Sistemali katalogni rasmiylashtirish




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/128
Sana14.05.2024
Hajmi5,22 Mb.
#230930
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   128
Bog'liq
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

5.2. Sistemali katalogni rasmiylashtirish.
Ajratkich kartochkalar
Sistemali katalogdan oqilona foydalanish ko‘p jihatdan uni 
chuqur o‘ylab, puxtalik bilan rasmiylashtirishga bog‘liqdir. Un- 
dagi mavjud bo‘limchalarni aniq ajratib chiqish, katalogning mu- 
rakkab pog‘onali strukturasini kitobxonga tushunarli qilish, umu­
miy bo‘lim bilan uning bo‘linmalari ocrtasidagi, bilimning turli 
sohasiga oid bir-biriga yaqin tematik bo‘linm alar o‘rtasidagi man- 
tiqiy bog'lanishni ko‘rsatish zarur. Shuni aytish kerakki, sistemali 
katalogning ilgari aniqlangan bir qancha afzalliklarga ega bo£lgan
99


kartochka formasi bu katalogni rasmiylashtirishda amaliy jihat- 
dan ba’zi qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Kitob shaklidagi bosma 
sistemali kataloglarning matniga zarur eslatmalar va tushunti- 
rishlarni kiritish, yirik bo'lim lar va juz’iy bo‘limchalarning sar­
lavhalari uchun har xil shriftlarni qollanish, noliprafiya jihatidan 
bezatishning boshqa xususiyatlaridan foydalanish oson boladi. 
Kartochkali kataloglarda rasmiylashtirish imkoniyati juda chek- 
langan bo‘lib, ularda ajratkich kartochkalar asosiy rol o‘ynaydi, 
bu kartochkalarga kitobxon uchun kerakli hamma tushuntirish- 
lar joylashtiriladi. «Yana qaralsin» formasidagi har tomonlama 
yo‘naltirgichlar qo‘llaniladi.
Agar ikkita bo‘lim tematikasi bir-biri bilan to‘la-to‘kis 
bog‘lanib ketgan bo‘lmasa, bu yo'naltirgich formasini qo‘llanib 
bo‘lmaydi, ammo bunda muayyan masalaga oid adabiyot boshqa 
b o iim da aks ettirilganligini ko‘rsatish kerak. Masalan, qishloq 
xo‘jalik iqtisodiyoti va mashinasozlik iqtisodiyoti bolim larini 
«yana qaralsin» formasidagi yo‘naltirgichlar bilan bog‘lab qo‘yish 
noto‘g‘ri bo‘lur edi, chunki bu bo‘limlarning tematikasi xilma- 
xil bo‘lib, kitobxon qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti masalalariga qizi- 
qib turgan bir paytda uni nim a uchun mashinasozlik iqtisodiyoti 
bo‘limiga yo'llayotganliklari kitobxonga tushunarsiz bo‘lib qo- 
lar edi. Bu bo‘limlar o‘rtasidagi bog‘liqlik mashinasozlikka oid 
umumiy bo‘limda ko‘rsatilgan qishloq xo‘jalik mashinasozligi 
iqtisodiyotiga nisbatangina ifodalanmog‘i kerak. Bunday holda 
yo‘naltirgichning boshqa formasi qo'llaniladi — tegishli masala- 
ning nomi keltirilib, shu masalaga oid adabiyot qaysi bo‘limdan 
qidirilishi lozim bo‘lsa, o‘sha bo‘limning indeksi ko‘rsatib 
qo‘yiladi.

Download 5,22 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   128




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish