Katalog bo‘Iinmalarini vujudga keltirish




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/128
Sana14.05.2024
Hajmi5,22 Mb.
#230930
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   128
Bog'liq
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

Katalog bo‘Iinmalarini vujudga keltirish
Klassifikatsiyalash paytida bir xil katalog indeksini olgan 
matbuot asarlari tasvirlarining guruhi sistemali katalogning
96


mustaqil bo‘linm asini tashkil etadi. Kutubxona fondini mustaqil 
to‘ldirib borish jarayonida katalog bo‘linmasiga yangi keltiril- 
gan kitoblarning tasvirlari kiritiladi, yo‘qolgan yoki fonddan 
chiqarilgan kitoblar esa o‘z vaqtida katalog hisobidan o‘chirib 
tashlanadi. Bundan shu narsa ravshan bo‘lib turibdiki, sistemali 
katalog bo‘linm alarini vujudga keltirish — kutubxona mavjud 
bo‘lib turgan ham m a vaqt mobaynida uzluksiz davom etadigan 
jarayondir.
Shuni nazarda tutib, katalog tuzish paytida unga yangi 
keltirilgan kitoblarga mo‘ljallangan kartochkalarni shunchaki 
kiritib qo‘yish bilan cheklanish yaramaydi, katalog bo‘limlari va 
bo‘limchalarini vujudga keltirishga chuqur o‘ylagan holda yon- 
dashish zarur. Kitob fondi orta borgan va bo‘linmalardan har 
birida shunga muvofiq tarzda tasvirlar soni ko‘paya borgan sari 
bir vaqtlar qabul qilingan bo‘linmalarni maydalash yetarli bo‘lmay 
qolishi, qo‘shimcha ravishda detallashtirishni (masalan, umumiy 
va analitik aniqlagichlardan foydalanish yo‘li bilan) taqozo qilishi 
mumkin.
Bo‘limlarni vujudga keltirish jarayonida sistemali katalogni 
matbuot asarlarining tasvirlari bilan to‘ldirib borish haqida bosh 
qotirilar ekan, katalogda har bir kartochkaning o‘rnini ko'rsatib 
turadigan, uning pastki qismining chap tomondagi burchagida 
joylashgan katalog indeksini unutmaslik kerak. Shuning uchun 
agar kitobning ilgari o‘tkazilgan klassifikatsiyasiga o‘zg$rtishlar 
kiritish talab etiladigan bo‘lsa, uning kitob va kartochkalardagi 
indekslariga ham tuzatishlar kiritish lozim. Shunday qilib kata- 
logning bir bolinm asiga hamisha bitta katalog indeksiga ega 
bo‘lgan, muayyan bo‘linma indeksiga mos keladigan kartochkalar 
qo'yiladi.
Tasvirlar orasida: asosiy tasvirlar (kitob tokchalarining xuddi 
o‘sha bo‘limiga qo‘yiladigan kitoblar uchun), qo‘shimcha tasvirlar 
(asosiy mazmuniga ko‘ra boshqa bo‘linmalarga o‘tkazilgan, lekin 
bu yerda ham qo‘shimcha tarzda aks ettirilgan kitoblar uchun) 
va analitik tasvirlar (asarlarning tomlaridan, to‘plam!ardan yoki 
vaqtli nashrlardan olingan maqola hamda boshqa materialiar 
uchun) bo‘lishi mumkin. Fondda muayyan masalaga doir mavjud
97


matbuot asarlari mazmunining bir xilligi bu tasvirlarni birlashti- 
rishga sabab bo‘lgan.
Katalogda hamma bo'linm alar o‘z indekslariga va rubrikalar- 
ning jadvallardagi joylashuv tartibiga muvofiq tarzda joylashtirila­
di. Bo‘lim ichida aniqlagichlar yordamida tuzilgan boMinmalar 
aniqlagichsiz xuddi shu indeksga ega bo‘lgan bo‘limdan bevosita 
keyin joylashtiriladi. Agar bir bo‘limda har xil aniqlagichlar yor­
damida tuzilgan bo‘linm alar uchrab qolsa, ularni quyidagi tar- 
tibda joylashtirishni tasviya etamiz: 
aniqlagichsiz indeks 
shakl aniqlagichlari bo‘lgan indeks 
geografik aniqlagichlari bo‘lgan indeks 
munosabat aniqlagichlari bo‘lgan indeks 
analitik aniqlagichlari bo'lgan indeks

Download 5,22 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   128




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Katalog bo‘Iinmalarini vujudga keltirish

Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish