• Fondni asrash deganda, kutubxona fondlari profilaktikasi ham­ da uning to‘kisligini muhofazalashga oid tadbirlar majmui tushuni- ladi. To‘g‘ri saqlash
  • 1 Yoldoshev E., Raximova M. Hujjat fondlari. — Т., 2004,— b. 97 161
  •   Axborot-kutubxona fondini saqlash




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet99/128
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,22 Mb.
    #230930
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   128
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

    1.1. 
    Axborot-kutubxona fondini saqlash
    Kutubxona fondlari nodir m a’naviy-moddiy boylikka ega. 
    Shuning uchun ham kutubxonaning asosiy vazifalaridan biri asr- 
    lar davomida to‘plangan kitob, kitob boyliklarini uzoq vaqt asl 
    holida saqlab, avlodlarga yetkazishdan iborat.
    Kitob boyligini saqlash jahonning barcha xalqlari uchun katta ij- 
    timoiy-madaniy ahamiyatga ega. 1954-yilda YUNESKO tashabbusi 
    bilan Gaaga shahrida chaqirilgan hukumatlararo konferensiyada 
    madaniy boylikni asrash bo‘yicha konvensiya qabul qilindi. Ana shu 
    konvensiyaga muvofiq boshqa madaniy boyliklar qatori kutubxona 
    fondlari ham ularni yo‘qotib yuborish yoki biron-bir shaklda qonun- 
    siz o‘zlashtirish xavfi tug'ilgan hollarda xalqaro himoyaga olinadi.
    Fondlarning to'kisligiga ularni asrash, to‘gri saqlash hamda 
    shikastlanish sabablarini bartaraf qilish orqali erishiladi.
    Fondni asrash 
    deganda, kutubxona fondlari profilaktikasi ham­
    da uning to‘kisligini muhofazalashga oid tadbirlar majmui tushuni- 
    ladi. 
    To‘g‘ri saqlash 
    — bu fondni qulay fizikaviy-kimyoviy sharoitlar 
    va biologik rejimda maxsus jihozlangan binoda asrash demakdir. 
    1962-yilda barcha kutubxonalar uchun majburiy bo‘lgan «Kitob 
    fondlarining saqlanishi to‘g‘risida yo‘riqnoma» qabul qilindi1.
    1 Yo'ldoshev E., Raximova M. Hujjat fondlari. — Т., 2004,— b. 97
    161


    Shunga qaramasdan, fondlarni saqlash muammosi haligacha 
    hal qilingani yo‘q. Shuning uchun fondlarni uzoq saqlash qoi- 
    dalarini bilish katta ahamiyat kasb etadi. Kutubxonalarni birin­
    chi navbatda zamonaviy binolarga joylashtirish lozim. Shinam, 
    keng, yorug‘, kitob saqlash uchun zarur bo‘lgan barcha sharoit- 
    lari mavjud maxsus binolar hozirgi kunda ko‘plab kutubxona- 
    lar uchun juda zarurdir va tez kunlarda hal etilmasa kutubxona 
    fondlariga, bilim xazinam izdan foydalanishga ko‘p zarar yetishi 
    mumkin.

    Download 5,22 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   128




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish