biri bo'lib hisoblanadi. Bunday xilma-xillik o‘rtasida chegara
vaqtinchalik xarakterga ega1
Shunga qaramasdan har bir kutubxona o‘z fondini shakllanti-
rayotganda umumiy va xususiylikka etibor beriladi.
Boshqacha
aytganda, universal kutubxona ko‘pchilik talabi-
ni hisobga oladi, alohida talabni boshqa kutubxonalar hisobiga
bajarishga harakat qiladi. Umumiylik, xususiylik, alohidalik tu-
shunchasi
qiziqish borasida nisbiydir, bir kutubxona uchun umu
miy va xususiy bo‘lgan narsa boshqa kutubxona uchun alohida
bo'lishi mumkin va, aksincha.
Shunday qilib, fondni shakllantirishni moslashtirish qonuni ku-
tubxonachidan malakali bo'lish va kutubxonaga xizmat ko‘rsatadigan
vazifalarni, muammolarni, kitobxonlar tabaqalari talab va ehtiyoj-
larini,
qobiliyat va imkoniyatlarini, kitobni bilishini talab qiladi.
Fondni shakllantirishda faqat intuitsiya bilan emas, balki matema-
tik hisob-kitob birgalikda olib borilishi lozim. Kutubxona fondini
shakllantirish uchun kitobxonlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini
o‘rganish lozim, biroq bu soha bizda hali rivojlanmagan. Shuning
uchun kutubxonachilar kitobxonning axborotga bo‘lgan ehtiyojini
qiziqish va talabga tenglashtiradi. Bu esa noto‘g‘ri.
Kutubxona fondini shakllantirishda
bir-biriga qarama-qarshi
bo‘]gan ta ’sir etuvchi kuchlar bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
a) Kutubxona fondi va tashqi muhit.
b) Kutubxona fondi va kutubxonaning boshqa tuzilmalari.
d) Kutubxona fondi va uning ichki qarama-qarshiligi.
Ularning ichidagi eng xavflisi kutubxona fondi va tashqi
m uhitning tez-tez o‘zgarib turishi kutubxona oldiga yangi-yangi
vazifalarni qo‘yadi. Kutubxona fondi mamlakatda chiqayotgan
barcha hujjatlarni ololmaydi, chunki bu mablag4 bilan bog‘liq.
Bundan tashqari kutubxonaning tarm og‘i,
binosining imkoni-
yati, saqlash kabi faktlar to'siqlik qiladi. Kutubxona jismoniy va
ma’naviy eskirgan kitoblarni passiv fondga o‘tkazish yoki chiqarib
tashlash haqida ham o‘ylashi kerak bo‘ladi. Yuqoridagi qarama-