-bosqich. Hujjatlarga buyurtma berish hujjatlarning man-




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/128
Sana14.05.2024
Hajmi5,22 Mb.
#230930
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   128
Bog'liq
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

3-bosqich. Hujjatlarga buyurtma berish hujjatlarning man-
balari, yo‘IIari va shakllari.
Kerakli hujjatlarni olishni aniqlab, kutubxonachi mazkur 
kitoblar manbasini qidiradi. Kutubxona fondini to‘ldirish man- 
basi, yo‘llari shakl va usullari bir-biridan farq qiladi. Manba 
—bu obyekt bo‘lib, olinadigan joy, ya’ni tashkilot, muassasa yoki 
boshqa alohida joy bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha kutubxonalar- 
ga, 80 foiz kitobni kutubxona kollektoridan oladilar. Kutub­
xonachi kollektor bilan shartnoma tuzib, unda bir yilga oladi- 
gan kitoblar va ularni mablag‘ bilan ta ’m inlashni o‘z zimmasiga 
oladi. Kollektor esa o‘z navbatida buyurtm a qilingan kitob­
lar bilan kutubxonani ta ’minlash majburiyatini oladi. Bundan 
tashqari, kutubxonalarga kitoblarni kitob do‘konlaridan oladi-
146


lar. D o‘konlardan kitob olish oson va qulay, chunki kitoblar o‘z 
vaqtida kutubxonaga keladi.
Bizda nashriyotlar bilan ham shartnoma tuzish endigina 
yo‘lga qo‘yilmoqda, bu ancha oson va uni rivojlantirish lozim. 
Kutubxonalar fondi samaradorligini oshirish yollaridan biri ku- 
tubxonalararo kitob almashuvini yo‘lga qo‘yishdir. Shundagina 
kitob o‘z o‘quvchisiga tez yetib boradi. Yirik milliy va ilmiy ku­
tubxonalar uchun pullik va pulsiz majburiy nusxa tizim ini joriy 
qilish va ishlatish lozim. Majburiy nusxa yirik milliy va soha 
kutubxonalariga davlat tomonidan yuboriladi. Bular masshtabiga 
qarab davlat va mahalliy, yo‘nalishiga, sohaga qarab umumiy yoki 
biron-bir maqsadga m o‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
Kutubxonalarning turiga, ixtisosiga qarab muayyan qoida aso- 
sida davlat ularni mazkur kitoblar bilan ta’minlab turadi. Bunday 
tizim orqali belgilangan kutubxonalar ma’lum joyda chiqarilgan 
barcha nashrlarni oladi va ularni saqlab kitobxonga yetkazadi. 
Majburiy nusxani 1537-yilda Fransiya qiroli Fransisk I joriy qilib, 
u shaxsiy kutubxonasi uchun barcha nashriyotlar chiqarayotgan 
kitobdan ma’lum nusxa yuborishni belgilab qo‘ygan edi.
Shu asnoda jarayondagi eng yirik kutubxonalar o‘z fondini 
to'ldirgan va nodir kitoblar bilan boyitgan. Bepul majburiy nusxa 
oladigan kutubxonalar barcha xildagi matbuot asarlarini, barcha 
tilga oid hujjatlarni oladi. Pullik majburiy nusxa 1931-yildan joriy 
qilingan bo‘lib, undan asosan ilmiy kutubxonalar tizimi foydala- 
nadi. Bundan maqsad ilmiy kutubxonalarni kerakli adabiyotlar 
bilan ta’minlashdan iborat. Mazkur kutubxonalarni hujjat bilan 
ta’minlashning eng tarqalgan yo‘li nashr qilinadigan kitoblarga 
oldindan buyurtma berib qo‘yishdir. Kutubxona o‘ziga kerakli 
kitoblarni belgilab, kartoteka tuzib, uni kollektorga va kitob sav- 
dosi tashkilotiga jo ‘natadi va kerakli kitoblarni muntazam olib 
turadi.

Download 5,22 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   128




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bosqich. Hujjatlarga buyurtma berish hujjatlarning man-

Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish