• Koordinatsiya
  • Ixtisoslashtirish-profillashtirish




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet83/128
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,22 Mb.
    #230930
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   128
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

    132


    Ixtisoslashtirish-profillashtirish 
    ma’lum toifa kitobxonlarning 
    axborotga bo‘lgan ehtiyojini va kutubxonaning vazifasini hisobga 
    olib, fondga olinadigan kitoblar mavzusini chegaralashni bildira- 
    di. Bunday ixtisoslashtirish kitobxonga kerakli bolgan kitoblarni 
    boshqa kutubxonadan olish imkoniyati bo'lganda va kitob olish 
    ishi, ya’ni butlash — shu kutubxonalar bilan kelishilgan holda olib 
    borilganda o‘zini oqlaydi.
    Ixtisoslashtirish — kutubxona fondi hamma tarkibiy butlam- 
    larning bir-biriga mos kelishini ta’minlash degani. Masalan, 
    olinadigan kitoblar mavzusi, turi, nusxasi, tili, xili va hokazo. 
    Bundan tashqari kutubxonaning ish miqdori, vazifasi, xili ham 
    hisobga olinadi. Kutubxona fondini shakllantirishda mavjud 
    joyning ahvoli, holati kitobxonlar tarkibi, ularning millati xususi­
    yatlari, qiziqishi ham hisobga olinadi.
    Kutubxona o‘z ixtisosi bo‘yicha toliqroq kitob olishga harakat 
    qilsa, boshqa sohadagi kitoblarni tanlab olishga to‘g‘ri keladi. Masa­
    lan, ARM fondida vaqtli matbuot 10—15 %ni, tezda axborot beruvchi 
    ilmiy kutubxonalarda vaqtli matbuot 50%ni tashkil etishi mumkin.
    Ixtisoslashtirish mazkur kutubxona 
    fondini mazmuni
    va tu- 
    zilishini kitobxonlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojiga yaqinlashti- 
    rishga, mazkur joy, muassasa oldida turgan xo'jalik, iqtisodiy
    ma’naviy vazifalarga bo‘ysundirishga olib keladi.
    Kutubxonalar fondni butlashda asosiy muvofiqlashtirishga alo­
    hida ahamiyat berilishi lozim.
    Koordinatsiya 
    — boshqa kutubxona fondini hisobga olishni, 
    o‘zaro aloqani, o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni taqozo qiladi. Alohida 
    hudud, viloyat, respublika miqyosidagi kutubxonalarga ularning 
    turi, tarmog‘iga e’tibor berib, kitoblarni kelishgan holda olish
    muvofiqlash lozim. Bunday hollarda fondning to‘liqligi saqla- 
    nadi, talablar o‘z vaqtida bajariladi, kitobga ketayotgan mablag1 
    tejaladi va ular yaxshi saqlanadi. Ko‘p so‘raladigan kitoblar o‘quv 
    xonalarida foydalanishga beriladi. Bu holat o‘z navbatida muvo- 
    fiqlashgan kutubxona fondining bosh vazifasini yechishga yordam 
    beradi, ya’ni kitobxonlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq 
    qondirishga, ko‘proq so‘raladigan kitoblarni kitobxonga yetkazib 
    berilishiga, tez va sifatli xizmat ko‘rsatishga olib keladi.
    133


    Tartibga solish prinsipi asosan kutubxona fondini butlash va 
    undan kitoblarni chiqarish rejali, muntazam, tezda bajarilib bo- 
    rilsa u o‘z maqsadiga yetadi. Bu holat, odatda tashkiliy prinsip 
    deb ham ataladi.
    Demak, kutubxona fondini shakllantirishda ishlab chiqaril- 
    gan nazariy va amaliy qoidalar va usullarga alohida e’tibor berish 
    lozim.

    Download 5,22 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   128




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish