Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi b. I. Ganiyeva




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/128
Sana14.05.2024
Hajmi5,22 Mb.
#230930
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   128
Bog'liq
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

deratizatsiya 
deb atash qabul qilingan.
Kutubxona fondini tashkil qiladigan materiallarning mus- 
tahkam bolishiga ularni himoya qatlami bilan ta’minlash orqali 
erishiladi. Odatdagi qalin muqova, super muqova, papka, quti, 
g‘ilof, muqovani o'raydigan kleyonka, kitob tashiladigan idish ana 
shunday qoplamlar vazifasini o‘taydi. Nashrlarning normal fizik 
holati asrashning to‘g‘ri usullari bilan saqlanadi. Kitoblarning 
aksariyat turlari tikka qo‘yiladi, ularning orasida, albatta, havo 
o‘tib turadigan tirqish bo‘lishi shart. Stelaj tokchalarida bo‘sh joy 
bo‘lsa, turli xil tuzilgan tutqichlardan foydalaniladi. Faqat katta 
kitoblar gazeta va boshqa katta hajmli materiallar uchun yot- 
qizilib saqlashga ruxsat beriladi.
Fondlarning um rini uzaytirish qator omillar bilan belgilanadi. 
Ulardan muhimlari — tabiiy va kutubxona fondi turadigan tashqi 
muhit vujudga keltiradigan sun’iy omillardir. Tashqi'm uhitning 
asosiy ko‘rsatkichi bu havo va uning fizik xossalari (namlik, ha- 
rorat) qismlarning doimiy kimyoviy tarkibi va tashqi gaz, me- 
xanikaviy aralashmalar (chang, tutun, qurum), mavjud bakteri- 
yalar bilan ifloslanishdir.
Bu xususiyatlarning fondlar saqlanishiga doir qulay ko‘r- 
satkichlari quyidagilardir: 16, 18-daraja eng yaxshi harorat sanaladi. 
Uning keskin o‘zgarishi axborot tashuvchilar fizikaviy- kimyoviy 
xossalariga noqulay ta’sir ko‘rsatadi. Haddan tashqari yuqori ha­
rorat ta’sirida ularning shakli buziladi, nozikligi, egiluvchanligi 
yo‘qoladi. Havo haroratining pasayishi, uning namligi ta’sirida fond
165


moddiy asoslarida ham, jihozlarning yog‘och qismida ham mog‘or 
zamburug‘i tez ko‘payadi. Barcha turdagi nashrlar uchun 50—60: 
5% namlik eng qulaydir. Ikki baravardan ko‘proq past namligini 
talab qiladigan mikrofilmlar bundan mustasno. Havoning nam- 
ligi gidrometr yoki elektr nam o‘lchagich bilan o‘lchanadi. Kutub- 
xonada nisbiy namlikni o‘lchash uchun ko'pincha avgust psixome- 
tridan foydalaniladi. Namlik Asman aspiratsion asbobi bilan ham 
o‘lchanishi mumkin. Namlikni oshirish uchun turli xil havo nam- 
lagichlardan, shuningdek, fondxona ichidagi gullardan foydalani­
ladi. 0 ‘simliklar faqat havo namligini oshirmay, balki shu bilan 
birga uni changdan tozalaydi, kislorodni ko‘paytiradi.
Havoning harakat darajasi fonddagi turli havo muhitining 
muhim omili hisoblanadi. Bino tashqi muhit o‘rtasida havo mut- 
tasil aylanib turishi kerak. Havo butun fondxona bo‘ylab bir tekis- 
da aylanib turmog‘i lozim. Uning harakat tezligi — 0.3 m/sek.dir. 
Bu tezlikni inson sezmaydi. Uning harakati 0.5 m/sek bo‘lsagina 
yelvizak hosil bo‘ladi. Havo harakati tezligi shamollatgichlar
havo yollarining ochiq kesmalarida hamda fondxonalarning nur 
o‘tkazgich teshiklarida o‘lchanadi. Havo harakati tezligi EA-2M 
termometri bilan o‘lchanadi. Havo harakatining zarur tizimi bi- 
noni konditsionlashtirish va shamollatish orqali ta’minlanadi.
Fondxonaning havosi fond uchun zararli bo‘lgan kimyoviy va 
mexanik moddalar bilan ifloslanishi mumkin. Havoda ko‘pincha 
gazlar — sulfidlar, serovodorod, uglerod oksidi, azot va xlor ok- 
sidi, xlorid va nitrat kislotalarining bug‘lari, shuningdek, smolali 
moddalar uchraydi. Binoning gazlanish darajasi unga kelayot- 
gan havoni filtrlash orqali, ayniqsa shamollatish orqali kamayti- 
riladi. Butun fondni obdon changdan tozalash changyutgichlar 
yordamida yiliga 2—3 m arta qo‘l kuchi bilan amalga oshirila- 
di. Bundan tashqari kutubxona har oyda changdan tozalanadi. 
Fondning buzilish darajasi unga tushadigan nur oqimining ku­
chi va davomiyligiga ham bevosita bog‘liq. Shuning uchun bino 
fondda odamlar bo‘lgan paytdagina yoritilishi kerak. Fondxonada 
yoritishning ikki turi mavjud: tabiiy va sun’iy. Tabiiysi — quyosh 
nuri yoki kunduz yorug'ligi. Fond iloji boricha quyosh nuri tushi- 
shidan himoyalanishi lozim. Quyosh nuri radiatsiyasi axborot
166


tashuvchilarning moddiy asoslarida qaytarib bo‘lmaydigan optik, 
mexanik, kimyoviy o£zgarishlarni keltirib chiqaradi.

Download 5,22 Mb.
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   128




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi b. I. Ganiyeva

Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish