Sistemali katalogni tahrir qilish




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/128
Sana14.05.2024
Hajmi5,22 Mb.
#230930
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   128
Bog'liq
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

5.3. Sistemali katalogni tahrir qilish
Sistemali katalogning hozirgi davrga muvofiqligi 
Sistemali ka­
talogning strukturasi va mazmuni, shuningdek alfavit-predmet 
ko‘rsatkichining mazmuni kutubxonaning kitobxonlarga xizmat 
ko‘rsatish sohasidagi hozirgi vazifalari bilan muvofiqlashtirilmog‘i 
lozim.
Sistemali katalogda aks ettirilgan adabiyotning mazmuni, 
unda alohida ajratilgan bo‘lim lar va bo‘limchalarning tematikasi, 
ularda sarlavhalarning ifodalanishi — bularning hammasi ijtimoiy 
hayot, fan-texnika, adabiyot va san’atning hozirgi taraqqiyot da- 
rajasiga muvofiq kelishi lozim.
M a’lumki kutubxonaga yangi keltirilgan kitoblarning tasvirla­
rini katalogga kiritib qo‘yish bilangina bunday muvofiqlikka eri- 
shib bolmaydi. Ilgari nashr etilgan kitoblarga munosabat hozirgi 
zamon nuqtayi nazaridan o‘zgarib boradi. Yoz vaqtida qimmatli va 
foydali bo‘lgan bunday kitoblardan ko‘plari eskirib, ulardan fan­
ning hozirgi muhim muammolarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni 
topib bo‘lmaydi, ular kitobxonlarni sanoat hamda qishloq xo‘jalik 
ishlab chiqarishida ancha takomillashgan yangi usul va metodlar 
bilan allaqachonlar almashtirilgan amaliy usul hamda metodlar- 
dan foydalanishga yo‘llaydi.
Bunday eskirish ijtimoiy-siyosiy tematikaga doir adabiyotga 
ko‘proq taalluqlidir. Masalan, xalqaro ahvol masalalariga doir 
kitoblar tez eskiradi va o£z-o‘zidan sistemali katalog struktura-
102


si ham o'zgaradi. Hozirgi zamonning muhim masalalari uchun 
yangi bo‘linmalar tashkil qilish zarurati paydo bo‘ladi, boshqa 
bolinm alar esa tubdan qayta ko‘rib chiqishni yoki o‘z ahami- 
yatini yo'qotgan bolinm alar tariqasida olib tashlashni ham talab 
etadi.
Sistemali katalog tuzish uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, 
uning boshlanishi ba’zan ancha ilgarigi vaqtga to ‘g‘ri kelgan- 
ligidan, uning strukturasini vaqt-vaqti bilan ko‘zdan kechirib, 
to'ldirib borish zarur. Bu qayta ko'rish sistemali katalogni tah- 
rir qilish deb ataladi. Mazmunan eskirib qolgan m ateriallarni 
aniqlab olinishi ham da qaysidir eng muhim nashrlarning bi- 
ror sababga ko‘ra bo‘limda aks ettirilmay qolganligini belgilab 
qo‘yilishi kerak. Bu bosqichda har xil bibliografik manbalardan, 
ayniqsa tavsiya bibliografiyasidan keng foydalaniladi. 0 ‘quv das- 
turlarida tavsiya etilgan adabiyot ro'yxatlari, kitob ichida beril- 
gan bibliogrfiya va boshqa manbalar ham foydalidir. Biblio- 
graflyada uchraydigan asarlardan faqat fondda mavjud bo‘lgan 
materiallarnigina katalogga kiritish kerak, albatta. Bo‘limda 
ular tasvirlarining yo‘qligiga sabab ko‘pincha klassifikatsiyaning 
noaniqligi va yetarli darajada 
o ‘y la b
qilinmaganligida bo‘ladi, 
shuning uchun tahrir qilish jarayonida belgilangan indekslarning 
va kartochkalarning har bir bo‘linm a ichiga joylashtirilishining 
to‘g‘ri-noto‘g‘riligini tekshirish kerak.
Kitoblarni tokchalarga sistemali tartibda joylashtirish usulidan 
foydalanadigan kutubxonalarda sistemali katalogni tahrir qilish 
ularning tokchalardagi o‘rnini belgilab beradigan kitob shifrla- 
rini tahrir qilish bilan birga olib boriladi. Agar bo‘lim tahriri 
uni detallashtirishdangina iborat bo‘lsa, indekslarning shifrlari- 
ni o‘zgartirmasdan, tokchalarda ilgarigi, kamroq maydalashgan 
strukturani saqlab qoiish mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, 
kitoblarni tokchalarga joylashtirish tartibini o‘zgartirish — ancha 
murakkab va sistemali katalogga tuzatish kiritishga qaraganda ser- 
mehnat ishdir. Ko'pchilik kitoblar kitobxonlarning qo'lida bo‘lib, 
shifrga o‘zgartishlar kiritish ancha qiyinlashadi. Lekin katalogni 
tahrir qilish chuqurroq o‘zgarishlar qilish bilan, masalan, bo£lim 
strukturasini tubdan o‘zgartirish, ilgarigi mavjud bo‘linm alarni
103


yo‘qotish va shu singarilar bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, kitob­
larning shifrlarini tuzatib, ularni joylashtirishga ham tegishli 
tuzatishlar kiritishga to‘g‘ri keladi.
Katalog strukturasiga kiritilgan tuzatishlar alfavit-predmet 
ko‘rsatkichiga tegishli tuzatishlar kiritishga sabab bo‘ladi. Agar 
shunday qilinmasa, ko‘rsatkich kartochkasidagi indeks kitob- 
xonni chalg‘itib yuboradi, uni katalogdan chiqarib tashlagan 
bo‘limchaga yoki tahrir qilingandan keyin mazkur masalaga 
doir adabiyot to'planmaydigan bo'limchaga yo‘llab yuboriladi. 
Ko‘rsatkichga tuzatishlar kiritish ancha qiyinchiliklarni keltirib 
chiqaradi, chunki ko‘rsatkichda bir qancha tushunchalarni o‘z 
ichiga oluvchi, ayni bitta indeksni o‘ziga yo‘llovchi rubrikalari 
bo‘lgan kartochkalar mavjud bo‘lishi mumkin.
Bu ishdagi qiyinchilik shundan iboratki, ko‘rsatkichning 
hamma rubrikalari ko‘rsatkichda alfavitning har xil harflari 
ostiga joylashtiriladi, binobarin, kutubxonachi tuzatishlar kiri­
tish uchun ham m a kartochkalarni topa oladi, deb amin bo‘lish 
m um kin emas. Alfavit ko‘rsatkichini ko‘zdan kechirishni va 
unga tuzatishlar kiritishni osonlashtirish uchun (ayniqsa katta 
katalogga va unga doir ko‘rsatkichga ega bo'lgan yirik kutub­
xonalarda) xizmat xonasida ko‘rsatkichga oid nazorat apparati 
saqlash tavsiya etiladi. Unga ko‘rsatkichning barcha rubrikalari 
ro'yxatini o‘z ichiga olib muayyan indeksga yo‘naltiruvchi kata­
log indekslari kartochkalar bilan birga kiritiladi. Bunday nazorat 
kartochkaning mavjudligi indekslarga zarur o‘zgartishlar kiritish 
uchun ko‘rsatkichning barcha rubrikalarini osongina topish im- 
konini beradi. Kutubxonalar amaliy ishida ba’zan ko'rsatkichga 
bunday nazorat apparat o'rniga ko‘rsatkichning ikkinchi, xiz­
mat nusxasi tuziladi, lekin undagi kartochkalar alfavit tartibida 
emas, balki indekslar tartibida joylashtiriladi. Masala shu tarzda 
hal qilinganda xizmat ko‘rsatkichi ko‘proq joy oladi (ko‘rsatilgan 
nazorat apparatga nisbatan), ammo uni tuzish kartochkalarning 
ikki nusxasini ayni bir vaqtda mashinkada ko‘chirish, undan 
keyin bir nusxasidan alfavit-predmet ko‘rsatkichi uchun va ik­
kinchi nusxasidan kontrol ko‘rsatkich uchun foydalanish bilan 
yengillashtirilishi mumkin.
104


Sistemali katalogni va unga oid ko‘rsatkichni tahrir qilish mu- 
rakkab hamda sermehnat ishdir. Shunga qaramasdan, ularni tah­
rir qilish zarur, chunki shunday qilmasdan turib, sistemali kata­
logni kutubxonaning kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish borasidagi 
hozirgi vazifalari darajasida saqlab turib bo‘lmaydi.

Download 5,22 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   128




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish