7-bob. AXBOROT-KUTUBXONA FONDINI TIZIM
SIFATIDA 0 ‘RGANISH
Kutubxona fondi ancha qiyin tushuncha bo‘lib, uning mohi-
yatini kuzatish orqali bilib bo‘lmaydi, mohiyatini bilmasdan turib
fondni jamg‘arish va boshqarish mumkin emas. Fondni faqatgina
tuzilma sifatida o‘rganish orqali boshqarish mumkin. Kutubxona
fondi bilan ishlash va o‘rganish uchun fond tuzilma sifatida oli-
nib, umumiy va xususiy (muhim) tomonlarga, ya’ni bo'lim lar
yoki bo‘laklarga bolinadi.
Agar kutubxona fondini tizim deb olsak, unda bu tizimni tash
kil etuvchi elementni topish lozim. Bu element — hujjatdir. Huj
jat alohida kitob, matbuot, audivizua 1 material bo‘lishi mumkin.
Tizim tushunchasi xuddi element tushunchasiga o‘xshab nisbiydir.
Agar alohida kutubxona fondini tizim deb olsak, shu fond-
ning har bir bo‘limi uning kichik tizimi hisoblanadi. M azkur
kutubxona fondi boshqa kutubxonalar fondi bilan birga qo‘shib
olinsa, unda super tuzilm a hosil bo‘ladi (MKS). Agar shu ku-
tubxonalarning fondini bir tuzilma deb olsak, bitta kutubxona
fondini esa kichik tizim yoki element deb olish mumkin.
Kutubxona fondlari — kutubxona deb atalgan tuzilmaning bir
qismi, ya’ni kichik tizim bo‘lib hisoblanadi. Lekin avvallari bib-
lioteka grekcha «kitob saqlanadigan joy» degan tushunchagina
bo‘lgan va faqat shu vazifani bajaradi, deb o‘ylangan, 1930-yilga-
cha o‘rta kitob fondiga ega bo‘lgan joyni «biblioteka» deyishgan,
ko‘p kitobga ega bo‘lgan kutubxonalarni esa kitob saqlanadigan
joy (книгохранилище) deb atashgan.
Bu g‘oya juda ko‘p yillar mobaynida hukmron bo‘lib, kutub
xonalarni faqat kitob saqlanadigan joyga aylantirib qo‘ydi va uning
asosiy vazifasi — kitobxonlarga xizmat qilishga soya soldi. «Fond»
so‘zi kutubxonashunoslikda 20-yillarda paydo bo‘lib, 30-yillarda
«fondlar» atamasi q o llana boshlandi. 40-yilga kelib esa fond ku-
tubxonaning bir bolagi deb tan olindi hamda kutubxona tizimi-
ning kichik bir tuzilmasi deb aniqlik kiritildi1.