  • Sotsial tizimlarning namunaviy boiinishi




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/128
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,22 Mb.
    #230930
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   128
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

    Sotsial tizimlarning namunaviy boiinishi 
    sotsial tizimlarning 
    belgisiga qarab hujjatlarni belgilash uchun moljallangan. STNB 
    ning shartli belgisi arab raqamlari oldiga apostrof qo‘yilganidir.
    4.3. Hujjatlarni sistemalashga qo‘yiladigan talab va qoidalar
    KBK indekslari kutubxona fondlarini muntazam ravishda 
    joy-joyiga qo‘yish uchun sistemali katalog va kartotekalar tashkil 
    qilish hamda ularga alfavit-predmet ko‘rsatkichlar tuzish uchun 
    qo'llaniladi. KBKda indekslash uchun raqamli harfli belgilar 
    qollanadi. Arab raqamlaridan tashqari nuqta, qo‘shnuqta, de-
    82


    fis, kichik qavs, egri chiziq ishlatiladi. Umumiy va hududiy na­
    munaviy bo‘linishli jadvallarda kirill alfavitining kichik va bosh 
    harflari qo'llaniladi. Indekslash tizimida har bir belgi o‘z o'rniga, 
    vazifasiga va o‘zining m a’nosiga ega.
    Hujjatlarni sistemalashga qo‘yiladigan talab va qoidalar:
    Sistemalashdagi asosiy talablar:
    1. Hujjatning sosiy mazmunini aniqlash. Bunda indekslana- 
    digan mavzuning asosiy, xususiy mazmunini aniqlab, jadval­
    ning qaysi bo‘limiga ajratishni bilganimizdan so‘ng, unga asosiy 
    bo‘limning indeksini qo‘yamiz. Mavjud resursning janri, shakli 
    yoki qaysi kitobxonga mo‘ljallanganligi keyinchalik hisobga olinadi. 
    Masalan, «Kutubxonachilik ishi tarixi» kimga moljalanganligidan 
    qat’i nazar birinchi navbatda, asosiy mazmuni bo'yicha kutub­
    xonachilik 78.33 bo‘limida yoritiladi. Keyinchalik bu kitob dars­
    lik ekanligini umumiy namunaviy bo‘linishdan foydalanib «ya 73» 
    oliy o‘quv yurtlari uchun darslik ekanligi ko‘rsatiladi, boshqacha 
    qilib aytganda nashrning yo‘nalishi, kim uchun mo‘ljalIanganligi 
    belgilab qo‘yiladi. Bunda mazkur kitobning indeksi quyidagicha 
    ifodalanadi: 78.33 ya 73
    2. Hujjatning mazmunini boshqa bo‘limlar bilan chega- 
    ralanishiga qarab indekslash. Agar hujjat bir necha sohalarga taal­
    luqli bo'lsa, uning bitta asosiy bo‘limini aniqlab, boshqa bo'limlar 
    bilan chegarasini ajratib olish kerak boladi, chunki ana shunda 
    ortiqcha takroriy aks ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bitta tushun- 
    cha boshqa sohada qo‘llaniladigan bo‘lsa, o‘sha qo‘llaniladigan 
    bo‘limning indeksi asosiy bo‘lib xizmat qiladi yoki indekslanadigan 
    mavzuning, predmetining aspektiga qarab (qaysi tarmoqda aks 
    ettirilishiga) indeks tanlash ko‘zda tutilgan.
    Masalan, o‘lkashunoslikka, geografiyaga doir adabiyotlar 26.89 
    indeksida, masalan: « 0 ‘zbekiston bo‘ylab yo‘l ko‘rsatkich» kitobi 
    26.89 (5 0 ‘zb)+75.81 (5 0 ‘zb) indeksini olsa, « 0 ‘zbekiston iqtisodiy 
    geografiyasi» kitobining asosiy indeksi «65.049 (5 O lzb)» bo‘limida 
    yoritiladi, ammo qo‘shimcha ravishda 26.89 o‘lkashunoslik 
    bolim ida ko‘rsatilmaydi, chunki bu kitobning asosiy mazmuni 
    iqtisod sohasiga bag‘ishlangan. Lekin «Mamalakatlar va xalqlar» 
    kitobida Afrika olkasini va tarixini o‘rganadigan m a’lumotlar
    83


    mavjud bo‘lganligi uchun uning indeksi ikkita bo'limda: 26.89(6) 
    + 63.5(6) da yoritiladi.
    Adabiyotni hududiy jihatdan ko‘rib chiqish maqsadga muvo­
    fiq bo‘lgan har bir bo‘limda o‘z o‘lkasi (viloyat, shahar, tuman, 
    qishloq) to‘g‘risidagi adabiyot uchun bo‘limga ajratiladi. Shu nar- 
    sani eslatib o'tish kerakki, o‘lkashunoslik adabiyoti maxsus ajra- 
    tilgan rubrikalardangina emas, balki tarmoq bo‘limining tegishli 
    kichik bo‘limlarida ham yig‘iladi. Masalan, Farg‘ona haqida 
    o‘lkashunoslik adabiyoti 26.3 (5 O‘zb-2 Far) indeksi ostida yig‘iladi.
    Kitoblar bilan bir qatorda maqolalar, qo‘lyozma materiallari
    fotosuratlar va shu kabilar aks ettirilgan o‘lkashunoslik kartotekasi 
    bo‘lganda sistemali katalogning maxsus bo‘limchalarida max­
    sus umumiy xarakterdagi o‘lkashunoslikka oid adabiyotni- 
    gina «Toshkent viloyatining qishloq xo‘jaligi» va boshqa rubri- 
    kalar yig‘ish mumkin, bunday hollarda sistemali katalogning 
    o‘lkashunoslik bo‘limchalaridan o‘lkashunoslik kartotekalariga 
    albatta havola beriladi.
    Oraliq xarakteriga ega bo‘lgan fanlar talab ehtiyojlari sababli 
    vujudga kelgan sohalarga qaraydi: chunonchi, astrofizika — ast- 
    ranomiyaga, biofizika — biologiyaga, kimyoviy texnologiya — 
    texnika fanlari bo‘limiga qaraydi. Ko‘p tomlik kitoblar umumiy 
    mazmuniga qarab sistemalashtiriladi, xarakterli sarlavhalarga ega 
    va ular uchun qo‘shimcha tavsiflar tuzilgan ayrim tomlar esa o‘z 
    mazmuniga muvofiq takroriy aks ettiriladi.
    Olimlar, yozuvchilar, rassomlar, davlat va jamoat arboblari 
    va shu kabilarning hayoti hamda faoliyatiga oid adabiyot klas­
    sifikatsiyaning tegishli tarmoq boiim lariga qaraydi. Faoliyati 
    ilm-fanning ko‘pgina sohalari bilan bog‘liq bo'lgan ensiklopedist 
    olimlar masalan: Ibn Sino, Umar Hayyom, Al-Xorazmiy, Ahmad 
    Farg‘oniy va boshqalar haqidagi adabiyot 72.3 (5 0 ‘zb) bo‘limida 
    yoritiladi.
    Masalan, M ahmud Qoshg‘ariy — tilshunos «Devonu lug£atit 
    turk» asarini turkiy qavmlar etnografiyasi, tarixi, geografiyasi, 
    etnogenezisini o‘rganishdagi tarixiy ahamiyati 63.3(5 0 ‘zb) 454 
    bo‘limida qo‘shimcha ravishda ko‘rsatiladi. Shu bilan birga ayrim 
    fan sohalarining tarixiga doir kitoblar shu sohaning o‘z indeksini


    oladi va «g» fan tarixi (UNB) bilan yoziladi. Masalan: Kimyo 
    fanining tarixi 24 g, «Mendeleyevning davriy sistemasi» 24 g 
    Mendeleyev indeksini oladi.
    Abu Ali Ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari 5 g Ibn Sino 
    indeksini oladi. Lekin Abu Ali Ibn Sinoning «Kitob ash shifo» 
    falsafiy ensiklopediyasida falsafa, logika va boshqa aniq fanlarga 
    doir masalalar yoritilganligi uchun bu asarning to‘la indeksi 72.3 
    (5 0 ‘zb) +87.3 (5 0 ‘zb) g Ibn Sino tarzida ko‘rsatiladi.
    Ko‘p qirrali olimlarning ilm-fanning faqat bir sohasidagi faoli- 
    yatiga oid kitoblari klassifikatsiyasining tegishli bo‘limchalarida 
    aks ettiriladi. Chunonchi A.Navoiy she’riyati to‘g‘risidagi tadqiqot 
    adabiyotshunoslikning kichik bo‘limiga kiritilishi lozim. Mabodo 
    shaxs faoliyatining turli sohalarida o£zini namoyon etgan bo‘lsa, 
    u vaqtda uning haqidagi adabiyot uchun asosiy o‘rin ushbu shaxs 
    asosan bog‘liq bo‘lgan yoki u eng ko‘p mashhur bo‘lib kelgan faoli- 
    yat turi ko‘rsatilgan kichik bo‘limda beriladi. Masalan: Leonardo 
    de Vinchi to‘g‘risidagi adabiyot uchun asosiy o‘rin «85.143(3) chet 
    mamlakatlarning rassomlik san’ati» indeksi bo‘ladi.
    Ba’zan kitoblarda shaxs faoliyatining ayrim tomoni yoritiladi. 
    Bu esa uning biografiyasi fakti sifatidagina qiziqish tug‘diradi. 
    Bunday xarakterdagi kitoblar mazkur shaxs to‘g‘risidagi adabiyot 
    yig‘ilgan asosiy bo‘lim indeksini oladi.
    Hujjatlarni sistemalashtirish — hujjatning mazmuni va boshqa 
    belgilariga qarab kutubxona-bibliografik klassifikatsiyasi bo‘lim 
    va bo‘limchalari bo‘yicha taqsimlashdir. Sistemalashda hujjatlar­
    ga bir xil yondashishni ta’minlash va bir qarorga kelishda xilma- 
    xillikni soqit etish uchun sistemalashtirish maxsus ishlab chiqil- 
    gan qoidalar, nizomlar asosida o‘tkazilib u umumiy va xususiy 
    uslublarga bo‘linadi.
    Sistemalashtirish uslublarining vazifasi iste’molchiga ax­
    borot-kutubxona muassasasi fondini maqsadga muvofiq bir xilda 
    ifodalanishini ta’minlash va ularni tokchalariga qo‘yib chiqish 
    sistemali katalog va kartotekalarga taqsimlashdan iborat.
    Sistemalashning umumiy uslublari deb hujjatni hamma so- 
    halari bo‘yicha sistemalashtirish talab etiladigan qoida va usul- 
    larga aytiladi.
    85


    Xususiy 
    uslublar 
    bilimning 
    muayyan 
    sohasini 
    sistemalashtirishdagi talab va qoidalardir. Xususiy uslublar umu- 
    miy uslublar asosida tuziladi.
    Umumiy uslublarni bilish hujjatlarning sistemalashtirish ja- 
    rayonini tartibga soladi va osonlashtiradi.

    Download 5,22 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   128




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish